• Chegara aylanish tezligi
  • Generator dvigatel




    Download 1,71 Mb.
    bet3/17
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,71 Mb.
    #121160
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Elektr yuritma asoslari labaratoriya

    5.2-расм. Г – Д тизими-даги ТД нинг механик ха-рактеристикалари


    Eg eyuk ni TD yakoridagi nominal kuchlanishga mos keluvchi Yeg qiymatidan kamayish tomoniga o‘zgartirishgina mumkin, natijada TD ning aylanish tezligi nominal qiymatidan kamayadi xolos. Qo‘zatish toki Ik.m bo‘lsa, faqat uning nominal qiymati Ik.m.nom dan kamaytirish tomoniga o‘zgartirish mumkin. Natijada TD ning aylanish tezligi nominal tezlik nnom dan oshadi.
    Shunday qilib, G - D tizimida ishlovchi mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelning ayla-nish tezligini rostlash 2 turi bor: nominal tezlikdan pastga (Eg ni o‘zgartirish bilan) va nominaldan yuqoriga (Ik.m ni o‘zgartirish bilan). Yeg eyuk ni o‘zgartirib aylanish chastota-sini rostlashni karrasi taxminan D1= =7:1 ga teng, qo‘zatish toki Ik.m ni o‘zgartirib tezlikni rostlash diapazoni D2= =2:1 ga teng. Ikkala usul bilan rostlashda umumiy rostlash diapazoni D = D1D2 = 72 = 14 teng.
    TD «G - D» tizimida ishlatilganda yakor zanjirida reostat ulanmaydi, chunki «G - D» tizimida kuchlanish oxista oshirilib, yurgizish toklari ancha cheklanadi.
    5.2-rasmda «G - D» tizimida TD ning mexanik xarakteristika-lari keltirilgan (to‘g‘ri chiziqlar to‘plami). Ordinata o‘qini no.t nuqtada (chegara aylanish tezligi) kesib o‘tuvchi n = f(M) grafigi tabiiy mexanik xarakteristikadir. Bu xarakteristika TD yakor zanjirida nominal kuchlanishda va nominal qo‘zatish toki Ik.nom da olingan.

    Chegara aylanish tezligi


    (5.2)
    bunda - TD yakor zanjiridagi nominal kuchlanishga mos keluvchi generator eyuk i.
    Tabiiy xarakteristikadan pastda joylashgan to‘g‘ri chiziqlar Ik.m.nom qo‘zatish tokida, nominaldan kichik kuchlanishda (Uanom) olingan sunoiy mexanik xarakteris-tikalardir. Tabiiy xarakteris-tikadan yuqorida joylashgan to‘g‘ri chiziqlar Ua=Unom da va nominaldan kichik qo‘zatish tokida (Ik.mk.m.nom) olingan sunoiy mexanik xarakteristika-lardir. Bu sunoiy xarakteristikalar o‘zaro parallel va to‘g‘ri chiziqlidir, chunki TD dagi va G dagi yakor reaksiyalari o‘zaro kompensatsiyalanadi. Bu parallellik fakat ik.m ning kichik qiymatlarida buziladi.
    Yuqorida yozilganlarni umumlashtirib, TD ning G-D tizimida ishlashining afzalliklarini ko‘rsatib o‘tamiz: a) aylanish tezligini rostlash diapazoni katta; b) TD ni reostatsiz oxista yurgizish mumkin; v) energiyani qisman tarmoqqa qaytarib, to‘xtatish (tormozlash) mumkin; g) TD ni boshqarish dvigatel va generator qo‘zatish zanjiri orqali bulayotgani uchun rostlovchi apparatlar arzon va kichik o‘lchamli bo‘ladi. Tizimning kamchiliklari: a) tizimda elektr mashinalar soni ko‘p bo‘lgani uchun elektr yuritmasining narxi yuqori va o‘lchamlari katta; tizimning xamma mashinalarning fiklari ko‘paytmasiga teng bo‘lgan fik si kichik
    g-d = dgad , (5.3)
    masalan, agar nominal yuklanishda d=g bo‘lsa, tizimning fik si g-d = 0,80,80,9=0,58 bo‘ladi. Agar TD ning yuklanish koeffitsienti nominaldan kichik bo‘lsa, fik yana xam kichikroq bo‘ladi;
    v) mashinalarning (TD va G) yakor zanjirida ancha kuchlanish pasayishi va yakor reaksiyasi ta’sirida kichik tezliklarda TD turg‘un ishlamaydi.
    L a b o r a t o r i ya q u r i l m a s i G-D tizimidagi o‘zgarmas tok dvigatelining rostlash xossalarini tekshiruvchi laboratoriya qurilmasi (5.1-rasm) o‘zgarmas tezlik bilan ishlovchi agregatdan iborat bo‘lib, bu agregat o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi elektr mashinalari AD va G ni, hamda tekshiriluvchi dvigatel TD ni (mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelini) o‘z ichiga oladi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel AD va mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatori G ning vallari mexanik ravishda mufta bilan birlashtirilgan. TD ning yakor zanjiri generator G ning yakor klemmalariga ulangan. O‘zgarmas tok mashinalarining (TD va G) qo‘zatish cho‘lg‘amlari o‘zgarmas tok tarmoiga ulangan.
    Bu tarmoqqa G ning qo‘zatish cho‘lg‘ami qo‘zatish tokini keng oraliqda rostlash imkonini beruvchi Rp2 potensiometr va qo‘zatish zanjiridagi tokning yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan (TD ni revers qilish kerak bulganda) P2 pereklyuchatel orqali ulangan. TD ning qo‘zatish cho‘lg‘ami tarmoqqa R2 rubilnik orqali ulangan bo‘lib, bu cho‘lg‘amdagi qo‘zatish toki Ik.m. rrg reostat bilan rostlanishi mumkin. TD uchun mexanik yuklama sifatida cho‘lg‘ami R1 rubilpnik va Rp1 potensiometr orqali tarmoqqa ulangan ETM elektromagnit tormozi tanlangan.
    Aylanish chastotasini o‘lchash uchun "ayl/min" ulchov asboblari bilan TG taxogeneratori qo‘llanilgan. P1 pereklyuchateli TD ning aylanish yo‘nalishi o‘zgarganda "ayl/min" asbobiga kirishdagi kuchlanishning qutblarini o‘zgartirish imkonini beradi. Yakor zanjiridagi tok Ia ni o‘lchash uchun A3 ampermetri, kuchlanishni o‘lchash uchun V voltmetr xizmat qiladi. Ikkala uskuna ikki tomonlama shkalaga ega bo‘lishlari kerak, chunki generator G ning eyuk si qutblari o‘zgarishi mumkin. A1 va A2 ampermetrlari Ik.m va Ik.g qo‘zatish toklarini o‘lchash uchun kerak. A2 ampermetri ikki tomonli shkalaga ega bo‘lishi zarur.
    Laboratoriya qurilmasi bilan tanishib, xamma elektr mashinalarining pasport ma’lumotlarini yozib olish kerak: nominal quvvat Rnom, nominal kuchlanish Unom, nominal tok Inom, nominal aylanish chastotasi nnom, shuningdek o‘zgarmas tok mashinalari uchun nominal qo‘zatuv toklari Ik.m.nom va Ik.g.nom.
    Q u r i l m a n i d a s t l a b k i i sh g a t u sh i r i sh. Barcha rubilnik va qayta ulagichlarning xolatini tek-shirish kerak, ular "uzilgan" xolatida bulishlari kerak. Keyin R2 va P2 ni ulash va potensiometr Rp2 ni qo‘zatuv toki Ik.r ning minimal qiymatiga mos keluvchi xolatga qo‘yish, rr.g reostatni dvigatelning nominal qo‘zatish tokiga mos keluvchi xolatga qo‘yish kerak.

    Download 1,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1,71 Mb.