|
Glossariy mikroiqtisodiyot
|
bet | 7/16 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 44,25 Kb. | | #238308 |
Bog'liq Glossariy mikroiqtisodiyotByudjet chegarasi – ma’lum qiymatdagi tovar miqdorini xarid qilish uchun umumiy xarajatlarning daromadga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. Byudjet chegarasi iste’molchi uchun qaysi tovarlar guruhi ko‘proq nafliroq ekanligini ko‘rsatadi.
Iste’molchilik xatti-harakati qoidasi– bir tovarga sarflangan pul qiymati hisob-kitobining yuqori foydaliligi, boshqa tovarga sarflangan pul qiymatining yuqori foydaliligiga teng bo‘lsa optimumga intiladi.
Iste’molchilik muvozanatiiste’molchining byudjet harajatlari tarkibi, unga xarid qilingan jamiiste’mol ne’matlari to‘plamidan katta umumiy foydalilikni ta’minlovchi holatdir.
Iste’molchining yalpi nafliligini maksimallashtiruvchi tovarlar yig‘imi iste’molchining optimal nuqtasi hisoblanadi.
Ideal rasional iste’molchi– Homo economicus (tejamkor kishi) – shaxsiy afzalliklari tizimini mutlaqo aniq biladigan, barcha muqobillarni hisobga oladigan va o‘zi uchun maksimal foyda olish tamoyiliga muvofiq holda qaror qabul qiladigan kishi.
Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo‘lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog‘liqdir.
Iqtisodiy samaradorlik- firmaning ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi qiymat ko‘rinishidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Texnologik samaradorlik- foydlanilayotgan resurslar va natural ko‘rinishda olinayotgan mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo‘lib qarash mumkin: mehnat, kapital va materiallar.
Buyurtma asosida ishlab chiqarish– individual ravishda ishlab chiqarish bo‘lib, o‘z sohasida yagona bir mahsulotni yuzaga chiqaradi. Bunda nafaqat san’at asari balki, yirik samolyot, bino, elektrostansiyalar ham misol bo‘la oladi. Bunday ishlab chiqarish malakali mutaxassislarni va zamonaviy texnika va texnologiyalarni talab etadi.
|
| |