Glitsin hosilalarining olinishi va xossalari




Download 2.94 Mb.
bet9/10
Sana18.10.2022
Hajmi2.94 Mb.
#27454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Glitsin
1, arifmetik (1)
2.5. Glitsin hosilalarining olinishi va xossalari
N-(4-gidroksibenzoil) glitsin va N-(4-asetoksibenzoil)glitsin va ularning kaliyli, litiyli va natriyli tuzlari olingan. Kaliyli, natriyli, litiyli tuzlarining olinishi amid natriyning etilati yoki fenolyati bilan, kaliy va litiyning gidroksidi bilan benzol erituvchili muhitda ta’sirlashtiriladi. Olingan mahsulotlarning tuzilishi IQ va PMR spektroskopiya usuli bilan o‘rganilgan. Sintez qilingan tuzlarning psixotrop faolligi va toksik xossalari o‘rganilgan. N-(4-atsetoksibenzoil)glitsinat litiy yuqoriroq faollikkaega ekanligi va uni psixotrop xossani namoyon qilishikuzatilgan. Glitsin (aminosirka kislota) aqliy faoliyatni va psixoemotsional holatini yaxshilovchi vosita hisoblanadi. N-(4- gidroksibenzoil) glitsin va uning hosilalari saraton kasalliklarini davolovchi va yangi turdagi insektitsidlar sintez qilish uchun yuqori sifatli moddalar hisoblanadi.
N-(4- gidroksibenzoil) glitsin bilan PHM (Pepdidyl α- hydroxylating monooxygenase) fermenti bilan spetsifik bog’lanishi natijasida hosil qilgan hosilasi ayrim sutemizuvchi va hasharotlardagi oqsil biosintezida muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan. 4- gidroksibenzoy kislotasining ko’pchilik birikmalari yallig’lanishga qarshi vositalar hisoblanadi. N-(4- gidroksibenzoil) glitsin dastlab4- gidroksibenzoy kislota xlorangidridiga glitsin ta’sir ettirish orqali olingan. Bunda qo’shimcha mahsulot sifatida xlorid kislota hosil bo’lgan.Natijada xlorid kislotadan tozlash uchun o’yuvchi natriy bilan ishlov berilgan. Hozirgi kunda N-(4- gidroksibenzoil) glitsin olishning optimal usuli topilgan va bu usulda mahsulotning chiqish unumi yuqori hisoblanadi. Buning uchun 4- gidroksi benzoy kislotasi glitsin bilan to’g’ridan – to’g’ri ta’sirlashtiriladi. Bunda reaksion muhitga qarab mahsulotning chiqish unumi ham turlicha bo’ladi.
N-(4- gidroksibenzoil) glitsinning turli sharoitda hosil bo’lish unumi

Izoh. Sharoit: (А) NaOH, H2O; (B) NaОН, H2O:DMFA = 1:3.
N- (4- gidroksibenzoil) glitsin va N- (4- asetoksibenzoil) glitsinning farmakologik faol va suvda eriydigan tuzlari olingan. Bunda ularning kaliyli, natriyli va litiyli tuzlari olingan. Buning uchun amidnatriyning etilati yoki fenolyati bilan, kaliy va litiyning gidroksidi bilan benzol erituvchili muhitda ta’sirlashtiriladi.
N- (4- gidroksibenzoil) glitsin tuzlari va uning atsillangan hosilasi


Organizmdagi moddalar almashinuvi, bosh miyaning hayajonlanish va tormozlanish funksiyalariga, asab sistemasiga va intelektual qobiliyatiga ta’sir etuvchi biologik faol moddalar sintezida ham glitsin asosiy rol o’ynaydi. Hozirgi kunda farmatsevtika va tibbiyot sohalarida organizmdagi moddalar almashinuvi, bosh miyaning hayajonlanish va tormozlanish funksiyalariga, asab sistemasiga va intelektual qobiliyatiga ta’sir etuvchi biologik faol moddalarning yangilarini sintez qilishga katta e’tibor qaratilgan. Biologik faol dori – darmonlarga asosan glitsin, B6 gurux vitaminlari va ularning farmatsevtik preparatlari, tuzlari va tabletkalari kiradi. Ushbu moddalar asosida olingan preparatlar terapiya va profilaktikada, psixonevrologik kasalliklarda, organizmning fiziologik va nerv sistemasining kasalliklarida, patalogik kasalliklarda keng qo’llaniladi.
Glitsin asosida faol moddalar qatorini sintez qilish ustida ham turli ishlar amalga oshirilgan.Aminokislotalar asosida qisman faol brikmalar sinteziga doir bir qancha tajribalar olib borilgan. Masalan glitsin va glitsilglin bilan lauroilxloridning kondensatsiya reaksiyasi mahsuloti. Reaksiya natijasida olingan mahsulotning IQ spektroskopiya usuli bilan tuzilishi o’rganilgan. Olingan mahsulotlarning faolliklari o’rganilgan va ularning suvda eruvchan lauroilglitsinat natriy va lauroilglitsilglinat natriy tuzlari olingan[28, 29]. Glitsin aminokislotasining suvli eritmasining IQ spektrini kvanto – kimyoviy hisob kitobi qilingan. Glitsinning suvli eritmasidagi sivitter ion, kation va anion formalarining IQ spektrlari Gaussian03 programmasida 6-31G+(d) bazasidagi MP2 metodi yordamida kvanto– kimyoviy tahlil qilingan. Buning natijasida glitsinning solvatlanish modeli yaratilgan.Mochevinaning suvli eritmasida glitsinning gidratlanish darajasi.
Mochevinaning suvli eritmasida 298 K haroratda glitsinning parsial, molyar hajmi haqida adabiyotlarda ko’rsatib o’tilgan. Tajribalar natijasida suvdagiga nisbatan mochevinaning suvli eritmasida glitsinning gidratlanishi ikki marotaba yuqori bo’lishi aniqlangan. (2RS)- 2,5,7,8- tetrametil – 2- [(4RS,8RS)- 4,8,12- trimetil tridetsil]- xroman- 6-il- N- [3- oksolup- 20(29) – en- 28- oil]- glitsinat olish usuli.

Biologik jihatdan aktiv bo’lgan moddalar sintezini amalga oshirishga katta e’tibor qaratilgan. Shulardan (2RS)- 2,5,7,8- tetrametil – 2- [(4RS,8RS)- 4,8,12- trimetil tridetsil]- xroman- 6-il- N- [3- oksolup- 20(29) – en- 28- oil]- glitsinat (1) gibrid molekulasini sintez qilish uchun d,l,α- tokoferol (vitamin E)(2) kombinatsiyasi va betulon kislotasi (3) glitsin qoldig’i ko’rigi orqali bog’lanishidan hosil bo’ladi. α- tokoferol va betulon kislotasi kombinatsiyasi yangi biologik faollikga ega bo’lgan sinergetik kombinatsiyalangan molekula yoki gibrid molekula birikma hisoblanadi. Reaksiya quyidagicha boradi: α- tokoferol bilan N-(benziloksikarbonil)- glitsin (CBz – Gly), N,N΄-disiklogeksilkarbodiimid(DCC) va para(N,N΄-dimetil)piridin(DMAP) metilen xloridda xona temperaturasida 2 soat davomida aktivlashtriladi bunda mol nisbat: α- tokoferol: CBz-Gly: DCC-DMAP 1:(1 – 1,5) : 1 – 1,5): 0,15 nisbatda bo’lishi kerak. Yuqoridagi reaksiya asosida mahsulot hosil cbo’lish unumi 82% ni tashkil qiladi. Keyingi etanolda palladiy katalizatorligida dekarboksillanganda 88%unum bilan d,l-α- tokoferilglitsinat hosil bo’ladi, olingan mahsulotga betulon kislotasining xlorangidridi bilan ishlov berib betulon kislotaning oksalilxloridi hosil bo’ladi. Reaksiya quruq benzol, xloroform yoki metilen xloridda xona temperaturasida yoki 1 soat davomida qizdirish orqali olib boriladi. Bunda xlorangidrid va glitsinatning mol nisbati 1: (1 – 1,5) bo’lishi kerak. Umumiy jarayonda gibridning(1) hosil bo’lish unumi 67 – 79% ni tashkil qiladi. Gamma– glitsinning aniq olinish usulining kashf qilinishi farmo – kimyo va oziq ovqat sanoatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu modda tibbiyotda va oziq – ovqat sanoatida kaeng qo‘llanilmoqda. Bu modda tibbiyotda va oziq- ovqat sanoatida sifatli biologiк faol qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Bu modda glitsinning suvli eritmasiga 1–10 mol% malein kislotasining eritmasini qo‘shib qayta kristallash orqali olinadi. Jarayon yaxshi borishi uchun qo‘shimcha yana yangi tayyorlangan glitsin eritmasi qo‘shiladi va natijada gamma – glitsin cho‘kmasi tushadi. Ushbu usul yordamida gamma – glitsin eritmasi olinadi. Hozirgi kunda famatsevtikada va tibbiyotda yangi preparatlar sinteziga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada glitsin asosida biologik-faol xususiyatli preparatlar sintezini aytib o‘tish mumkin. Ushbu ishlarning samarasi o‘laroq yangi va sifatli dori preparati hisoblangan temir (2) bisglitsinat xelati olingan. Ushbu ixtiro qilingan preparatni profilaktik yoki patologik kasalliklarda, temir yetishmasligida qo‘llash mumkinligi aniqlangan.
Aminokislotalarning izotiosianatlar bilan reaksiyaga kirishib oligomerlar hosil qilishi ham o’rganilgan. Glitsin va β- alaninning izotiosianatlar bilan ta’sirlashtirib oligomerlari sintez qilingan. Aminokislotalar bizga ma’lumki suvda yaxshi eriydi. Ularning shu xossasidan foydalangan holda suvli eritmada, ishqoriy muhitda PH 8,0 – 11,0 intervalda izotiosianatlar bilan ta’sirlashtirilgan. Ishqoriy muhit NaOH yordamida hosil qingan va jarayon mexanik aralashtirib turish orqali olib borilgan. Glitsin bilan Fenilizotiosianat orasidagi reaksiya natriy gidroksidida mexanik aralashtilgan holda 4 soat davomida 100 oC gacha qizdirish orqali olib borilgan. Bunda yuqori unum bilan mahsulot hosil bo’lgan. Glitsinning nafaqat fenilizotiosianat bilan, balki allilizotiosianat, metilizotiosianat bilan ham hosilalari oliongan. Glitsin fenilizotiosianat va allilizotiosianat bilan to’q apelsin rangidan to’q qizil ranggacha bo’lgan massa hosil qiladi. Metilizotiosinat bilan esa to’q jigarrang massa hosil qiladi. Muhitning ihqoriyligiga qarab mahsulotlarning chiqish unumi ham turlicha bo’ladi.

Download 2.94 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2.94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Glitsin hosilalarining olinishi va xossalari

Download 2.94 Mb.