"Экономика и социум" №3(106)-2 2023 www.iupr.ru
199
lozim’’ligini ta’kidlagan. Ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o‘sib
kelayotgan yosh avlodga sifatli ta‘lim berish va
shu orqali jismoniy baquvvat,
ma‘naviy jihatdan yetuk, bilimli avlodni tarbiyalash, o‘quvchlarning mustaqil
fikrlash
dunyoqarashini kengaytirish, iste‘dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash,
ijodiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi ko‘plab vazifalarga
qaratilgandir. Mazkur vazifalarni bajarishda ta‘lim tizimiga pedagogik
texnologiyalarni tadbiq etish, noan‘anaviy usuldagi zamonaviy darslarni tashkil
etish, o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat
hamda dars jarayonlariga
zamonaviy, yangicha yondashuv talab etiladi. Bugungi kunda har bir fan
o‘qituvchisi o‘z fani bo`yicha dars samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillarni
chuqur bilishi va ulardan dars jarayonida foydalana olishi zarur bo‘ladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish yo'lida barcha fanlar qatori
geografiyaning ham o'rni kattadir. Geografiya fani o'zining
qiziqarliligi bilan
ajralib turadi. Geografiya darslarini va sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli va
ijodiy tashkil etish geografiya o`qituvchisi oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
Darsda geografik o'yinlardan foydalanish muhim o'rin egallaydi.
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik
texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o‘qituvchi o‘rganiladigan
mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan
holda qaysi
texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida
o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari,
darsda
o‘quvchilarning
bilishi
lozim
bo‘lgan
o‘quv
topshiriqlari,
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash yo‘llarini
belgilashi lozim.
Geografiya ta'limi jarayonida “Kim chaqqon metodi”, “ Charaqla
quyosh”, “Soatdagi jumboq”, “5*5 viktorina o’yini”,
“
Zakovat o’yini”, “
Narvon yasash “o’yini kabi bir necha interfaol
metodlardan foydalanish
mumkin. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayonini o‘yin faoliyati
bilan uyg‘unlashtiriladi. Bunday metodlar yordamida o`quvchilar puxta bilim
egallaydilar, mustaqil fikr yurutadilar.
Shu sababli o‘quvchilarni o‘z o‘quv faoliyatining to‘laqonli subyektiga
aylantirish,
pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish
va
demokratlashtirish, o‘qitish samaradorligini orttirish maqsadida Geografiyani
o‘qitish jarayoniga interfaol ta’limiy o`yin metodlarini qo‘llash zarurati tug‘ildi.
Quyida biz geografiya ta’limida qo`llaniladigan shunday ta’limiy o`yinlarning
ayrimlariga to`xtalib o`tamiz.