XASANOVA M.N.,
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
MUHANDISLIK GRAFIKASI
FANLARIDA AXBOROT-
TA’LIM MUHITINING
TUZILISHI VA BUGUNGI
KUNDAGI MAVJUD HOLATI
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp200-203
STARS International University
201
Respublikamizda ta’lim jarayonini rivojlantirish maqsadida rivojlangan
davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari filiallari, qo‘shma fakultetlar, qo‘shma
ta’lim markazlari tashkil qilinmoqda, ularning moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy
ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish”
ustuvor vazifa sifatida belgilangan
1
. Bu borada talabalarning kasbiy kompetentligini
oshirish, kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishi mamlakatimizda
ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-4947-son Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda
maqolam muayyan darajada xizmat qiladi degan umiddaman.
Muhandislik grafikasi fanlarida axborot-ta’lim muhitining tuzilishiga hissa
qo‘shgan olimlar S.S.Saydaliyev, A.K.Xamraqulov, E.I.Ro‘ziyev, Sh.D.Dilshodbekov,
A.B.Tajibayev, B.M.Surobov va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan.
Hozirgi kunda hayotimizning har qaysi jabhalarida zamonaviy axborot
texnologiyalarni ko‘rishimiz mumkin. Aynan shu axborot texnologiyalari zamonaviy
talim rivojiga juda katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Insonlar komputerlardan Internet tarmog‘ida ishlashda, ta’lim olish jarayonida,
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, korxona ishlarini avtomatlashtirishda,
multimedia ilovalarini yaratishda va hokazolarda foydalanadilar. Izlanishlarim shuni
ko‘rsatdiki, muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda ham bir qancha muammolarga
hali hanuz to‘liq yechim topilgani yo‘q. Masalan:
1. Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot ta’lim muhitini
tashkil etuvchi metodik ta’minotning mavjud emasligi, o‘qituvchilarning fanga
oid masalalarni yechishda, grafik savodxonligini oshirishda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarining yetarli
emasligini ko‘rishimiz mumkin.
2. Bundan tashqari muhandislik grafikasi fani o‘qituvchisida zamonaviy axborot
texnologiyalarga oid bilimlarning kamligi, ularni dars jarayonida mohirona qo‘llay
olish yetarli darajada emasligi, talabalarga muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitish
uchun metodik ta’minotning, xususan, darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,
adabiyotlarning yetarli emasligi va mavjud adabiyotlarning zamon talabi darajasida
emasligini ko‘rishimiz mumkin.
Umuman olganda, fanimizga oid elektron kutubxona tashkil qilsak yomon
bo‘lmasdi yoki mavjud elektron kutubxonani yanada boyitishimiz zarurdir. Bu
nafaqat kelajak avlodga, balki yosh kadrlarning foydallanishlari uchun ham qulay
hisoblanadi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni. – “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”,
2017-y., 6-son, 70-modda.
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
202
Zamonaviy axborot ta’lim muhiti o‘qituvchi uchun yangi qirralarni kashf etadi.
Ushbu muhit oliy ta’lim tizimi o‘qituvchisidan zamonaviy axborot texnologiyalari
vositalaridan yuqori darajada foydalanishni talab etadi. Shuning uchun “Muhandislik
grafikasi” fani o‘qituvchisi o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi, kasbiy tayyorlanishi,
uni axborot-ta’lim muhitida ishlashi uchun zaruriy shartlaridan biri bo‘lib xizmat
qilsa ajab emas.
Yuqorida fanga oid muammolarni ko‘rib chiqdik, endi bunga yangicha yechim
topishimiz mumkin.
Respublikamiz ta’lim tizimiga yangi o‘qitish texnologiyalarining kirib kelishi
o‘qituvchi zimmasiga katta mas’uliyat yuklab, ulardan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalarni puxta o‘zlashtirishni talab etmoqda.
Hozirgi vaqtda o‘quv jarayonida komputer va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ayniqsa, komputerda ishlash bilan bog‘liq
amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari jarayonida multimedia vositalari, zamonaviy
komputer imkoniyatlari va Internetdan foydalanish, interfaol mashqlar, virtual
laboratoriya, topshiriqlar omboriga ega bo‘lgan pedagogik dasturiy ta’minotni
yaratish texnologiyasini va undan o‘quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab
chiqish hamda amaliyotga tatbiq etishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish va undan ta’lim jarayonida foydalanishning
maqsadiga quyidagilar kiradi:
• o‘quv materiallarini namunali va ko‘rgazmali taqdim etish;
umumlashtirish va tizimlashtirish;
• doimiy va tezkorlik bilan o‘quv axborotlarini yangilab borish;
• turli ko‘rinishdagi ko‘nikma va malakalarni qayta ishlash va mustahkamlash;
• o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish, tekshirish;
• talabalarning fazoviy tasavvurlarini ya’nada rivojlantirish;
• talabalarning grafik savodxonligini oshirish.
1-shakl. Pedagogik
dasturiy vositani tashkil etuvchilari.
STARS International University
203
Muhandislik grafikasi fanlarida amaliy dasturiy vositalardan foydalanib, pedagogik
dasturiy vositalar yaratish, ular yordamida elektron ta’lim muhiti hosil qilinadi.
Buning natijasida muhandislik grafikasi fanlari o
|