|
II BOB. TO’QIMACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA ULARGA QO’YILADIGAN SIFAT VA XAFSIZLIK TALABLAR
|
bet | 5/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 2,32 Mb. | | #249926 |
Bog'liq GLOBAL TEXTILEII BOB. TO’QIMACHILIK MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISH VA ULARGA QO’YILADIGAN SIFAT VA XAFSIZLIK TALABLAR.
2.1. To’qimachilik sanoati haqida umumiy talablar.
Toʻqimachilik sanoati — turli xildagi oʻsimlik tolalari, jun va sunʼiy sintetik tolalardan turli gazlamalar, ip va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaruvchi yengil sanoat tarmogʻi. Toʻqimachilik sanoati tarkibiga toʻqimachilik xom ashyosini dastlabki qayta ishlash, ip gazlama, zigʻir, kanop, jut tolasidan gazlama, shoyi, jun gazlama, notoʻqima materiallar, toʻr toʻqish, toʻqimachilik attorlik, trikotaj, kigiznamat bosish sohalari kiradi. Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari kiyimbosh va poyabzal ishlab chiqarishda, shuningdek, mebel, mashinasozlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati yengil sanoatning yetakchi tarmogʻini tashkil etadi.
Toʻqimachilik buyumlari ishlab chiqarish qadim zamonlarda paydo boʻlgan. Gʻoʻza ekish, qoʻlda ip tayyorlash va gazlama toʻqish Hindiston, Xitoy, Misr va Oʻrta Osiyoda mil.dan bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgan. Toʻqimachilik sanoati mashinalashgan ishlab chiqarishga birinchi boʻlib oʻtgan sanoat tarmogidir. Yevropada XVII-asrning 2-yarmidagi sanoat toʻntarishi shu tarmoqdan boshlangan.
Oʻzbekistonda Toʻqimachilik sanoati uzoqtarixga ega. Oʻrta ayerlarda mahalliy hunarmandlar tayyorlagan atlas, beqasam, baxmal, banoras, zandanachi, olacha kabi mahsulotlar uzoq mamlakatlarda mashhur boʻlgan, Buyuk ipak yoʻli orqali Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga chiqarilgan. Lekin mayda tarqoq hunarmandchilikni birlashtirib sanoat asosini yaratish va gazlamalar ishlab chiqarish esa faqat XX asrning 20-yillaridan boshlandi.
1926-yilda Fargʻona toʻqimachilik fabrikasining navbati ishga tushirildi (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi), 1932-yilga kelib uning 2 va 3navbatlari ham qurildi (19900 urchuq, 906 toʻquv dastgohi). 1930-yilda Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi ishlay boshladi. 1932-yildan Toshkent toʻqimachilik ktini qurish boshlandi. 1935-yil bu kt gazlama ishlab chiqara boshladi (33630 urchuq, 90-yillarda Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoati yangi sifat oʻzgarishlari bosqichiga oʻtdi. Respublikaning xorijiy mamlakatlar bn hamkorlik aloqalari tobora kengayib, chet ellik sheriklar bn barpo etilgan qoʻshma korxonalar soni koʻpayib bordi.
Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatiini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri jahon bozoriga paxta tolasini chiqarish emas, balki jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlama ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat strategiya tanlandi. Shu maqsadda AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar firmalari bn ip gazlama ishlab chiqaradigan yangi qoʻshma korxonalar tashkil etildi. Korxonalarni chet el ilgʻor toʻqimachilik texnologiyasi bn jihozlash boshlandi. 1993—94 ylarda "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyatiga Shveysariya, Germaniya uskunalari oʻrnatildi. 1994-yilda Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida toʻliq texnologik siklli toʻqimachilik majmui ishga tushirildi.
1995 — 2003-yillarda Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatiga kiritilgan xorij sarmoyalari 519,89 mln.dan ortiqroq AQSH dollarini tashkil etdi, shoʻ jumladan, Janubiy Koreyaning "Kabul tekstaylz" kompaniyasi kiritgan investitsiya 186 mln., Turkiyaning "Timi", "Tipash" kompaniyasi 75 mln. (Namangandagi "Kosonsoy— Tikmen" kostyumbop va paltobop gazlamalar, jun choyshab va qoʻlda toʻqiladigan gilamlar uchun yigirilgan ip), "Bursel" firmasi 52,9 mln. (Chinoz toʻqimachilik kti), "Astop" firmasi 40,3 mln ("Asnamtekstil"), Yaponiyaning "Marubeni" firmasi 60 mln. ("Silk Road", Namangan) AQSH dollaridan iborat boʻldi. Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish qajmi tobora oʻsib bormoqda. Oʻzbekiston Toʻqimachilik sanoatida 2003-yilda 453,3 mln. m2 gazlama, shu jumladan, 415,2 mln.m2 ip gazlama, 167 mln. juft paypoq, 28,6 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chikarildi.
To'qimachilik materialshunosligi fani uch qismdan iborat. Birinchi qismda to'qimachilik tolalari va iplarining olinishi, ikkinchi qismda to'qim achilik tolasi, iplarning tuzilishini, xususiyatlarini aniqlaydigan uslublar va asboblar to'g'risida ma'lumotlar beriladi. U chinchi qism da tayyor m ahsulotlarning tuzilishini, xususiyatlarini aniqlaydigan uslublar va asboblarning tuzilishi bayon etiladi.
To‘qimachilik tolasi deb to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga yaraydigan, chegaralangan uzunlikdagi; yumshoq, ingichka va mustahkam jismga aytiladi
Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishidagi ustuvor yo'nalishlardan biri — to'qim achilik va yengil sanoat mahsulotlarini yetarli darajada sifatli ishlab chiqarish, xalq ehtiyojini qondirish va uni eksport qilishdan iborat. Bu mas'iiliyatli vazifani bajarishda materialshunoslik fanining ahamiyati katta.
Muhandismaterialshunoslar to'qim achilik va yengil sanoatda ishlatiladigan xom ashyolar, olingan yarim va tayyor mahsulotlarning tuzilishini, xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilib, muhandistexnologlarga ishlab chiqarish jarayonini samarali tashkil etishga va sifatli mahsulot olishga bevosita yordam beradilar.
Materialshunoslik sohasidagi mutaxassislar xom ashyo va mahsulot nuqsonlarini faqatgina qayd etmasdan, balki sifatni boshqarish bo'yicha ham faol qatnashib, bo'lajak nuqsonlarning qanday hosil bo'lishini oldindan aytib berishlari mumkin. Mahsulot sifatini oshirish dolzarb muammolardan bo'lib, u ko'p omillarga, shu jumladan mashinalarning ish holatiga, ishni tashkil etishga, xom ashyoning sifatiga, ishchilarning kasb mahoratiga, xom ashyo, yarim va tayyor mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda mutaxassislarning bilimdonligi va malakasiga, sinov o'tkazuvchi qurol va asbob-uskunalarning zamonaviyligiga va hokazolarga bog'liq. Mahsulot sifatini oshirish uchun ishlab chiqarish tizimining hamma bo'g'inlarida ishni sifatli tashkil etish kerak. Shu bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, mahsulot sifat ko'rsatkichlarini aniqlashda zamonaviy asbob-uskunalardan foydalanish, nazoratning yangi usulini ishlatish samarali natija beradi. Avtomatlashtirilgan o'lchash asboblarini tatbiq etish sermehnat sinash jarayonlarini tezlashtiradi va kutilayotgan natijalarni katta aniqlik bilan beradi. Bugungi kunda tabiiy va kimyoviy tola, iplarni aralashma holatida ishlatish ko'paymoqda. Ulardan sifatli mahsulot olish uchun yangi va aralash xom ashyoning xususiyatlarini atroflicha ishlab chiqarish jarayonlarining rejalarini tuzis ta’limoti asosida bajariladi.
To'qimachilik materialshunosligi fanining rivojlanishi to 'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatini takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun tolalarning tuzilishi, xususiyatlarini o'rganish ehtiyoji vujudga kelgan. XVI asr boshlarida Leonardo da Vinchi kemalarda ishlatiladigan arqonlarning namligini, yo'g'onligini va ishqalanishga chidamliligini o'rgangan. XVII asrning ikkinchi yarmida ingliz olimi R. Guk deformatsiyaning kuchlanish bilan proporsionalligi to'g'risidagi mashhur qonunni yaratgan. XVI11 asr boshlarida qator davlatlar tomonidan to'qimachihk '.aiioali xom ashyolari xususiyatlariga nisbatan maxsus talablar. Bu, shu davrda xom ashyo xususiyatlari tashqi ko'rinishi aniqlansa ham, ularning sifatini yaxshilashga va samarali Invdalanishga yordam bergan. XVII asr o‘rtalarida qator davlatlarda og‘irlik usuli orqali iplaniing ingichkaligi aniqlangan.
Natija «Metrik nomer» degan ihora va ko‘rsatkich vujudga kelgan. 1750 yilda Tyurin (Italiya) shahrida tabiiy ipakning nainligini aniqlash uchun dunyo bo'yicha birinchi «KondiiMon» laboratoriyasi tashkil etilgan. Keyinchalik bunday kilioratoriyalar boshqa davlatlarda ham tashkil etila boshlagan. XVIII asrda ingliz olimlari paxta tolasini navlarga ajratish iisulini tavsiya etishgan. XIX asrning birinchi yarmida esa Rossiya va boshqa davlatlarning o‘quv yurtlari mutaxassislariga to’qimachilik materiallarining xususiyatlari to ‘g‘risidagi ma’lumotlar berila boshlagan.
Xuddi shu davrda to‘qimachilik tolalarining tuzilishi, xususiyatlari va ayrim turlarini ishlatish bo'yicha rus olimlari P.I. Richkov, A.F. Ozerskiy va A.T. Bololovlar shug‘ullanishgan. A.F. Ozerskiy birinchi boiib «Paxta tolasini yigirish» kitobini yozgan. Umuman XVIII asrning ikkinchi yarmida to‘qimachilk materiallarining tuzilishi, ayrim xususiyatlari asboblar yordamida o’rganilgan. Shu davrdan e'tiboran to'qim achilik materialsluinosligi fanining tiklanish davri boshlangan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya oliyo‘quv yurtlarida to'qimachilik materiallarining sifatini aniqlash uchun sinash laboratoriyalari tashkil etilgan. Moskva universitetining professori M.Ya. Kittari va Moskva oliy texnika o‘quv yurtining professori S.A. Fyodorovlar shu laboratoriyalarga rahbarlik qililishgan. XIX asrda nemis olimi Bom jun tolasining, ingliz olimi. Neyl paxta tolasining xususiyatlarini tahlil qilishadi. XIX asrning 80-yillarida nemis olimi E. Myuller har xil turdagi iplarning mustahkamligini, namligini, tolalarning uzunligini aniqlash bo'yicha asboblarni takomillashtirgan va hisoblash tenglamalarini yaratgan. Bu tenglamalardan bugungi kunda ham foydalanilmoqda. Oxirgi yillarda xalqaro savdo birjalarida paxta sifatini baholash bo'yicha AQSHda ishlab chiqarilgan o’lchov tizimi ishlatilmoqda. Bu tizim «Moushn kontrol» va «Spinlab» firmalari tomonidan yaratilgan.
O'zbekistonda «Sifat» boshqarmasi bir qancha -tizimi bilan ta'minlangan. Ekspoitga jo'natiladigan paxta tolasi shu xalqaro tizim bilan baholanmoqda. To'qimachilik iplarining yo'g'onligi bo'yicha notekisligini va mustahkamligini aniqlash uchun Shvyessariyaning Uster shahridagi «Selveger» firmasi tomonidan yaratilgan asboblar majmuasi dunyoning ko'p davlatlarida ishlatilmoqda. Shu firmaning rahbarlaridan biri G. Loxer tomonidan texnologiya mashinalarining ishlab turgan holatida mahsulotlarning sifatini aniqlash asboblari yaratilmoqda.
To'qimachilik materialshunosligi fanining asoschilari Moskva to'qimachilik institut professorlari G.N. Kukinva A.N Solovyevlar 3 jilddan iborat «To'qimachilik materialshunosligi» darsligini yuqori darajada mazmunli qilib, oxirgi — uchinchi nashrini 1985—1992 yillarda chop etdilar. Bu darslik oliy o'quv yurtlarining talabalaridan tashqari ilmiy xodimlar va muhandis texnik xodimlar uchun ham foydali qo'llanma hisoblanadi. 1927 yili Moskvada to'qimachilik ilmiy-tadqiqot instituti (MTITI) ochildi. Bu institutda to'qim achilik materiallarining sifatini aniqlash bo 'y ich a yirik olim lar N .S. Fyodorov, N.Ya. Kanarskiy, A.A. Sinitsin, V.V. Linde, V. YE. Zotikov, V.S. Fyodorov, A.N. Solovev va boshqalar ishladilar. 1934 yili to'qimachilik ilmiy-tadqiqot instituti ayrim tarmoq ilmiy-tekshirish institutlariga bo'lindi. Paxtaning xususiyatlari bo’yicha poya po'stlog'idan olinuvchi tolalar bo'yicha, jun tolalari bo’yicha kimyoviy tolalar bo'yicha maxsus Markaziy va Butunittifoq ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. Shu davrda Toshkentda paxta sanoati bo'yicha Markaziy ilm iy tadqiqot institutlari, tabiiy ipak(chilik) bo'yicha O'zbekiston ilmiy-tadqiqot instituti ochildi.
Yashil rivojlanishning asosiy yo'nalishi sifatida to'qimachilik va tikuvchilik sanoati har doim Xitoynin 39 iqlim yangiliklari va barqaror rivojlanishida birinchi o'rinda turadi. Shartnoma tuzuvchi tomon sifatida Xitoy to'qimachilik federatsiyasi BMTning moda sanoati uchun iqlim harakatlari to'g'risidagi nizomini imzoladi, moda sanoatining global iqlimini boshqarish jarayonida ishtirok etdi va uglerodni boshqarish bo'yicha 2020 yilgi harakatini 2030 yilgi iqlim yangiliklari harakatiga o'tkazdi.
Sohadagi raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2021-yil yakuni boʻyicha toʻqimachilik korxonalari tomonidan jami 1,0 mln, 5 ming tonna paxta tolasi qayta ishlandi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishhajmi 31,9 trln.soʻmni (oʻsish surʼati – 140,7 foiz), shundan 19,8 trln soʻmlik xalq isteʼmol mollari (133 foiz) tashkil etdi. Jumladan, mahsulotlar kesimida ip kalava – 747,0 ming tonna (118,6 foiz), ip gazlama – 510,0 mln kv.metr (125,6 foiz), trikotaj mato – 175,0 ming tonna (146,3 foiz), paypoq mahsulotlari – 293,1 mln juft (114,0 foiz), trikotaj mahsulotlari – 175,0 mln. dona (115,9 foiz) va tikuvchilik mahsulotlari –571,0 mlrd.soʻm (143,4 foiz) miqdorida ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 36 ta loyiha boʻyicha umumiy qiymati 566,8 mlrd.soʻmlik tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarildi.
Investitsiya dasturi doirasida 21 ta loyiha boʻyicha 232,9 mln. dollar miqdorida investitsiyalar, shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 150,6 mln.dollar (rejaga nisbatan 100 foiz) oʻzlashtirildi.
2021 yil yakuniga koʻra, 1 250 korxona tomonidan dunyoning 70 ga yaqin davlatlariga jami 3 035,3 mln.dollarga (2020-yilga nisbatan 162,4%). 2021-yil yakuni boʻyicha ip kalavaning jami eksportdagi ulushi 55,4%ni tashkil etdi, qoʻshimcha va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlarning ulushlari 44,6% tashkil etib 2020-yilga nisbatan oʻsish surʼati 141 foiz.
Mahsulotlar eksportida Rossiya – 32,0% (950,0 mln.doll.), Xitoy – 22,0% (630,0 mln.doll.), Qirgʻiziston – 13,0% (385,0 mln.doll.), Turkiya – 16,0 (460,0 mln.doll.) asosiy hamkor davlatlarni tashkil etdi.
Hududlarni rivojlantirish dasturlariga muvofiq, 2021 yilda umumiy qiymati 733,2 mln. dollarga (shundan 447,3 mln.doll. xorijiy investitsiya va kredit) teng 85 ta yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati loyihalari amalga oshirildi hamda 22 000 dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil qilindi.
|
| |