Tashkil qilinadigan umumiy – yig‘ma komandalar




Download 1.13 Mb.
bet7/11
Sana26.05.2022
Hajmi1.13 Mb.
#21971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Курс лойиха (2) (2)
Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси, ХИЗМАТ ХАТИ 05.01.2022, 1 (2), ERDONOVA NILUFAR NAJIMOVNANING PSIXOLOGIYA NAZARIYASI TARIXI TEST, 001 TDTU Matiriyalshunoslik Sheraliyev Ulugbek MUSTAQIL ISHI, utilizatsiya-plastikovoy-tary-s-priusadebnyh-uchastkov, КМЧ прак, Mavzu Sut mahsulotlarini sifat ko`rsatgichlarini aniqlash usull, 3-amaliy mashg’ulot Akslantirish. Akslantirish, 4-laboratoriya ishi BJAT, Ingliz, 77-80 (1), 12 maruza servo pdf, 68-dars-Varistor
Tashkil qilinadigan umumiy – yig‘ma komandalar



2.2. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishda xavfsizlik tadbirlari.

Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan vayrona uyumlari orasida yurish, buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoli bor bo‘lgan binolar yaqinida turish xavflidir. Zararlangan bino va inshootlar oldiga faqatgana ularning xavfsiz tomonidan kelish mumkin. Bino va inshootlarning ichki qismini ko‘zdan kechirganda ochiq yoritgichlardan va kerosinli fonarlardan foydalanish xavfli, chunki ular ikkilamchi favqulodda vaziyat sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Yonayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to‘silib qolgan joylarga kirayotganda arqonga boylanib, arqonning uchini kirish joyida turadigan sherigingizga bering, bu holat xavfsizligingizni ta’minlaydi. Xonalarga kirayotganda kirish eshiklarini ehtiyotkorlik bilan ochish va alanganing to‘sa oladigan yoki qizigan gaz alanga olganda muhofaza qila oladigan matodan foydalanish ham xavfsizligingizni ta’minlaydi.

4-rasm. Ob’ektda yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chiruvchilar faoliyati.


Yonayotgan xona ichida emaklab yoki engashib harakat zarurati bo‘lganda xonadan tez chiqib ketish uchun yaqin joylarda harakatlanish xavfli vaziyat bo‘lishining oldini oladi.

5-rasm. Ob’ektda yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chirish va qutqaruv ishlarini amalga oshirish.


Uzoq vaqt davom etgan yong‘indan so‘ng yerto‘lalarga gazniqob kiyib yoki yaxshilab shamollatilgandan so‘ng ish jarayonini boshlash xavfli vaziyat sodir bo‘lishining oldini oladi. Vayrona uyumlari orasida hovuzlar tayyorlashda ularning chetlarini mustahkamlash kerak bo‘ladi. Mustahkamlash uchun metall va yog‘och konstruksiyalarning bo‘laklarini ishlatish mumkin. Mustahkamlanmagan vayrona uyumlaridan tushish va chiqish joylaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo‘lgan hollarda albatga ehtiyot vositalaridan foydalanish kerak (qutqaruv arqonlari va belbog‘lar). Gazlashgan ob’ektlarda ish olib borish jarayonida yakka muhofaza vositalaridan foydalanish xavfsizlikni ta’minlaydi.
Zarar ko‘rgan yoki buzilgan binolarda ish olib borayotganda himoyasiz qo‘l bilan elektr simlarini va elektr simlariga tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli hisoblanadi. Shuning uchun ishni boshlashdan oldin elektr tarmog‘ini o‘chirib qo‘yiladi.

6-rasm. Ob’ektda favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda qutqaruv ishlari.
Vayrona uyumlari, kirish joylari shikastlangan bino va inshootlarda ogohlantiruvchi qizil chiroq o‘rnatib qo‘yiladi. Yer ko‘chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan narsalar ta’sirida jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha tez yordam berish kerak.

Download 1.13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkil qilinadigan umumiy – yig‘ma komandalar

Download 1.13 Mb.