• "Экономика и социум" №3(106)-2 2023 www.iupr.ru
  • “Uchta to’g’ri bitta noto`g`ri”metodi. Qoidasi
  • Afzalliklari
  • Geografiya darslarida foydalaniladigan interfaol metodlar xususida




    Download 2,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/7
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,52 Mb.
    #243870
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    geografiya-darslarida-foydalaniladigan-interfaol-metodlar-xususida

    Zakovat o’yini. 
    Bu o’yinni dastlab sinfxonani o’yinga moslashtirish 
    lozim bo’ladi.O’yin ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi.Yuqori ball 
    olgan o’quvchilar o’yinda ishtirok etish huquqiga ega bo’ladi.O’yin 
    qatnashchilari 6-8 kishidan iborat bo’ladi.Qolgan o’quvchilar esa o’yinni 
    tomashabin sifatida kuzatib turishadi.Guruh sardori savolni olib o’qituvchiga 
    beradi.O’qituvchi savolni o’qib eshittiradi. Javobni aniqlash uchun bir daqiqa 
    vaqt ajratiladi.Bu vaqt orasida o’yin ishtirokchilari javobni maslahatlashib 
    topishga harakat qilishadi.Bu o’yinni asosan,yuqori sinfda o’tkazish tavsiya 
    etiladi.Zakovat o’yinlarida asosan o’rtaga muammoli savollar tashlanib,shu 
    muammoni hal etishga diqqat qaratiladi.
     
    “Narvon yasash“o’yini 
    Bu o’yindan o’tilgan mavzuni takrorlash,yangi 
    mavzuni 
    mustahkamlashda 
    foydalanish 
    maqsadga 
    muvofiqdir.Jumladan 
    o’qituvchi dars boshlanishida har bir o’quvchiga oq qog’oz olib,unga 
    narvonning ikki chetidagi qismlarini chizib qo’yadi va har bir zina bolalarning 
    darsdagi javoblari orqali to’dirilib boriladi.Shundan keyin o’quvchilar darsda 
    faol ishtirok etib,javob berishga intiladi va javoblari orqali o’z narvoniga 


    "Экономика и социум" №3(106)-2 2023 www.iupr.ru
     
    201 
    bittadan zina chizib ketaveradi.Uyga vazifaga javob bergani uchun bir 
    zina,o’qituvchining savoliga javob bergani uchun bir zina. Xullas o’yin shu 
    tariqa davom etadi va dars yakunida zinalar soni hisoblanib, qaysi 
    o’quvchlarining zinalari ko’p chiqsa, o’qituvchi ularga rag’bat beradi. 
    “Uchta to’g’ri bitta noto`g`ri”metodi. 
    Qoidasi
    har bir ishtirokchi bir varaqdan qog’ozda o’rganilayotgan yoki 
    o’rganilgan mavzu bo’yicha 3 ta to’g’ri fikr va bitta noto’g’ri fikrni yozadi 
    Ishtirokchilar juftliklarga to’planadilar, yozgan qog’ozlari bilan almashadilar va 
    qaysi fikr noto’g’ri ekanligini aniqlaydilar. 
    Afzalliklari 
    kuzatuvchanlikni rivojlantiradi,axborotni tanlab olish 
    ko’nikmasini ishlab chiqadi,bolalarni xato topish va fikrlarni ifodalashga 
    o’rgatadi O’qituvchiga o’quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.

    Download 2,52 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geografiya darslarida foydalaniladigan interfaol metodlar xususida

    Download 2,52 Mb.
    Pdf ko'rish