|
Yer – qishloq xo‘jaligi, shahar sanoat, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan foydali resurslar, suv resurslari.
Tadbirkorlik iqtidori
|
bet | 2/16 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 44,25 Kb. | | #238308 |
Bog'liq Glossariy mikroiqtisodiyotYer – qishloq xo‘jaligi, shahar sanoat, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan foydali resurslar, suv resurslari.
Tadbirkorlik iqtidori – ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, asosiy masalalarni hal qilish, tavakkalchilikka yo‘l qo‘yish, yangi texnologiyalarni jalb qilish qobiliyatlari majmui.
Axborot - “Jahon xo‘jaligi va undagi jarayonlar haqida ma’lumotlar”. Aniq ma’lumot, axborotga ega bo‘lish, iqtisodiy subyektlar oldida turgan global muammolarni hal qilishga turtki bo‘ladi.
Bilim – boshqaruv, savdo-sotiq, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi malakali kadrlar tomonidan eng to‘g‘ri qarorni qabul qilishda asosiy vosita sifatida qo‘llaniladi.
Muqobil (alternativ) xarajatlar – bir tovarni ishlab chiqarish, uning sonini oshirish uchun boshqa bir tovardan voz kechish alternativ harajatlar, yoki voz kechilgan imkoniyatlar xarajatlari deyiladi.
Pareto iqtisodiy samarasi – bu bozorning shunday vaziyatiki, unda xech kim boshqa bir kishining iqtisodiy holatini yomonlashtirmay o‘z ahvolini yaxshilab olmaydi.
Pozitiv yondashuv – iqtisodiy subyekt qabul qilgan qarorni obyektiv tahlil qilish va oqibatlarini bashoratlashni ko‘zda tutadi. Prozitiv yondashuv tadqiq qilinayotgan jarayonning sabab va oqibatlarini aniqlashga yordamlashadi.
Normativ yondashuv – qarama-qarshi tadqiq qilinayotgan jarayonga nisbatan subyektiv baho berish bilan shug‘ullanadi. Tadqiq qilish natijasida amaliy taklif va tavsiyalar beradi.
Iqtisodiy model – iqtisodiyotni kichik bir ko‘rinishda yaqqol namoyon etuvchi birko‘rinishi, shakli hisoblanadi. Iqtisodiy model – iqtisodiyot haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘qligida yoki olish mumkin bo‘lmagan xolatlarda, iqtisodiyotni bashorat qilish, unga real baho berish imkoniyatini beradi.
Optimallashtirilgan modellar – alohida iqtisodiy agentlar (iste’molchilar, ishlab chiqaruvchilar va boshqalar) faoliyatini tahlil qilishda, ya’ni, ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilishning eng optimal variantini topishda foydalaniladi. Optimallashtirilgan modellarda chegaraviy ko‘rsatkichlardan ya’ni chegaraviy foydalanganlik, chegaraviy mahsulot, chegaraviy daromad, chegaraviy xarajatlar. Mazkur tahlil marjinalizm deb ham ataladi (ingliz tilidan “margin”- chegara).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Yer – qishloq xo‘jaligi, shahar sanoat, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan foydali resurslar, suv resurslari.
Tadbirkorlik iqtidori
|