• Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad
  • Chekli mahsulot qoidasiga ko‘ra
  • Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash
  • Glossariy mikroiqtisodiyot




    Download 44,25 Kb.
    bet13/16
    Sana16.05.2024
    Hajmi44,25 Kb.
    #238308
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Glossariy mikroiqtisodiyot

    AVC = TVC/Q
    Raqobat– bu ne’matlar miqdori va iste’mol talabi cheklangan joyda yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi. Iste’molchilar ham, firmalar ham raqobatlashishi mumkin.
    Sun’iy to‘siqlar (institusional) - faoliyat turi bo‘yicha cheklangan firmalar uchun patent va lisenziyalar berish.
    Tabiiy to‘siqlar - ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kerak bo‘ladigan investision xarajatlar, bozordagi mahsulotlarning yuqori darajada diversifikatsiyalashganligi, iste’molchilarning mavjud firma savdo belgisiga bo‘lgan ishonchi, mahsulotlarni taqsimlash kanallariga bo‘lgan yo‘llar.
    Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad -firma tomonidan ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko‘paytmasiga teng:
    ,
    O‘rtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni:
    .
    Chekli daromad ( ) - bu qo‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o‘sgan qismi , ya’ni:
    .
    Chekli mahsulot qoidasiga ko‘ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatning tengligini ta’minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .
    Ishlab chiqarishni to‘xtatish qoidasiga ko‘ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo‘lsa, ya’ni raqobatlashgan bozordagi narx o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatdan kichik bo‘lsa , firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi).
    Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash - uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z kapitali hajmini o‘zgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.

    Download 44,25 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 44,25 Kb.