|
Geodeziya fanidan
|
bet | 3/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #126640 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot4-rasm. Elektron teodolit VEGA TEO5.
VEGA TEO5 elektron teodoliti temir yo'llarda, avtomobil yo'llarida, ko'priklar, tabiatni muhofaza qilish suv havzalarida, kar`er, shaxtalarda va hokazolarda tayanch nuqtalarni yaratishda III-IV sinf triangulyatsiya tarmoqlarini zichlashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek injenerlik geodeziyasi, yirik ob'ektlarni qurilishi va montaj ishlarida, kadastr va topografik plan olishlar va boshqa muhandislik plan olishlarida ham qo'llaniladi. VEGA TEO5 elektron teodoliti bir qabulda gorizontal burchaklarni 5'' o'rta kvadratik xatolik bilan o'lchash aniqligini ta'minlaydi.
5-rasm.VEGA TEO 5 teodolitining tuzilishi:
1 - ko’tarish vint; 2 - doiraviy adilak; 3 - taglikning mahkamlash vinti; 4 - funktsional tugmalar; 5 - displey; 6 - gorizontal doiraning yo`naltiruvchi vinti; 7 - gorizontal doiraning mahkamlash vinti; 8 - ko`rish trubasining dioptrli okulyar halqasi; 9 - kremalera; 10 - asbob balandligi belgisi; 11 - asos; 12 - taglik; 13 - RS-232S seriyali port; 14 - teodolit tutqichi; 15 - teodolit tutqichini mahkamlovchi vint; 16 - kollimatorli nishon; 17 - ko`rish trubasi ob`ektivi; 18 - batareya o`rnatish joyi; 19 - ko`rish trubasi va vertikal doiraning mahkamlash vinti; 20 - ko`rish trubasi va vertikal doiraning yo`naltiruvchi vinti; 21 - silindrik adilakni tuzatish vinti; 22 - silindrik adilak.
VEGA TEO5 elektron teodolitlarni tekshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak:
Doiraviy adilakni tekshirish.
Silindrik adilakni tekshirish.
Optik vizirni tekshirish.
Lazerli shovunni tekshirish.
Ko’rish trubasi iplar to’rini tekshirish.
6. Ko‘rish trubasining vizir o'qi teodolitning gorizontal o'qiga perpendikulyar bo'lishi kerak.
7. Teodolitining vertikal doirasining nol o’rniini (NO’) aniqlash.
8.Kompensatorni tekshirish.
1.Doiraviy adilakni tekshirish. Doiraviy adilakni o'qi teodolitning aylanish o'qiga parallel bo'lishi kerak.
Ikki ko’tarish A va B vintni bir yo'nalishda yoki bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishga burab, doiraviy adilak pufakchasi shunday holatga keltiriladiki, bunda pufakcha adilakni chap va o’ng tomonlarga nisbatan o’rtaga kelsin. (6a-rasm). So’ngra uchinchi C ko’tarish vintidan foydalanib buralib, adilakdagi pufakcha nol punktga keltiriladi(6b-rasm). Keyin teodolit dastlabki holatga qaytarilib adilakni holati teshiriladi, agar adilak pufakchasi o’rtada qolsa, shart bajarilgan hisoblanadi, aks holda tuzatish ishlari bajariladi.
|
| |