Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar




Download 97,23 Kb.
bet4/9
Sana09.06.2024
Hajmi97,23 Kb.
#261869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GIDRAVLIKANING O’RGANISH SOHASI VA TARIXI

Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar.

Odatda suyuqlikka ikki turdagi tashqi kuchlar: sirtqi va massali kuchlar ta’sir qiladi. Masalan, sirtli kuchdan bosim kuchi bo’lib, u suyuqlik hajmi sirtiga qo’yilgan va shu yuzaga proportsionaldir. Massali kuchlar suyuqlikni tashkil qiluvchi har bir zarracha massasiga proportsionaldir. Bu kuchlar qatoriga og’irlik, inertsiya va shunga o’xshaganlar kiradi.


Suyuqlik tinch holatda bo’lganda, unda qovushqoqlik kuchi bo’lmaydi. Shu sabali bu holda suyuqlik ideal suyuqlik xususiyatlariga ega bo’ladi va gidrostatika masalalari ideal suyuqlik deb qarab olingan yechimlari katta aniqlikda bo’ladi. Tinch holatdagi suyuqlik ichida paydo bo’lgan siquvchi kuchlanish gidrostatik bosim yoki gidrostatik bosim kuchlanishi deb ataladi.
Endi gidrostatik bosim tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan asosiy qoidalarni o’rganamiz. Bu uchun muvozanatda turgan qanaqadir hajmdagi suyuq jism olamiz. (1.1-rasm)
Olingan hajmdagi suyuqlikni VS tekislik bilan ikki qismga bo’lamiz. Shu bo’lingan birinchi I qism VS bo’luvchi tekislik orqali II-qismga ta’sir qiladi. Bo’luvchi tekislik yuzasini S deb belgilaymiz. Fikran birinchi qismni tashlab yuboramiz. qolgan II-qism muvozanatda bo’lishi uchun tashlab yuborilgan I-qism o’rnini gidrostatik bosim kuchi deb ataluvchi va shu S yuzaga ta’sir qiluvchi P kuch bilan almashtiramiz.
Qaralayotgan S yuzaga ta’sir qiluvchi R kuch gidrostatik bosim kuchi yoki qisqacha gidrostatik kuch deyiladi. R kuch II-qismga nisbatan tashqi kuch, butun hajmga nisbatan esa ichki kuch hisoblanadi. R kuchning S yuzaga nisbati bu yuzaning birlik miqdoriga ta’sir qiluvchi kuchni beradi va o’rtacha gidrostatik bosim deb ataladi: (1.1)
Agar S yuzani kichraytirib borib, nuqtaga intiltirsak (S 0), Ro’r biror chegaraviy qiymatga intiladi.




1.1-rasm. Suyuqliklarda bosim tushunchasiga doir chizma.
(1.2)

Bu qiymat A nuqtaga ta’sir qilayotgan bosimni beradi va u gidrostatik bosim deb ataladi. Umumiy holda gidrostatik bosim R bilan o’rtacha gidrostatik bosim Ro’rt teng emas. Gidrostatik bosim ( ) bilan o’lchanadi.




Download 97,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 97,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar

Download 97,23 Kb.