|
Glossariy mikroiqtisodiyot
|
bet | 3/16 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 44,25 Kb. | | #238308 |
Bog'liq Glossariy mikroiqtisodiyotBozor muvozanati modeli – iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishda foydalaniladi
Davlat - keng ma’noda xo‘jalik subyekti va bozorni nazorat qilish xuquqiga ega yuridik va siyosiy xokimiyat organlari yig‘indisidir. Davlat o‘z faoliyatida jamiyatdagi farovonlik, samaradorlikni oshirishga xarakat qiladi.
An’anaviy iqtisodiy tizim – tabiiy, ya’ni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishigaasoslanadi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi - xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat muhitiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida subyektlarning shaxsiy qiziqishlariinobatga olinadi. “Sof bozor iqtisodiyoti” – davlatning iqtisodiyotga aralashuvini, boshqaruvinito‘liq inkor etadi. Davlat faqat “o‘yin qoidalariga” rioya qilinishini nazorat qilib turadi. Bozordagi subyektlar faqatgina shaxsiy manfaatlari, foydalarini ko‘zda tutib, faoliyat olib boradilar.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim – bozor iqtisodiyotiga teskari tizim bo‘lib, davlat mulkchiligiga asoslanadi, ya’ni barcha vositalar davlatga tegishli bo‘ladi.
Infratuzilma – bozorga xizmat ko‘rsatuvchi, uning me’yorda faoliyat borishi, tovar va xizmatlarni xarakatlanishiga yordam beruvchi institutlar majmuasini tashkil qiladi.
Bozor tarkibi – alohida bozor elementlarining tartib bilan joylashuvi.
Bozor muvafaqqiyatsizliklari – bozor mexanizmining iqtisodiy resuslarni samarali taqsimlab bera olmaydigan iqtisodiy vaziyatdir.
Bozordagi talab – bozordagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan insonlarning ehtiyojinibilvosita ko‘rinishidir. Ehtiyoj biror bir narsaga erishish istagini ko‘zda tutadi.
Talab(D)– bu nafaqat istak, balki bozordagi narx bo‘yicha uni olish imkoniyatini bildiradi. Talab – tovar yoki xizmatga bo‘lgan to‘lov qobiliyatli ehtiyojdir.
Ekspert tahlili – mutaxassislar, ekspertlar tomonidan manfaatdor kompaniyalar buyurtmasiga asosan tovarga bo‘lgan talabni, uning dinimikasini aniqlash uchun amalga oshiriladigan tahlil. Bu usul qimmat usul hisoblanadi, lekin xatolar qilish saqlanib qolinadi.
|
| |