|
Gidravlikaning qisqacha tarixi
|
bet | 2/9 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 97,23 Kb. | | #261869 |
Bog'liq GIDRAVLIKANING O’RGANISH SOHASI VA TARIXIGidravlikaning qisqacha tarixi.
Suv inson hayotida doimo katta rolь o’ynab kelgan. Inson paydo bo’libdiki, daryo va ko’llardan uzatish tarmoqlari sifatida, qadimda esa suvni har xil maqsadlar uchun ishlatishgan.
Bir necha ming yil avval O’rta Osiyo, Xitoy, Misr, Vavilon, Rim va Gretsiyada ancha katta bo’lgan gidrotexnik inshootlar qurishgan. Shu paytlarda katta-katta kemalar, ko’priklar qurishgan. Ularni qoldiqlari shu kungacha yetib kelgan.
Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi bilan dalalarni suv bilan sun’iy sug’orish ishlari kengaya bordi, suv ta’minoti hamda suvdan energiya manbalari sifatida foydalanila bordi. O’rta Osiyoda ming yillar oldin qurilgan injenerlik inshootlari shu kungacha yetib kelgan.
Masalan: Ashxoboddagi va Shohruddagi sug’orish inshootlari shular jumlasidandir.
Bizgacha yetib kelgan, gidravlikaga aloqador ilmiy ishlardan birinchisi Arximedning "Suzib yuruvchi jismlar haqida" asaridir. Suyuqlik qonunlarining ochilishi eramizning XVI - XVII asrlaridan boshlandi. Bularga Leonardo da Vinchining suyuqliklarning o’zandagi va Quvurdagi harakati, jismlarning suzib yurishi va boshqalarga bog’liq ishlari, S.Stivenning idish tubiga va devorlariga ta’sir qiluvchi bosim kuchi, G.Galileyning jismlarning suyuqlikdagi harakati va muvozanati haqidagi ishlari, Ye.Torichellining suyuqliklarning kichik teshikdan oqib ketishi, B.Paskalning bosimning suyuqlik orqali uzatilishi to’g’risidagi, I.Nьyutonning suyuqliklardagi ichki qarshiliklar qonuni boshqa ishlar kiradi. Keyinchalik suyuqliklarning muvozanat va harakat qonunlari ikki yo’nalish bo’yicha taraqqiy qila boshladi. Bulardan biri tajribalarga asoslangan gidravlika bo’lsa, ikkinchisi nazariy mexanikaning mustaqil bo’limi sifatida taraqqiy qila boshlagan nazariy gidromexanika edi.
Nazariy gidromexanika aniq matematikaga asoslangan bo’lib, suyuqlik qonunlarini differentsial tenglamalar bilan ifodalash va ularni yechishga asoslanadi. Bu nazariy bilimlarning taraqqiy qilishiga XVII-XVIII asrlarda yashagan buyuk matematik mexanik olimlar L.Eyler, D.Bernulli, M.Lomonosov, Lagranjlarning ilmiy asarlari asos bo’ldi.
XVIII-XIX asrlarda SHezi, Darsh, Bussinesk, Veysbax va boshqa olimlarning ishlari hozirgi zamonda gidravlika deb ataluvchi amaliy fanning asosi bo’ldi.
Gidravlikanning taraqqiyotida rus olimlarining ham muhim hissasi bor. Ulardan Bernulli, L.Eyler, Rossiyada yashab ijod etganlar. N.P.Petrovning gidrodinamik sirpanish nazariyasi, N.E.Jukovskiyning gidromexanikadagi muhim ishlari va Quvurlardagi zarba nazariyasi, V.G.Shuxovning neft quvurlarini hisoblash bo’yicha ishlari, A.N.Krilovning kemalar nazariyasi, N.N.Pavlovskiyning suyuqliklarning filtratsiya nazariyasi, L.S. Leybenzonning yer osti gidromexanikasi va boshqa ishlari dunyo faniga qo’shgan buyuk hissa bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi zamon sanoati va texnikasida o’zbek olimi X.A.Raxmatulin asos solgan ko’p fazali muhitlar gidromexanikasi muhim ahamiyatga ega.
Insoniyat tarixida suyuqlik harakatini mexanik harakatga aylantirib beruvchi birinchi qurilma charxpalak bo’lib, uning O’rta Osiyo, Xindiston, Xitoy va Misrda bundan 3000 yillar avval sug’orish ishlarida va tegirmonlarda qo’llanganligi ma’lum. Birinchi nasos-porshenli nasos bo’lib, inson yoki xayvon kuchi bilan harakatga keltirilgan. Bu mashinalar Rossiyada qadimdan ma’lum edi. M.V.Lomonosov o’z asarlarida chuqur shaxtalardan suvni tortib olishda foydalanish maqsadida nasoslarning tuzilishi va konstruktsiyalarini keltirgan. U bir qancha qurilmalarni charxpalak yordamida harakatga keltirish usullari ustida ishladi va amalga joriy etdi.
Keyinchalik (1765 y.) I.I. Polzunov tomonidan kashf qilingan bug’ mashinasi porshenli nasoslarni harakatga keltirish uchun keng qo’llanila boshlandi. L.Eyler (1707-1783yy.) o’zining mashhur parrakli gidromashinalar nazariyasini yaratdi va parrakli gidromashinalarning ishini xarakterlovchi muhim munosabatlarni hosil qildi. Bu munosabatlar, 1835 y. A.A.Sablukov markazdan qochma nasosni kashf etgandan keyin, gidravlik trubinalar va markazdan qochma nasoslarni loyihalashda qo’llanila boshladi.
V.G.Shuxov neftni chuqur quduqlardan chiqarib olish uchun porshenli nasoslarning bir qancha konstruktsiyalarini ishlab chiqdi. N.E.Jukovskiy va S.A.CHapliginlar qanotlarning suyuqlikdagi harakati nazariyasini yaratidilar. Bu nazariya keyinchalik parraklarni va yo’naltiruvchi qurilmalarni loyihalashda asos bo’lib xizmat qildi, turbina va nasoslar tuzilishidagi muhim taraqqiyotlarga yo’l ochib berdi. I.I.Kukolevskiyning dinamik o’xshashlik qonunlarini markazdan qochma nasoslarni loyihalashda qo’llashi nasoslar qurilishi bo’yicha laboratoriya tajribalarini ilmiy asosga qo’ydi.
Gidromashinalar kabi gidrouzatmalarning ham ayrim qismlari qadim zamonlardan beri qo’llanilib kelingan, lekin ularning hozirgi zamon tushunchasida (ya’ni bir necha qurilmalar kompleksda) qo’llanishi yaqin vaqtlarda boshlandi.1888 yil Rossiyada metallurgiya zavodi injenerlari gidrouzatmalardan foydalanganliklari ma’lum. 1907 yildan boshlab dengiz flotida gidrouzatmalar (gidrotransformator va gidromuftalar) qo’llanila boshladi.
|
| |