|
Glossariy mikroiqtisodiyot
|
bet | 16/16 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 44,25 Kb. | | #238308 |
Bog'liq Glossariy mikroiqtisodiyotOligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Oligopol bozor - biri bu biror bir firma faoliyatidagi o‘zgarish, albatta boshqa xuddi shunday tovar ishlab chiqarayotgan firmaga ta’sir o‘tkazishidadir.
Oligopol bozorning asosiy xususiyatlari - ishlab chiqarilayotgan tovar bir turdagi ham diversifikatsiyalashgan ham bo‘lishi mumkin.
Sof yoki bir turdagi oligopoliya bozori- iste’molchilar biror bir firma savdo belgisiga alohida e’tibor qaratmasalar, bozordagi aksariyat tovarlar absolyut o‘rnini bosuvchi tovarlar bo‘lsa, bu bozor sof yoki bir turdagi oligopoliya bozorihisoblanadi. Bunday bozorlarga misol qilib, sement, alyuminiy, qog‘oz, kimy mahsulotlari bozorini keltirish mumkin.
Narxlar janggi - bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.
Oligopol bozorlarga kirish va chiqish, u yerdagi to‘siqlar xaqida gapirishdan oldin, bozorlarni ikkiga bo‘lish lozim, ya’ni, asta-sekinlik bilan rivojlanib, o‘sib borayotgan bozorlar va yangi nisbatan yosh endi rivojlanayotgan bozorlar.
Kurno muvozanati — duopolik bozorda xar bir firma mustaqil ravishda shunday optimal ishlab chiqarish xajmini tanlaydiki ushbu mahsulot xajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta'sir qiluvchi funktsiyalari grafiklarining kеsishish nuqtasida vujudga kеladi.
Masshtab samarasi - bu ishlab chiqarish masshtabining kеngayishi surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o‘sish surati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi dеyiladi.
Mеhnat bozorida monopsoniya — bu mukammallashgan raqobatdagi mеhnat bozorining alohida bir chеkli ko‘rinishi bo‘lib, bunda biror kichik shaxardagi yagona firma maxalliy aholining ko‘p qismini ish bilan ta'minlaydi.
Mukammal raqobatlashgan bozor - agar bozor quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lsa: bozor sub'еktlar tovar narxiga tasir qila olmaydi; firmalarni bozorga kirish va chiqishi erkinligi; sotuvchilar birgalikda xarakat qilmaydi; bozortugrisidagibarchaaxborotlar bilan bozor sub'еktlari tanish.
|
| |