182
Texnologiya so‘zi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik,
malaka
ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material
mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan
foydalanadigan
jarayon
tushuniladi.
Texnologiya
obyektining
dastlabki,
boshlang‘ich holatini o‘zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob
beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq,
tvorog, smetana, yog‘ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar
boshlang‘ich xom
ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish
natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya"
tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so‘zini qo‘shish
mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas,
balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin.
Texnologiya - bu sun’iy obyektlarni yaratishga yo‘naltirilgan jarayonlarni
boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo‘nalishda borishini ta’minlash uchun
yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning
samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar
nafaqat moddaning tarkibi,
tuzilishi va shaklini o‘zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi
axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot
texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi,
sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va
uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining
maqsadi insonning talabini
qondiradigan
yangi
mahsulot
ishlab
chiqarishdan
iborat.
Axborot
texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur
bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan yangi
axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo‘llab, bitta moddiy
resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot
texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol:
matematikadan nazorat
183
ishini bajarganda har bir o‘quvchi boshlang’ich axborotni qayta ishlash uchun
o‘zining bilimini qo‘llaydi. Masalaning yechimi bo‘lgan yangi axborot mahsuloti,
o‘quvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog’liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va
boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o‘zining "uskunalari",
vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshka vositalardir. Bu
vositalar orkali
axborotga ishlov berilib, o‘zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga
ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo‘llanilmoqda.
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo‘llanishiga
urg’u berish maqsadida ko‘pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya
haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari
bilan bevosita bog’liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud
bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar,
amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va
rivojlanishini belgilovchi
ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari,
xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlsh
va h.k.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar
orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalgam oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan
tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot
haqida boshqa bir viloyat,
(respublika, qit’a)da yashovchi o‘rtog‘ingiz bilan fakir almashmoqchsiz. Buni turli
yo‘llar orqali yetkazishingiz mumkin:
1) aloqa bo‘limi orqali (yozma);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
184
O‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon va sifati yuqori bo‘lgan usulni
belgilab olasiz.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing.
Matn yuzasidan savollar tuzing.
2. Matnga reja tuzing.
3. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
4. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.