• Fizik va kimyoviy xossalari
  • 2.4. Glitsin asosida sintez qilingan mahsulotlarning fizik- kimyoviy xossalarini o’rganish
  • Glitsin. I. Kirish II. Asosiy qism




    Download 2.94 Mb.
    bet8/10
    Sana18.10.2022
    Hajmi2.94 Mb.
    #27454
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Glitsin
    1, arifmetik (1)
    Biologik ahamiyati:
    Glitsin ko’plab aminokislotalar va biologik faol brikmalar tarkibiga kiradi. Glitsin tirik hujayralarning qurilish asosini tashkil qiladi.Bundan tashqari glitsin neyromediator xossani namoyon qiladigan aminokislota hisoblanadi. Bosh miya va orqa miyada ko’plab glitsin retseptorlari joylashgan. Glitsin tormozlangan neyronlarni qo’zg’atuvchi aminokislota hisoblanadi. Farmakologik preparatlar ishlab chiqarishda glitsin muhim ahamiyat kasb etadi. Glitsin asosida ishlab chiqarilgan preparatlar tibbiyotda antideprisant va psixotrop vosita sifatida ishlatiladi. Glitsin asosida kayfiyatni ko’taruvchi preparatlar sintez qilinadi.
    α- Alanin - ( 2- aminopropan kislota) alifatik aminokislotalar qatoriga kiradi. α- Alanin ko’plab oqsillar tarkibiga kiradi, β- alanin esa bir qancha biologik faol brikmalar tarkibiga kiradi. Alanin jigarda osonlik bilan glyukozaga aylanadi yoki glyukozadan osongina hosil bo’ladi. Bu jarayon glyukoza – alanin aylanishi yoki jigardagi glyukoneogenez deyiladi. L Alanin peptidlar sintezida, uning boshqa aminokislotalar bilan aralshmasi esa tibbiyotda kasallarning ovqatiga qo’shish uchun ishlatiladi.
    Fizik va kimyoviy xossalari
    Alanin ham xuddi glitsin kabi oq rangli kristall modda. Uning asosiy fizik xossalaridan biri optik izomerlarining mavjudligidir:

    Bunda L va D harflari aminokislotaning L- yoki D- nisbiyoptik izomerlar qatoriga mansubligini, (+) va (-) ishoralar esa qutblangan nur teksligining burilish yo’nalishini ko’rsatadi. Kimyoviy xossalari esa barcha aminokislotalar bilan bir xil va farqli reaksiyalar yo’q. Yuqorida yozilgan barcha reaksiyalarga kirishadi.
    Reaksiya mexanizmi ham yuqoridagi reaksiyalar bilan bir xil.
    2.4. Glitsin asosida sintez qilingan mahsulotlarning fizik- kimyoviy xossalarini o’rganish
    Olingan uchta mahsulotning fizik ko’rsatgichlarini aniqladim. Eng birinchi suyuqlanish haroratini aniqladim. Suyuqlanish haroratini aniqlashda ektrogen usuldan foydalandim. Suyuqlanish haroratini aniqlash tajribasini ham uch marotaba amalga oshirdim va o’rtachasini oldim. 1- mahsulotning suyuqlanish harorati 162 oC ni tashkil qildi. 2- mahsulotning suyuqlanish harorati 163 oC ni tashkil qildi.3- mahsulotning suyuqlanish harorati 162 oC ni tashkil qildi.
    Shundan keyin olingan mahsulotning eruvchanligini tekshirib ko’rdim va quyidagi natijalarni aniqladim:
    1 : 1 nisbatda olingan mahsulot distillangan suvda xona haroratining o’zidayoq erib ketdi. Benzolda xona haroratida erimadi, qizdirilganda ham erimadi. Etilbromid erituvchisida xona haroratida erimadi, qizdirilganda esa erib ketdi.
    Dimetilformamidda xona haroratida eridi. Dioksanda umuman erimadi.
    1 : 1,5 nisbatda olingan mahsulot distillangan suvda xona haroratining o’zidayoq erib ketdi. Benzolda xona haroratida erimadi, qizdirilganda ham erimadi. Etilbromid erituvchisida xona haroratida erimadi, qizdirilganda esa sekinlik bilan erib ketdi. Dimetilformamidda xona haroratida eridi. Dioksanda umuman erimadi. 1 : 2 nisbatda olingan mahsulot distillangan suvda xona haroratining o’zidayoq erib ketdi. Benzolda xona haroratida erimadi, qizdirilganda ham erimadi. Etilbromid erituvchisida xona haroratida erimadi, qizdirilganda esa asta sekinlik bilan erib ketdi. Dimetilformamidda xona haroratida eridi. Dioksanda umuman erimadi. Olingan natijalarning o’zaro o’xshashligi va moddalarning rangi bir xilligidan ularning barchasi bitta modda degan xulosaga keldim. Har uchala mahsulotga atseton qo’shganimda , mahsulotlar ikki qismga ajraldi. Och sariq rangli eritma qismi va oq rangli erimagan qismga ajraldi. Hosil bo’lgan eritma va rangsiz cho’kmani o’rganib chiqish uchun. Hosil bo’lgan eritmalarni filtrlab ajratib oldim. Cho’kmani esa quritishga qo’ydim. Cho’kmaning suyuqlanish haroratini aniqladim. Cho’kma 187 oC da suyuqlandi. Eritmani erituvchisi uchuvchan bo’lganligi uchun uni bug’latib och sariq rangli oligomerga o’xshash moddani ajratib oldim. Uning ham suyuqlanish haroratini aniqladim. Oxirgi och sariq rangli mahsulot 144 oC da suyuqlandi. Moddalarning tuzilishini aniqlash maqsadida moddalarning infraqizil spektrlarini oldim. 4,5,6,7,8- rasmlarda olingan spektrlar keltrilgan. 4- rasmda tiomochevinaning IQ spektri, 5- rasmda esa glitsinning infraqizil spektri, 6- rasmda dastlabki mahsulotning IQ spektri,7- rasmda atsetonda erimay qolgan cho’kmaning IQ spektri va 8- rasmda atsetonda eritib olingan och sariq rangli mahsulotning IQ spektri keltrilgan:



    Download 2.94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2.94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Glitsin. I. Kirish II. Asosiy qism

    Download 2.94 Mb.