• Kalit so‘zlar
  • Foydalanishning metodik imkoniyatlari




    Download 461,22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana01.02.2024
    Hajmi461,22 Kb.
    #149945
      1   2   3
    Bog'liq
    308-310



    308 
    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN 
    FOYDALANISHNING METODIK IMKONIYATLARI 
    Shodiyeva Gulruh Xayrulloyevna, 
    BuxDUPI 1-bosqich magistranti 
     
    Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini samarali tashkil etish usullari 
    hamda afzalliklari yoritilgan. O‘qishdarslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan didaktik o‘yinlardan namunalar 
    keltirilib, ularning ta’riflariva qo‘llash yo‘llari bayon etilgan. 
    Kalit so‘zlar: Domino, qahramon, metod, uslub, ta’lim, islohot, didaktik o‘yin, pedagogik 
    texnologiya. 
    Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, insoniyat hayotiga turli yangiliklarning kirib kelishi ta’lim 
    sohasida ham bir qator o‘zgarishlar qilinishini taqoza etmoqda. Hozirgi kunda ta’lim sohasida erishilgan 
    yutuqlami saqlagan holda, bir xillikdan, bir qolipga tushib qolishdan saqlanmoq zarur. Ta’limning kishi 
    xotirasini rivojlantirishga asoslangan turidan inson tafakkurini har tomonlama rivojlantirish, o‘quvchilar 
    egallagan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar hosil etishga qaratilgan 
    turiga o‘tishga harakat qilish shu kunning talabi. Shunga erishilsagina vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh 
    avlod tarbiyasi oldiga qo‘yilgan vazifa oqilona hal etilishi mumkin. 
    Ta'lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ulardan o‘rinli foydalanish - ta'lim samarasini ta'minlashga 
    yordam beradi. 
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun didaktik o‘yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish 
    turlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarda mustaqil tafakkur, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini 
    shakllantiradi. O‘quvchilarning o‘qish darslariga qiziqishini o‘stiruvchi vositalardan biri didaktik o‘yin 
    hisoblanadi. O‘yinning maqsadi ta’lim olishga, fanga, kitobga qiziqish uyg‘otishdir. Didaktik o‘yin 
    bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg‘otadi va ma’lumotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu 
    kabi o‘yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirilishiga, chuqurlashtirilishiga, 
    tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. O‘z navbatida bu 
    o‘quvchilarda go‘zal va boy ona tilimizdan g‘ururlanish, axloqiy qadriyatlarimizni e’zozlash kabi 
    sifatlarni shakllantiradi. 
    O‘yin elementlari didaktik vazifalarni bolalardan yashirishga xizmat qiladi, shu tariqa ular uchun 
    qiyin bo‘lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy mazmunga ega bo‘lgan o‘yinlardan, 
    avvalo, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim. Shu 
    tarzda boshqotirma, tez aytish kabi o‘yinlar muntazam o‘tkazib turilsa, o‘quvchilarda ma’lum bir 
    ko‘nikmalar to‘planib boradi. Shunga ko‘ra o‘quvchilar egallashi shart bo‘lgan ko‘nikma va malakalar: 
    tasvirlay olish, tushuntira olish va bashorat qila olish qobiliyatini hosil qiladi. Dars jarayonida o‘yinlarni 
    to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tahlil qilish bosqichlarini 
    aniq belgilab olish lozim. Quyida o‘qish darslarida qo‘llanilayotgan hamda ijobiy natija berayotgan bir 
    necha didaktik o‘yinlardan namunalar keltiramiz. 
    «Hammualliflar» o‘yini. 
    O‘qituvchi matnni o‘qiydi yoki o‘quvchilar matn bilan mustaqil tanishadilar. 
    Topshiriq: 
    – Matnning davomini o‘ylab toping. Kelgusida qanday voqealar sodir bo‘lishi mumkin ekanligini 
    o‘ylab ko‘ring. 
    – Qahramonlardan qaysi biri voqealarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan? U ishtirok etmasa asar mazmuni 
    qanday o‘zgaradi? 
    – Sujetning rivojiga qaysi voqea ta’sir qilgan? 
    «Multfilm chizamiz» o‘yini. 
    O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. Kartochkalarda yozilgan topshiriqlarni oladilar, ularni 
    bajaradilar va fikr almashadilar. Masalan, Aziza Ahmedovaning «Qish ertagi» mavzusini o‘tishda 
    foydalanish mumkin. Topshiriq: 
    – «Qish ertagi» matnini o‘qimagan bolalar ertak mazmunini tushunishlari uchun qanday suratlar 
    chizish maqsadga muvofiq? 
    – Chizilgan suratlar orasidan ertak mazmunini tushunish uchun yordam beradigan eng asosiylarini 
    tanlab oling. 
    – Suratlarning tagiga asardan tanlab olib yoki o‘zingiz o‘ylab topib ularga mos yozuvlarni yozing. 
    «So‘zdan so‘z yasash» o‘yini. 
    O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishga, so‘z zaxirasini boyitishga yordam beradi. O‘yinning 
    sharti: O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linadilar. Mavzuga oid bir necha so‘z yozib qo‘yiladi. So‘zdagi 


    309 
    harflardan foydalangan holda, boshqa harf ishlatmasdan, o‘zgacha ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni topib 
    yozish taklif qilinadi. Masalan: «Donishmand yigit» ertagida donishmand so‘zidan so‘zlar yasashadi. 
    Masalan: ona, ish, don, shon, nish, dam, dada, nishon, mashina. 
    «Xat tashuvchi» o‘yini. 
    «Xat tashuvchi» o‘quvchi 4–5 kishilik guruhlarga taklifnomalar tarqatadi. Bolalar ularni qayerga 
    taklif qilishganini aniqlaydilar. Masalan: tomorqa, istirohat bog‘i, daryo, maktab, oshxona, hayvonot 
    bog‘i. Shu so‘zlarga oid har biriga 5–6 tadan talaffuzi va yozilishida farq qiladigan so‘zlar bitta harfi 
    tushirilgan holda beriladi. O‘quvchilar o‘z taklifnomalariga mos so‘zlarni tushirib qoldirilgan harfini 
    aniqlagan holda o‘qib berishlari lozim bo‘ladi. 
    «Adabiy muzey» o‘yini. 
    O‘qituvchi «muzey» zallari bo‘ylab xayolan sayohat uyushtiradi. Har bir zal asarlarning janriga 
    mos nomlanadi. Masalan: hozir biz siz bilan muzeyning «Ertaklar zali»ga tashrif buyuramiz. Bu zalda 
    sehrli buyumlar bor. O‘ylab ko‘ringchi, ular kimga tegishli. Yettita novda («Ahillik – ulug‘ baxt»), 
    xumcha («Halollik »), yoy («Alpomishning bolaligi»). 
    «Domino» (So‘z top) o‘yini
    Bu o‘yin darsning kirish yoki mustahkamlovchi qismida o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi matn 
    ichidan biron so‘z aytadi, o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi harfda tugasa, 
    o‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni matn ichidan topib aytishi kerak. Masalan: «Toshkent» (Erkin 
    Malik) matnidan o‘qituvchi Toshkent so‘zini aytsa o‘quvchilar Taxtapul – Labzak – Ko‘lob – Balx – 
    Xiva kabi so‘zlarni topadilar. 
    «Kim tez topadi?» o‘yini
    O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi. O‘yinning sharti: shunday so‘zlar topingki, ularning bosh yoki 
    oxirgi harflari olib tashlansa ham, ma’lum ma’no bildirsin. Masalan: «Soy suvi haqidagi ertak» (Zohir 
    A’lam) ertagida soy – oy, yo‘q – o‘q, boy – oy, odam – dam, qish – ish, yoz – oz so‘zlarini tez topadilar. 
    Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bugungi dunyo miqiyosida axborot kommunikatsiya 
    tizimining yuksak darajada rivoj topib borayotganligi va bu boshqa sohalar qatorida ta’lim jarayoniga 
    ham kirib kelib, uni yanada sifatli tashkil etishga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi ehtiyojidan kelib chiqib, 
    shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va texnologiyani chuqur bilishi, tahlil 
    qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli bo‘lishi juda muhim. Buning uchun 
    darsni tashkil etish jarayonida barcha o‘quvchilarga tushunarli, oson, qiziq bo‘lgan usullarni tanlashi va 
    qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq 
    qilishi, ta'lim oluvchilarni ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, didaktik o‘yinlardan to‘g‘ri va unumli 
    foydalanishi maqsadga muvofiqdir. 
    Didaktik o‘yinlardan foydalanishda kafolatli natijani ko‘zlab, zamonaviy hamda samarali 
    yo‘llarni tanlab, biri har bir narsa va hodisaga majmua sifatida yondoshish zarur. Aks holda faoliyat 
    an'anaviylikni ifoda etib qoladi. Shu nuqtai nazardan har qanday didaktik o‘yin tamoyillari markaziy 
    o‘rinda turishi kerak. Shundagina faoliyat zamonga mos bo‘lib, jamiyat ijtimoiy buyurtmasini sharaf bilan 
    bajarish mumkin. 
    O‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an'anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha 
    pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta'lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Dars jarayonida 
    yangicha muhitni shakllantirish, zamonaviy ko‘rgazmalardan, interfaol metodlardan foydalanib mazmunli 
    olib borish zarur. 
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari boshqarishga moyil, qiziquvchan, ta’sirchan bo‘lganliklari uchun 
    ham o‘qituvchidan o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan, darsni oson o‘zlashtirishlarini, 
    bilimlarni mustahkam o‘rganishni kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishi talab etiladi. 
    Didaktik o‘yinlardan foydalanishda ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va 
    vositalarini tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma`naviy fazilatlarni o‘zlashtirishga 
    yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o‘zlashtirish darajasini aniqlash 
    ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. 
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining didaktik o‘yinlar asosida tashkil etilgan o‘qish darslari 
    jarayonida erkin va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi 
    natijasida, o‘quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdek, asardagi ijobiy va salbiy 
    qahramonlar orqali lar insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o‘rganish, keng fikrlash, tegishli 
    qarorlar qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadi. 

    Download 461,22 Kb.
      1   2   3




    Download 461,22 Kb.
    Pdf ko'rish