|
Suyuqliklarning fizik xossalari
|
bet | 5/9 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 97,23 Kb. | | #261869 |
Bog'liq GIDRAVLIKANING O’RGANISH SOHASI VA TARIXISuyuqliklarning fizik xossalari.
1. Solishtirma og’irlik. Hajm birligidagi modda og’irligi suyuqliklarning solishtirma og’irligi deb ataladi va grekcha harfi bilan belgilanadi.
(1.3)
Bu yerda V – suyuqlik hajmi (birligi m3), G – og’irligi (birligi N). Solishtirma og’irlikning o’lchov birligi SI sistemasida:
texnik sistemasida esa bo’lib, ular o’zaro qo’yidagicha bog’langan:
Solishtirma og’irlik hajmi ariometr bilan o’lchanadi. Solishtirma og’irlik bosimga va temperaturaga bog’liq bo’lib, ular o’rtasidagi munosabat ideal gazlar uchun quyidagi formula bilan ifodalanadi.
(1.4)
bu yerda: P - bosim absolyut temperatura, R — gaz doimiysi
(Rhavo=287 Rmetan=518 )
Suyuqlik solishtirma og’irligining 40S dagi suvning solishtirma og’irligiga nisbati uning nisbiy solishtirma og’irligi bo’ladi.
2. Solishtirma hajm. Suyuqlikning og’irlik birligiga to’g’ri kelgan hajmi suyuqliklarning solishtirma hajmi deyiladi va hajmni og’irlikka bo’lish yo’li bilan aniqlanadi:
(1.5)
va (1.3) formulalardan ko’rinib turibdiki,
yoki
Solishtirma hajmning o’lchov birligi SI sistemasida:
Solishtirma hajm ham solishtirma og’irlik kabi bosim va haroratga bog’liq:
(1.6)
3. Zichlik. Suyuqlikning hajm birligiga to’g’ri kelgan tinch holatdagi massasi suyuqlikning zichligi deyiladi.
(1.7)
bunda M — suyuqlikning massasi (birligi )
Zichlikning o’lchov birligi quyidagicha aniqlanadi:
Zichlik haroratga bog’liq bo’lib, odatda, harorat ortishi bilan kamayadi.
Zichlik bilan solishtirma og’irlik o’zaro quyidagicha bog’langan
(1.8)
4. Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Zichlik issiqlik o’zgarishi bilan o’zgarib boradi. Demak, issiqlik o’zgarishi bilan hajm ham o’zgaradi. Suyuqliklarning bu xususiyatlaridan gidravlik mashinalarni hisoblashda va turli masalalarni hal etishda foydalaniladi.
Suyuqliklarning hajmiy kengayishini ifodalash uchun hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti degan tushuncha kiritiladi va u t bilan belgilanadi. Birlik hajmdagi suyuqlikning temperaturasi 10S ga oshgandagi kengaygan miqdoriga uning hajmiy kengayish temperatura koeffitsiyenti deyiladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi.
(1.9)
bunda ∆V =V — Vc qizdirilgandan keyingi va boshlang’ich hajmlar far-qi; ∆t = t – t0 - temperaturalar farqi;
βt juda kichik miqdor bo’lib, u suv uchun t = 20°S da βt = 2∙10-4 mineral moylar uchun βt = 7∙10-4 ∙1/grad; simob uchun βt =18∙10 -5∙1/grad.
5. Suyuqliklarning siqilishi. Texnikada va tabiatda bosim juda katta bo’lgan xollar uchraydi. Bunda suyuqliklarning umumiy hajmi katta bo’lsa, hajmning o’zgarishi sezilarli miqdorga ega bo’ladi va u hisobga olinadi.
Suyuqliklarning siqilishini hisoblashda hajmiy siqilish koeffitsiyenti degan tushuncha kiritiladi va u p bilan belgilanadi. Bosimni bir birlikka oshirganda suyuqlikning hajm birligida kamaygan miqdori hajmiy siqilish koeffitsiyenti deyiladi va u quyidagi formula bilan hisoblanadi.
(1.10)
bunda ∆p=p - p0 - o’zgargan va boshlang’ich bosimlar farqi; βr ham βt kabi juda kichik miqdor bo’lib, suv uchun t= 20° S da βr = 4,9∙10-4 m2/MN (MN – meganьyuton =106 N≈10at),mineral moylar uchun βr = 6∙10-4m2/MN; Shuning uchun ko’p hollarda siqilishni hisobga olinmaydi.
|
| |