|
Geografiya darslarida foydalaniladigan interfaol metodlar xususidaBog'liq geografiya-darslarida-foydalaniladigan-interfaol-metodlar-xususidaFoydalanish vaqti
uy ishini tekshirish vaqtida,mavzuni mustahkamlashda
foydalanish mumkin.
“Ishonarli tarix” metodi.
Qoidasi
bunda ular keltirilgan tarixiy voqeani diqqat bilan o’rganib
chiqib,to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini aniqlashlari kerak bo’ladi,biron bir
materikning yoki okeanning o’rganilish tarixini o’tayotgan bo’lsak shu mavzu
yuzasidan o’qituvchi to’g’ri va noto’g’ri jumlalarni o’quvchilar esa diqqat bilan
eshitib xatosini topadilar.
Afzalligi
o`quvchilarni xotirasini mustahkamlashga va ijodiy fikirlashga,
tezkorlikka undovchi metoddir.
Foydalanish vaqti
yangi bo’lim yoki bob boshlanish oldidan,mavzu
tugagandan keyin qo’llash mumkin.
“Zanjir o’yini”metodi.
Qoidasi
o’quvchilarni 4 ta guruhga bo’lib olib, har bir guruhdan 1
o’quvchi doska oldiga chiqadi.1- o’quvchi fanga oid atamani aytadi Keyingi
o’quvchi oldingi o’quvchi aytganini va o’zinikini qo’shib aytadi. Undan
keyingisi oldingi 2 o’quvchi aytgan atamalarga yana o’zi yangisini qo’shib
aytadi. O’yin shu tariqa davom etadi.Adashgan o’quvchi o’yindan chiqib ketadi,
eng oxirida o’yindan chiqib ketmay qolgan o’quvchi rag’batlantiriladi.
Afzalliklari
bu o’yin xotirani mustahkamlaydi, fikrni bir joyga jamlashga
o’rgatadi.
Foydalanish vaqti
.Yangi mavzuni mustahkamlash darslarida,o’tilgan
mavzularni takrorlashda qo’llasa bo’ladi.
“Estafeta”o’yini
Qoidasi
bu o’yin uchun qo’yidagi jihozlarni tayyorlash lozim magnit
doskasi, qalin qog’ozdan yasalgan qayiqchalar, ularning cho’ntakchasiga solib
qo’yish uchun savollar yoziladi. O’qituvchi o’yinning sharti bilan tanishtiradi.
Kim quyidagi savolga javob bersa, o’sha o’quvchi oldinda suzib ketayotgan
bo’ladi, g’olib shu tariqa ketma-ket aniqlanadi. O’yinda savolning javobini kim
tez topsa usha o’quvchining kemasi oldinda suzib ketayapti deb o’quvchilarni
rag’batlantirilib borilsa, o’quvchilarda qiziqish shuncha ortadi.
|
| |