• 1.2. KIMYOVIY XAVFLI OB’EKTLARNING BARQARORLIGI VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USULLARI
  • Geologiya- qidiruv va kon metallurgiya




    Download 1.13 Mb.
    bet4/11
    Sana26.05.2022
    Hajmi1.13 Mb.
    #21971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Курс лойиха (2) (2)
    Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси, ХИЗМАТ ХАТИ 05.01.2022, 1 (2), ERDONOVA NILUFAR NAJIMOVNANING PSIXOLOGIYA NAZARIYASI TARIXI TEST, 001 TDTU Matiriyalshunoslik Sheraliyev Ulugbek MUSTAQIL ISHI, utilizatsiya-plastikovoy-tary-s-priusadebnyh-uchastkov, КМЧ прак, Mavzu Sut mahsulotlarini sifat ko`rsatgichlarini aniqlash usull, 3-amaliy mashg’ulot Akslantirish. Akslantirish, 4-laboratoriya ishi BJAT, Ingliz, 77-80 (1), 12 maruza servo pdf, 68-dars-Varistor
    Kimyoviy muhofaza - bu KTZM (kuchli ta'sirchan zaharli moddalar)ning (zaharlovchi moddalarning) aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo`jaligi inshootlari xodimlariga zararli ta'siri oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
    Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarning bajarilishi texnogen xususiyatdagi FV natijasida sodir bo‘lgan avariya va halokatlarning ko‘lamiga, turiga, fuqaro muhofazasi kuchlarining hajmiga hamda ularning tayyorgarlik darajasiga, sodir bo‘lgan vaqtiga (yil davomida, kuni) ob-havoga va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘likdir. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar vaqtida bajariladigan ishlarga tayyorarlikni tashkil etish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari oldindan rejalalashtirilgan asosida belgilanadi. Bu rejalar tuman, shahar va viloyat miqyosida oldindan tuzib chiqiladi. Rejani tayyorlashda sodir bo‘lishi mumkin deb bashorat etilgan tabiiy ofatlar va ishlab chiqarishdaga avariya va halokatlar asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Favqulodda vaziyatlar vaqtida fuqaro muhofazasi tuzilmalarining hatti-harakatlari o‘z vaqtida tashkil etilgan va olib borilgan razvedka ma’lumotlariga hamda ma’lumotlarda aks ettirilgan aniq shart-sharoitga bog‘likdir. Razvedka ishlari fuqaro muhofazasi kuchlarining vazifalariga mos va bajarilishi zarur bo‘lgan keyingi hatti-harakatlarga bog‘langan holda olib boriladi.


    1.2. KIMYOVIY XAVFLI OB’EKTLARNING BARQARORLIGI VA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USULLARI

    Kimyo sanoatida kimyoviy xavfli ob’ektlar (KXO) zarur moddalar, kimyoviy birikmalar ishlab chiqarish faoliyati bilan muhim o‘rin egallaydi. Bunday korxonalar yurtimiz iqtisodiyotiga katta foyda keltirishi bilan birgalikda, aholi uchun bir qancha xavf ham tug‘diradi. Kimyoviy xavfli ob’ektlar sinfiga faqat zaharli moddalar ishlab chiqaradigan katta korxonalar emas, balki o‘zida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTEZM) ishlatadigan, saqlaydigan, tashiladigan boshqa korxonalar ham kiritiladi. Ular aholiga kimyoviy avariyalar bilan xavf soladi. Kimyoviy avariya deganda atrof- muhitga kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda to‘kilishi yoki havoga chiqishi natijasida insonlarni zaharlanishiga yoki nobud bo‘lishiga, oziq-ovqat mahsulotlari, chorva mollari, o‘simliklar va atrof muhitni kimyoviy zaharlanishiga olib keluvchi avariya tushuniladi. Avariya vaqtida atrof-muhitning zaharlanishiga, tirik organizmlarning jabrlanishiga olib keladigan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddaning miqdoriga toksidoza deb aytiladi. Moddalarning ruxsat etilgan miqdori deganda esa, bir kunlik miqdori uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatgan taqdirda ham, organizmda patologik o‘zgarishlar keltirib chiqarmaydigan, kasallanishga olib kelmaydigan miqdori tushuniladi. Zaharli moddalarning bir sutkalik o‘rtacha, bir martalik maksimal miqdorlari belgilab qo‘yilgan. Bu miqdor aholi punktlari hamda ishlab chiqarish xonalari uchun alohida belgilangan. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bosim ostida suyultirilgan holda saqlanayotgan idish germetikligi buzilgan taqdirda, atrof muhitga gaz, bug‘, ayrozol holatida tarqalishi kuzatiladi. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddaning zaharlovchi xolatiga o‘tishi, zaharlovchi konsentlarni xosil qilishi uning fizika-kimyoviy hossalariga bog‘liq. Bunda ularning agregat holati, suvda eruvchangligi, organik moddalarda erish qobiliyati, zichligi, uchuvchangligi, nisbiy bug‘lanish issiqligi, qaynash temperaturasi katta ahamiyatga ega. Ushbu ko‘rsatgichlar ishlab chiqarish jarayonida, avariyalarni bashoratlash va baholashda xisobga olinadi. Agar zaharli modda atrofga tarqalib, zaharlanish sodir bo‘lgan taqdirda, organizmga tushgan zaharli modda qon orqali barcha organizm va to‘qimalarga tashiladi, hamda organizmni umumiy zaharlanishiga ba’zan esa kishilarni qurbon bo‘lishiga olib 335 keladi.


    Shu sababli bunday ob’ektlarda muhofaza tadbirlarini vaqtida, sifatli amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy xavfli ob’ektlarda avvalo korxonaning barqaror ishlashini ta’minlash va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlariga amal qilish muhim hisoblanadi.
    Bunday ob’ektlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur: avvalo ishchi xodimlarni favqulodda vaziyat to‘g‘risida vaqtida xabardor qilish uchun aloqa va xabar berish tizimini yaratish va ish holatida saqlash; Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish harakatlari rejalarini ishlab chiqish; Fuqaro muhofazasi xizmati va tuzilmalarini asbob uskunalar bilan jihozlash va to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash; Ishchi xodimlarni shaxsiy ximoya vositalari va umumiy muhofaza vositalaridan to‘g‘ri foydalanishga, favqulodda vaziyatlar vaqtida o‘zini muhofaza qilish usullariga o‘rgatish; ob’ektlarda taktik maxsuso‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarni vaqtida o‘tkazib turish; ob’ektning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida muxandislik-texnik tadbirlarini amalga oshirish. KXOning xavfsizligini va barqarorligini ta’minlashda muhandislik texnik tadbirlarning o‘rni katta hisoblanadi. Bularga: kommunal tizimlarga jo‘mrak, surma qopqoq, kran kabi o‘chirish asboblarini o‘rnatish va ish holatida saqlash; zaharli gazlar ishlatiladigan sexlarga gazanalizator, signalizatorlar kabi havo tarkibini nazorat qiluvchi asboblar o‘rnatish; zaharli gazlar ishlatiladigan sexlarning deraza va eshik oralig‘iga va ob’ekt territoriyasining zarur joylariga suv to‘siqlari o‘rnatish; KTEZM omborlarini yer ostiga qurish; gaz balonlar saqlanadigan omborlarda ventilyatsiya uskunalarini ish xolatida saqlash; panajoylarni doimo shay holatda saqlash; korxonada yong‘in xavfsizligi talablarini amalga oshirish; kimyoviy nazorat postlarini jihozlash va shay holatda saqlash.
    Kimyoviy xavfli ob’ektlarda xavfsizlik talablarining bajarilganligi faqat korxona ishchi xodimlarining salomatligini saqlashda emas, balki atrofdagi aholi xavfsizligini, atrof muxitni asrashda ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz lozim.


    Download 1.13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geologiya- qidiruv va kon metallurgiya

    Download 1.13 Mb.