Ideal va real suyuqlik modellari.
Suyuqliklarning harakati tekshirilganda, odatda hamma kuchlarni hisobga olib bo’lmagani uchun, ularning suyuqlik muvozanati yoki harakati holatiga ta’siri katta bo’lganlarini saqlab qolib, ta’siri kichiklarini tashlab yuboramiz. Shu usul bilan suyuqliklar uchun ideal va real suyuqliklar modeli tuziladi. Bunday soddalashtirishlar esa suyuqliklarning fizik xossalariga chegara qo’yadi va bu suyuqliklar ideal suyuqliklar deyiladi. Ideal suyuqliklar absolyut siqilmaydigan, issiqlikdan hajmi o’zgarmaydigan, cho’zuvchi va siljituvchi kuchlarga qarshilik ko’rsatmaydigan absolyut tushunchadagi suyuqliklardir.
Real suyuqliklarda esa yuqorida aytilgan xossalar mavjud bo’lib, odatda siqilishi, issiqlikdan kengayishi va hajm o’zgarishi juda kichik miqdorga ega. Shuning uchun bu soddalashtirishlar hisoblashda unchalik ko’p xato bermaydi. Ideal suyuqliklarning real suyuqliklardan katta farq qilishga olib keladigan asosiy sabab bu-siljituvchi kuchga qarshilik ko’rsatish xossasi, ya’ni ichki ishqalanish kuchi bo’lib, uning bu xususiyatini qovushoqlik degan tushuncha orqali ifodalanadi. Shunga asosan ideal suyuqliklarni noqovushoq (nevyazkiy), real suyuqliklarni esa qovushoq suyuqlik deyiladi.
Ideal gaz va uning asosiy qonunlari (Boyl-Mariott, Gey-Lyussak qonunlari)
Molyar-kinetik nazariyada gazlar ideallashgan holda-ideal gaz ko’rinishida qaraladi. Gazlarda ularni tashkil qiluvchi molekulalar orasida o’zaro taranglik kuchi yo’q bo’lsa, unday gazlar ideal gaz deyiladi. Mavjud gazlar uncha past bo’lmagan harorat va keraklicha kichik bosimda o’z xususiyatlariga ko’ra ideal gazga juda yaqindir. Masalan, geliy gazi uy haroratida va atmosfera bosimida ideal gaz qonunlariga taqriban to’liq bo’ysunadi.
Izotermik jarayonda ideal gaz Boyl-Mariott qonuniga bo’ysunadi: gazni berilgan massasi uchun o’zgarmas harorat uchun gaz hajmini bosimiga ko’paytmasi o’zgarmasdir.
Ideal gaz i z o b a r a jarayonida Gey-Lyussak qonuniga bo’ysunadi: o’zgarmas bosimda berilgan gaz massasining hajmi uning termodinamik haroratiga to’g’ri proportsionaldir; ya’ni
V = V0 ( 1 = v t) yoki
Bu yerda: V0 - ideal gazni T0 = 273,16 K haroratdagi hajmi.
-hajmiy kengayishni termik koeffitsiyenti, bu hamma ideal gazlar uchun o’zgarmasdir .
|