|
-rasm. Ko’rish trubasi iplar to’rini tekshirish
|
bet | 5/6 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 2,3 Mb. | | #126640 |
Bog'liq 1-amaliy mashg\'ulot9-rasm. Ko’rish trubasi iplar to’rini tekshirish
6.Ko‘rish trubasining vizir o'qi teodolitning gorizontal o'qiga perpendikulyar bo'lishi kerak. (Gorizontal doiraning kolimatsiya xatosini tekshirish.)
Ko‘rish trubasi iplar to’riining markazi gorizont yaqinidagi uzoq masofadagi nuqtaga yo’naltiriladi. Keyin DCh holatda gorizontal doiraning limbi bo’yicha sanoq olinadi. Trubani zenit orqali aylantiladi. Ko‘rish trubasi yana o’sha nuqtaga yo’naltiriladi va DO’ holatda sanoq olinadi. Olingan sanoqlar orasidagi farq kollimatsiya xatosiga mos keladigan burchakni beradi. Kolimatsiya xatosining qiymati quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi
C =
7.Teodolitining vertikal doirasining nol o’rniini (NO’) aniqlash. Ko’rish trubasining gorizontal holatida vertikal doira bo'yicha olingan sanoq nolga teng bo'lishi kerak.
Teodolitni ko’rish trubasi tanlangan nuqtaga qaratiladi. U teodolitni ko’rish trubasi vizir o'qining gorizontal holatidan ±10° oraliqda joylashtirilishi kerak. Keyin vertikal burchakning DCh va DO'.holatdagi qiymati hisoblanadi.
Vertikal doiraning nol nuqtasining qiymati formula bo'yicha hisoblanadi
NO’ =
Agar MO ≤ 15" bo'lsa, shart bajarilgan hisoblanadi, agar MO > 15" bo'lsa, tuzatish kerak.
8.Kompensatorni tekshirish.
Kompensatorini tekshirish ketma-ketligi 1-jadvalda keltirilgan. Teodolitni silindrik adilakdan foydalanib gorizontga keltiriladi. Vizir markasi ko’rish trubasi vizir o'qining gorizontal holatidan ±10° oraliqda joylashtirilishi kerak.
1-jadval
Harakatlar
|
Displey
|
Asbobni shunday burish kerakki, bunda displey har qanday ikkita ko’tarish vintini bog'laydigan chiziqqa taxminan parallel bo'lsin. Asbobni yoqing va ishga tushiring. O’rnatilgan vizir markadan vertikal doiradan ν1 sanoq oling.
|
|
Vertikal burchakni 3' ga oshirish yoki kamaytirish uchun vertikal doira vintini burang.
|
|
Uchinchi ko’tarish vintidan foydalanib, ko’rish trubasini yana nuqtaga qarating, vertikal doiradan ν2 sanoq oling.
|
|
ν1 va ν2 sanoqlar orasidagi farqni hisoblanadi:
dν = ν2- ν1.
Agar dν qiymati 3" dan oshmasa, shart bajarilgan hisoblanadi, aks holda tuzatish kerak.
|
| |