• E’tiboringiz uchun Rahmat
  • Gidrotexnika qurilishi (suv xo`jaligi) fakulteti Sirtqi 227-guruh




    Download 8,34 Mb.
    bet4/4
    Sana13.05.2024
    Hajmi8,34 Mb.
    #229593
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Hakimov Azizbek

    \

    • \

    Kimyogarlar — Samarqand viloyatidagi shaharcha (1952-yildan). Samarqand shahar hokimiyatiga boʻysunadi. Transport yoʻli stansiyasi (Superfosfat). Samarqand shahrigacha 12 km. Aholisi 15 mimg kishidan ziyod (2005). K.da kimyo, keramzit, asfalt zavodlari, sanoat burgʻilash korxonasi, tamaki fermentatsiyalash hamda sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan "Samarqand—Aleks" Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma korxonasi mavjud. Shuningdek, gemir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish korxonasi, gaz taʼminoti avtokorxonasi, avtomobil taʼmirlash ustaxonalari faoliyat koʻrsatadi. Sav-do, madaniy va maishiy xizmat koʻrsa-tish shoxobchalari, bozor bor. 2 umumiy taʼlim, internat maktabi, bolalar musiqa maktabi, Bogʻishamol kasb-hunar maktabi, respublika qarbiy litseyi mavjud. Kutubxona, "Kimyogarlar saroyi", madaniyat uyi, stadion, sport zali bor. Kasalxona-poliklini-kalardan tashkil topgan shahar tibbiyot birlashmasi, viloyat ruhiy kasalliklar markazi aholiga xizmat koʻrsatadi.
    O`zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda o`z hissasini qo`shgan , o`z maktabini yaratgan , dunyo tanigan olimlarimiz juda ko`p. Davlatimiz ilm fanining o`chog`I M Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti o`zbek kimyogar olimlarini etishtirgan ilm maskanidir.
    O`zbek kimyogar olimlaridan Sobir Yunusovich Yunusov - 1935 yilda O`rta Osiyo Davlat universiteti kimyo maktabining asoschisi.
    1955 yildan boshlab halqaro kongreslarda (Shvetsariya , Fransiya , Angliya , Hindiston va boshq) alkaloid va o`simlik moddalari yuzasidan ilmiy dokladlari bilan qatnashashgan. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq o`simlik tadqiq qilinib , 245 alkaloidlarning tuzilishi isbotlandi. Sitazin , galantamin , papaverin , protonin kabi dori moddalar tibbiyotda keng qo`llanilmoqda. Handam Usmonovich Usmonov - akademik , kimyo fanlari doktori , ilmiy ishlari selyuloza kimyosi va fizikasi , , pazta tolasi , linti , paxta qoldiqlari va ftor polimerlarga bag`ishlangan , u boshchiligidagi olib borilgan ishlar ishlab chiqarishga joriy etilgan . Shukur Tolipovich Tolipov - kimyo fanlari doktori , akademik . Ftor birikmalarining kimyoviy analizda qo`llanilishi bo`yicha ilmiy ishlar olib borilgan.
    Obid Sodiqovich Sodiqov - organic , bioorganic va tabiiy birikmalar sohasidagi olim , akademik , tabiiy birikmalar kimyosi sohasida o`z maktabini yaratgan alloma.
    Respublikamizda qator viloyarlardagi xom ashyo imloniyatlari ( potensiallari) kimyo sanoatini rivojlantirish , xalq xo`jaligi , qishloq xo`jaligi va tibbiyot sohasida katta talabga va ehtiyojga ega bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga imkoniyat beradi . Qashqadaryo viloyatidagi Muborak gazni qayta ishlash zavodi , Sho`rtan gaz “ Kimyo” majmui , Navoi – “ Azot” kombinati , Toshkent viloyatidagi Olmaliq “ Mineral o`g`itlar” kimyo zavodi , rudadan rangli metallar ajratb olish kimyo zavodlari , Chirchiq “Elektrokimyo” kopmbinati , Buxoro , Samarqand , farg`ona viloyatlardagi mavjud yirik kimyo komplekslari O`zbekiston iqtisodiyotida to`la mustaqillikka erishish borasida bizning faxrimiz hisoblanadi.
    O`zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , chiqindisiz ishlaydigan , ekologik jihatdan xavfsiz ilg`or chet el texnologiyalarni o`zimizda yaratish , sanoat mahsulotlarining sifatini oshirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish muammolari , albatta , kimyo fani erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan bog`liqdir. XXI asr bo`sag`asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammosi bo`lib qolyapti.
    O`zbekiston respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “ O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida : xafsizlikka tahdid , barqarorlik va taraqiyot kafolatlari “ nomli asarida shunday deyilgan : “ Ekalogik muammo – Er yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir “ .
    Bugungi kunda 1 milliard atonnadan ortiq ishlab chiqarish va maishiy - xo`jalik chiqindilari yig`ilib qolgan . Masalan , faqat Olmaliq va Samarqanddagi kimyo zavodlari 60 million tonnadan ortiq “ fosforogips” chiqindisi yig`ilgan. Respublikamizda har yili 30 million tonna maiyshiy communal chiqindilari , chorvachilik kompleksida 20 million tonnage yaqin chiqindilar vujudga keladi. Ayni vaqtda turli chiqindilardan xalq xo`jaligi uchun foydali bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarish , chuqindilarni zararsizlantirish to`g`risida olimlarimiz tomonidan berilayotgan takliflar va konkret qadamlar juda kam.
    O‘zbekiston hududida yashab o‘tgan buyuk allomalarning kimyo sohasiga qo‘shgan hissalari O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo hududida ijod etgan buyuk allomalar orasida dunyoga tanilgan olimlardan buxorolik Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasida ko‘p ishlari bilan mashhurdir. Uning fikricha, kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor maddalar yaratishga xizmat qilishi kerak. Abu Ali al- Husayn ibn Abdulloh ibn al Hasan ibn Ali (980 yil Afshona qishlog‘i - 1037 yil Hamadon shahri Eron) 450 dan ortiq asar yozgan. Ulardan 80 8 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo‘lib, qolganlari mantiq, psixologiya, tibbiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilashunoslikka asoslangan. Ibn Sino fikricha, avval tog‘ - u toshlar, so‘ng o‘simlik, hayvonot taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan.
    • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. A.Axmedov umumiy va noorganik Kimyo
    • 2. A.Axmedov umumiy Kimyo
    • 3. A.Axmedov Kimyoviy ekologiya
    • 4. Xamchinkov Kimyo
    • 5. Mirrahimova Kimyo
    • 6. Fayzullayeva Organik Kimyo

    E’tiboringiz uchun Rahmat


    Download 8,34 Mb.
    1   2   3   4




    Download 8,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidrotexnika qurilishi (suv xo`jaligi) fakulteti Sirtqi 227-guruh

    Download 8,34 Mb.