|
Generzatsiyaning aniqligi va sifati
|
bet | 4/4 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 17,93 Kb. | | #263020 |
Bog'liq Generalizasiya turlari saralab olish senzlari va nomlariGenerzatsiyaning aniqligi va sifati
Generalizatsiyaning aniqligi va sifati ikki jihatdan: kartaning geometrik aniqligi nuqtai nazaridan va kartaning mazmuni ishonchliligi jihatidan baholanadi.
Geometrik aniqlik — bu kartadagi alohida nuqtalarni va obyektlami ularning haqiqiy holatlariga moslik darajasini tavsiflovchi miqdoriy o‘lchov. Geometrik aniqlik kartani joy bilan yoki yirik masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin.
Kartaning mazmunan ishonchliligi — bu real borliqning kartografik tasvirini uning asosiy xususiyatlarini va obyektlar o‘rtasidagi o'zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini sifatli baholash demakdir.
Har xil joylashgan voqea va hodisalarni (obyektlarni) generalizatsiya qilish:
Punktlarga joylashtirilgan (Joylashgan) obyektlar sifat va miqdor tavsiflarini senzlar va tanlab olish normalarini qo‘llab generalizatsiya qilinadi.
Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obyektlar ham generalizatsiya jarayonida senzlar va normativlarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni boshidan kechiradi, Chiziqli obyektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishni muhim elementi ularning suratlarini to‘g‘rilash va soddalashtirish, maydachuyda egik-bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo‘rttirib ko‘rsatishda ham) dan iboratdir.
Chiziqli obyektlarni generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy olchamlari bilan taqqoslaganda bo‘rttirib (oshirib, ko'paytirib) berish bilan bog‘liq.
|
| |