|
Glossariy mikroiqtisodiyot
|
bet | 10/16 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 44,25 Kb. | | #238308 |
Bog'liq Glossariy mikroiqtisodiyotTadbirkorlik subyektlaritadbirkor, ishlab chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar), aksionerlar, tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari.
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
Tadbirkorlik firmalarining asosiy tashkiliy shakllari: xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari).
Xususiy tadbirkorlik firmasi - bu firmaning egasi ishni mustaqil, o‘z manfaatidan kelib chiqib olib boradi, u tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni bo‘yniga oladi (ya’ni, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat hisoblanadi), qolgan daromadni o‘zi o‘zlashtiradi.
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‘lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o‘zlarining zimmalariga oladilar.
Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, har bir mulk egasining mas’uliyati ushbu korxonaga qo‘shgan hissasi bilan cheklangan. Korxona aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. Korporatsiya faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‘z aksiyalariga daromad (dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‘z talablarini aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‘yadilar.
Foyda olmaydigan tashkilotlar - bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi.
Kooperativlar - kooperativlar o‘z a’zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.
|
| |