|
Suyuqlikda ichki ishqalanish haqida Nyuton gipotezasi
|
bet | 6/9 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 97,23 Kb. | | #261869 |
Bog'liq GIDRAVLIKANING O’RGANISH SOHASI VA TARIXISuyuqlikda ichki ishqalanish haqida Nyuton gipotezasi.
Suyuqlikni yuzasi katta bo’lgan idishga solib, uning yuziga biror plastinka qo’ysak va bir plastinkani ma’lum bir kuch bilan torta boshlasak, suyuqlik zarrachalari plastinka sirtiga yopishishi natijasida harakatga keladi (1.2-rasm).
Agar plastinkaning F kuch ta’sirida olgan tezligi U bo’lsa, u bilan yonma-yon turgan zarrachalar ham U tezlikka ega bo’ladi.
1 .2-rasm. qovushoqlik tushunchasiga doir chizma
Suyuqlikning qalinligi bo’yicha bir qancha yupqa qatlamlar bor deb faraz qilsak, u plastinkadan pastki devorga tomon kamayib boradi. Harakat ixtiyoriy qatlamda uning ustida joylashgan boshqa qatlam zarrachalari orqali beriladi. Bu harakat suyuqlik qatlamlarining deformatsiyalanishiga olib keladi.
Agar suyuqlik ichida pastki sirti idishning asosidan u1 masofada, ustki sirti esa u2 masofada bo’lgan suyuqlik qatlamini ko’z oldimizga keltirsak, yuqoridagi muloxazalarga asosan uning pastki sirtida tezlik u1, yuqori sirtida esa u2 bo’ladi.
Shunday qilib, olingan qatlamning qalinligi ∆u=u2 - u1 bo’yicha suyuqlik tezligi miqdorga o’zgaradi ya’ni qatlamning yuqorigi sirti pastki sirtiga nisbatan siljiydi va qatlam 1.2-rasmdagi shaklda ko’rsatilgandek deformatsiyalanadi. Siljish burchagini deb belgilasak, siljish kattaligi bo’ladi. qatlam qalinligini cheksiz kichraytirib, differentsial belgilashga o’tsak, u holda yuqoridagi nisbat tezlik gradienti ni beradi.
Suyuqlik sirtidagi plastinkaga qo’yilgan kuch qancha katta bo’lsa, siljish shuncha ko’p bo’ladi. Bu esa qo’yilgan kuch bilan tezlik gradienti orasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Shunday qilib, suyuqliklardagi ichki ishqalanish kuchi tezlik gradientiga bog’liq.
1686 yili I.Nьyuton ana shu bog’lanishni chiziqli bog’lanishdan iborat degan gipotezani oldinga surdi. Bu gipotezaga asosan, suyuqlikning ikki harakatlanuvchi qatlamlari orasidagi ishqalanish kuchi F qatlamlarning tegib turgan sirti S va tezlik gradienti ga proportsional, ya’ni
(1.11)
Proportsionallik koeffitsiyenti µ dinamik qovushqoqlik deb ataladi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun ishqalanish kuchining birlik yuzaga to’g’ri kelgan kattaligi yoki ishqalanish kuchidan hosil bo’lgan urinma zo’riqish deb atalgan kattalikka o’tish zarur bo’ladi. Bu kattalik grekcha harfi bilan belgilanadi.
(1.12)
bunda musbat va manfiy ishora tezlik gradienti yo’nalishiga qarab tanlanadi.
|
| |