|
-rasm. Doiraviy adilakni tekshirish
|
bet | 4/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #126640 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot6-rasm. Doiraviy adilakni tekshirish.
2.Silindrik adilakni tekshirish. Silindrik adilakining o'qi teodolitning vertikal o'qiga perpendikulyar bo'lishi kerak.
Silindrik adilakining o'qi har qanday ikkita ko’tarish vintga parallel bo'ladigan tarzda o'rnatiladi. Ushbu ikki ko’tarish vintni bir yo'nalishda yoki bir-biriga qarama-qarshi buralib, silindrik adilakdagi pufakcha nol punktga (o'rtaga) keltiriladi (7a-rasm).
7-rasm. Silindrik adilakni tekshirish.
Shundan so'ng, teodolit vertikal o'q atrofida shunday aylantiriladiki, bunda silindrik adilak o’sha ikkita ko’tarish vintga perpendikulyar bo'lsin. Uchinchi ko’tarish vintni buralib, adilakdagi pufakcha nol punktga keltiriladi(7b-rasm). Keyin teodolit dastlabki holatiga qaytariladi va pufakchaning nol punktga kelishi tekshiriladi.
Bundan keyin alidada 180 ga buraladi; agar adilak pufakchasi o’rtada qolsa, shart bajarilgan hisoblanadi. Agar adilak pufakchasi o’rtadan chetlashsa, demak, shart bajarilmagan hisoblanadi va aniqlangan o’qlarni perpendikulyarmasligini tuzatish ishlari bajariladi.
3.Optik vizirni tekshirish. Optik kolimator markazining to'rlari proyeksiyasi ko‘rish trubasi iplar to’ri markazining proyeksiyasiga to'g'ri kelishi kerak.
Teodolitni shtativga o'rnatib ishchi holatiga keltiriladi. Vizir markasini teodolitdan 50 m masofada o'rnatiladi. Ko’rish trubasi yordamida, iplari to'rining kesishgan qismini vizir markasining o'rtasiga yo'naltiriladi. Bunda optik kollimatorli vizir vizir markasining markaziga to’g’ri kelganiga ishonch hosil qilish kerak. Aks holda tuzatish ishlarini bajarish talab qilinadi.
8-rasm. Optik kolimatorli vizir.
4.Lazerli shovunni tekshirish. Lazerli shovunni nurlari teodolitning vertikal aylanish o'qiga ustma-ust tushishi kerak.
Teodolitni shtativga o'rnatib ishchi holatiga keltiriladi. Lazerni yoqiladi. Lazerli shovunni nuqtaga markazlashtirishni shtativni yoki qotirish vintini bo'shatib teodolitni siljitish orqali amalga oshirish mumkin. Teodolitni yana ishchi holatga keltiriladi. Keyin teodolit 180° ga aylantiriladi. Agar lazer nuri nuqtaning markazida bo'lsa yoki 2 mm dan kamroq farq qilsa, u holda shart bajarilgan hisoblanadi Aks holda, tuzatish kerak bo’ladi.
5.Ko’rish trubasi iplar to’rini tekshirish. Iplar to’rini vertikal ipi teodolitning gorizontal o’qiga perpendikulyar bo’lishi kerak.
Ko’rish trubasi to'rning vertikal ipi aniq ko'rinadigan, uzoq nuqtaga qaratiladi. Vertikal doirasidagi yo'naltiruvchi vinti bilan trubani aylantirish orqali, qidirilayotgan nuqtadan vertikal ipning o'tishini kuzatish orqali tekshiriladi.
|
| |