• Qutqaruvchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat
  • Qutqaruv ishlarining turlari




    Download 1.13 Mb.
    bet6/11
    Sana26.05.2022
    Hajmi1.13 Mb.
    #21971
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Курс лойиха (2) (2)
    Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси, ХИЗМАТ ХАТИ 05.01.2022, 1 (2), ERDONOVA NILUFAR NAJIMOVNANING PSIXOLOGIYA NAZARIYASI TARIXI TEST, 001 TDTU Matiriyalshunoslik Sheraliyev Ulugbek MUSTAQIL ISHI, utilizatsiya-plastikovoy-tary-s-priusadebnyh-uchastkov, КМЧ прак, Mavzu Sut mahsulotlarini sifat ko`rsatgichlarini aniqlash usull, 3-amaliy mashg’ulot Akslantirish. Akslantirish, 4-laboratoriya ishi BJAT, Ingliz, 77-80 (1), 12 maruza servo pdf, 68-dars-Varistor
    Qutqaruv ishlarining turlari. Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tog‘-kon qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yong‘inlarni o‘chirish hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar kiradi.
    Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qutqaruv ishlarining turlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgartirilishi mumkin.
    Qutqaruvchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

    • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishda ishtirok etishga shay turishi;

    • o‘z jismoniy, maxsus, tibbiy, ruhiy tayyorgarligini hamda qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar qilish ko‘nikmalarini takomillashtirib borishi;

    • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha qutqaruv ishlarini olib borish texnologiyasiga qat’iy rioya etishi;

    • favqulodda vaziyatlar sharoitida jabrlanganlarni qidirishi, ularni qutqarish choralarini ko‘rishi, ularga birinchi tibbiy yordam va boshqa turdagi yordam ko‘rsatishi;

    • favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borish chog‘ida, qutqaruvchilar mazkur ishlarni olib borishda qaysi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tarkibida ishtirok etayotgan bo‘lsa, o‘sha qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni so‘zsiz bajarishi;

    • favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida fuqarolarga bexatar yurish-turish qoidalarini va favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda bajariladigan harakatlar tartibini tushuntirishi shart.

    Qonun hujjatlariga muvofiq qutqaruvchilar zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
    Qutqaruv va shoshilinch avariya-tiklash ishlariga quyidagilar kiradi: zaharlangan uchastkalarda va uyum joylarda qutqaruv kolonnasi uchun yo‘llar ochish elektr, gaz va boshqa tarmoqlarda avariya holatlarini tugatish qulab tushishi ehtimoli bo‘lgan qurilmalarni mustahkamlash va tiklash kiradi. Bunday ishlar uzluksiz kecha va kunduz, har qanday ob-havo sharoitlarida qisqa vaqt ichida bajarilishi kerak. Qutqaruv ishlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun razvedkani o‘z vaqtida tashkil etish kerak: bor kuch va qutqaruv vositalarini tezlik bilan ishga hozirlash, mahsus guruhlar, tizilmalar va aholining aktiv ishtirokini tashkil kilish zarur.
    Favqulotda hodisa yuz bergan zonalarda muhandislik razvedkasini o‘tkazish uchun favqulotdagi hodisalarni qisqa vaqtda bartaraf qilish uchun quyidagilarni aniqlash kerak:
    • vayronagarchilik chegaralarini;
    • o‘t yongan joylar va ularning chegaralarini;
    • komandirlarning zaharlangan zonaga borish qobiliyatlari va yo‘lning ahvoli;
    • pana joylarning joylashishi va holati;
    • kommunal hujalikdagi avariyalarning turlarini va joylarini;
    • qutqaruv va shoshilinch-tiklov ishlarini o‘tkazish ketma-ketligi;
    • texnikalarni remonti, zaharsizlantirish joylarini;
    • zaharlangan joylarning zaharlanish miqdori va turi.
    Razvedkani tezlik, hamjihatlik va hamkorlikda o‘tkazib turish kerak, chunki razvedka ma’lumotlariga asosan fuqaro mudofaasi kuchlari xabardor bo‘ladilar.
    Qutqaruv ishlarini tibbiy guruhlar yordamida biriktirilgan texnika bilan o‘tkaziladi. Bunda asosan odamlarni, chorva mollarni uylardan, buzilgan yoki bosib qolgan qurilmalar tagidan olib chiqib birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan holda ish olib boriladi. Mexanizatsiyalashgan guruh asosan quyidagi ishlarni qisqa vakt ichida bajarishi shart:
    - yo‘llarni tiklash va tuzatish;
    - o‘tish yo‘llarini, to‘siqlarni ochish;
    - pana joylarga kirib chiqish yo‘llarini kovlab olish;
    - xo‘jalikdagi kechiktirib bo‘lmaydigan avariyalarni oldini olish ishlarini bajarishi kerak.
    Bu ishlarni bajarguncha guruh komandiri texnika ishlarini kuchaytiradi, ya’ni 3-4 kishidan har bir texnikaga biriktiradi.



    Download 1.13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1.13 Mb.