• «DIQQAT HAMMAGA»
  • Kimyoviy xavfli ob'yektlarda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariyalarda aholining xatti - xarakatlari




    Download 1.13 Mb.
    bet3/11
    Sana26.05.2022
    Hajmi1.13 Mb.
    #21971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Курс лойиха (2) (2)
    Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси, ХИЗМАТ ХАТИ 05.01.2022, 1 (2), ERDONOVA NILUFAR NAJIMOVNANING PSIXOLOGIYA NAZARIYASI TARIXI TEST, 001 TDTU Matiriyalshunoslik Sheraliyev Ulugbek MUSTAQIL ISHI, utilizatsiya-plastikovoy-tary-s-priusadebnyh-uchastkov, КМЧ прак, Mavzu Sut mahsulotlarini sifat ko`rsatgichlarini aniqlash usull, 3-amaliy mashg’ulot Akslantirish. Akslantirish, 4-laboratoriya ishi BJAT, Ingliz, 77-80 (1), 12 maruza servo pdf, 68-dars-Varistor
    Kimyoviy xavfli ob'yektlarda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariyalarda aholining xatti - xarakatlari.
    Respublikamiz hududida ko`plab kimyo sanoati rivojlangan shaharlar hamda ishlab chiqarish (oziq – ovqat, sut mahsulotlari) jarayonida ishlatish uchun ammiak va xlor (suv tozalash tizimi, uy-joy komunal xo`jaliklari) saqlanadigan sanoat korxonalari keng tarqalgan va ular kimyoviy xavfli ob'yektlar hisoblanadi.
    Ammiak rangsiz gaz, havodan yengil, suvda yaxshi eriydi, atmosfyeraga chiqqanda tutunga o`xshaydi. Uning zararli havo bilan kirishib portlash xususiyatiga ega bo`lgan qorishma hosil qiladi. Nafas olganda xavfli hisoblanib yo`taltiradi, bug`adi, puls urishini buzadi, ko`zda kesuvchanlik va yoshlanishni hosil qiladi.
    Xlor sariq-yashil ranglar aralashmasiga o`xshaydi, hidi achishtiradi. Havodan 2,5 marotaba og`irligi sababli past joylarda, yertulalarda va tonnellarda yig`iladi. Parlanib uchganda oq bulut hosil qiladi va yer yuzasi bo`ylab tarqaladi. Xlorning parlanib uchgan zarrachalari ko`zning yoshlanish qobig`iga va nafas yo`llariga kuchli ta'sir etadi.
    Xlor yoki ammiak moddalarining yuqori kontsentratsiyasi bo`lgan muhitda nafas olish haloqatga olib keladi.
    Kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar ishlatuvchi ob'yektlar atrofida yashaydigan aholi avariya sodir bo`lgunga qadar quyidagilarni bilish maqsadga muvofiqdir:
    - kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi yoki ishlatuvchi yaqin atrofda joylashgan korxonalarni bilishi. Ushbu korxonada avariya sodir bo`lganda xabar berish yo`llari haqidagi ma'lumotlarni anikqashi;
    - deraza va eshiklarning izolyatsiyasi uchun ishlatiladigan matyeriallar zaxirasini alohida ko`zga ko`rinarli joyda saqlashi;
    - nafas olish yullarini muxofaza qilish vositalari (paxta-dokali niqob, ichimlik sodasi yoki uning 2% li eritmasi)ni tayyorlab qo`yishi;
    - har ehtimolga qarshi evakuatsiyaga (dori-darmon, kiyim, hujjatlar, oziq-ovkaq) tayyorgarlik ko`rib qo`yishi;
    - bolalarga (kattalar yo`qligida) avariya sodir bo`lganda bajarilishi zarur bo`lgan hatti-harakatlarni o`rgatish;
    - vaqti-vaqti bilan oilada mashqlar o`tkazib turishi;
    - qo`shnilar bilan o`zaro hamkorlikda va birgalikda harakat qilish haqida kelishib olishi;
    - birinchi tibbiy yordam berish yo`llarini o`rganish va uni boshqa oila a'zolariga o`rgatish kerak;
    Ushbu ob'yektlarda avariya sodir bo`lgandan keyin yaqin atrofda yashaydigan aholiga quyidagi xatti-harakatlarni bajarishlari tavsiya etiladi:
    - nafas olish yo`llarini muxofaza qilish vositalari (paxta-dokali niqob)ni ho`llab taqib olishlari;
    - dyeraza va dyeraza darchalarini, eshiklarni mahkamlab yopish;
    - elektr asboblari va gazni o`chirish;
    - yosh bolalar va qariyalarga yordam berish;
    - vaximaga tushmasdan xonadoningizdan hamda yashab turgan hududdan chiqib, ko`rsatilgan yunalishda yoki shamolga pyerpendikulyar ravishda xarakat qilish.
    Kimyoviy xavfli ob'yektlarda avariya sodir bo`lganda shu ob'yekt atrofida yashovchi aholiga birinchi navbatda shu ob'ektning lokal xabar berish tizimiyordamida habar beriladi. Avariya haloqati paydo bo`lganda elektrsirenalar, ishlab chiqarish korxonalarining gudoklari va boshqa signal berish manbalari ishlatiladi. Bu «DIQQAT HAMMAGA» signalidir. Signalni eshitib televizor, radiopriyomnik, reproduktorlarni mahalliy eshittirsh olib boradigan to`lqinga qo`yish va sodir bo`lgan avariya haqidagi ma'lumotni hamda keyingi xatti-harakatlar haqidagi tavsiyalarni tinglash maqsadga muvofiqdir.

    2-rasm. Chernobl Atom elektrostansiyasi oqibatlari.

    Download 1.13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimyoviy xavfli ob'yektlarda sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariyalarda aholining xatti - xarakatlari

    Download 1.13 Mb.