|
Generator dvigatel
|
bet | 4/17 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #121160 |
Bog'liq Elektr yuritma asoslari labaratoriyaR3 ni ulab asinxron dvigatel AD ishga tushiriladi va Rp3 yordamida asta-sekin, yakor toki Ia qiymatini tez o‘zgartirmasdan, generator ko‘zgatuv toki Ik.g ni TD yakor zanjiridagi nominal kuchlanishga mos keladigan Ik.g.nom gacha oshiriladi. Keyin qayta ulagich P1 ni "ayl/min" pribori TD ning aylanish chastotasini kursatadigan xolatga kuyish kerak.
TD tezligini rostlash mumkinligi tekshiriladi. Buning uchun Rp.2 yordamida Ua kuchlanishi biroz kamaytiriladi, oqibatda TD ning tezligi kamayishi kerak, so‘ngra bu kuchlanishni nominal qiymati tiklanadi va rr.g yordamida qo‘zatuv toki Ik.m. kamaytirilib, TD tezligini ortishi kuzatiladi.
So‘ngra TD ni reversi tekshiriladi. Buning uchun Ik.m.nom ko‘zatuv toki tiklanadi va Rp2 bilan Ik.g. ko‘zatuv toki 0 gacha kamaytiriladi. Shundan so‘ng pereklyuchatel P2 ni boshqa xolatiga burab generator G ning ko‘zatuv zanjiridagi kuchlanishning kutblari almashtiriladi. TD yakori to‘xtagandan so‘ng P1 ni boshqa xolatga qayta ulanadi va Rp2 potensiometr yordamida Ik.g. qo‘zatuv toki nominal qiymatiga yetkaziladi.
M a o l u m o t l a r n i o l i sh v a T D n i n g m ye x a n i k x a r a k t ye r i s t i k a l a r i n i q u r i sh. Dvigatel validagi moment M2 ni aylanish tezligi n2 ga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi tabiiy mexanik xarakteris-tikani qurish quyidagicha bajariladi. TD yakori zanjiriga kirishdagi nominal kuchlanish Unom ni va nominal ko‘zatuv tok Ik.m.nom ni quyish va elektromagnit tormoz EMT ni ulamasdan, uskunalar bo‘yicha salt yurish rejimiga mos bo‘lgan 1-o‘lchovlarni bajarish. Keyin, R1 ni tutashtirib, elektromagnit tormoz EMT ulanadi va Rp1 potensiometr bilan TD validagi yuklama momenti M2 ni asta-sekin M2. nom. gacha, yakor toki I2nom gacha oshiriladi. Bunda yakor zanjirida nominal kuchlanish Ua nom ushlab turiladi. M2 momentning taxminan teng interval bilan belgilangan qiymatlarida to‘rt-besh o‘lchashlar qilinadi va ma’lumotlar 5.1-jadvalga kiritiladi. Shunday tartibda Uk.m = Uk.m.nom = sonst ni ushlab turib, TD yakor zanjirida Ua = 0,9 Unom va Ua = 0,75 Unom kuchlanishlarda n2=f (M2) sunoiy mexanik xarakteristikalari uchun ma’lumotlar olinadi.
Keyin, yakor zanjirida Ua = Unom = sonst kuchlanishni ushlab turib, Ik.m=0,9Ik.m=0,75Ik.m.nom qo‘zatuv toklarida TD ning sunoiy mexanik xarakteristikalari uchun ma’lumotlar olinadi. Xar bir xarakteristika uchun to‘rt-besh o‘lchashlar bajarilib, ma’lumotlar 5.1-jadvaliga kiritiladi.
Jadvaldagi ma’lumotlar bo‘yicha TD ning beshta mexanik xarakteristikalari bitta koordinata o‘qlarida quriladi.
5.1-jadval
O‘lchov nomeri
|
Ua,v
|
Ik.m, A
|
Ik.g, A
|
Ia, A
|
no,ayl/min
|
Ma, nom
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |