• Legal (qonuniy) monopoliya
  • Mualliflik huquqi
  • Tovar belgilari
  • Glossariy mikroiqtisodiyot




    Download 44,25 Kb.
    bet14/16
    Sana16.05.2024
    Hajmi44,25 Kb.
    #238308
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Glossariy mikroiqtisodiyot

    Monopoliyamonopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
    Sof monopoliyama’lum mahsulot turini ishlab chiqarish vasotish bo‘yicha yakkahukmron bo‘lgan bozor tuzilmasidir.
    Tabiiy monopoliyakorxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish, raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
    Legal (qonuniy) monopoliya– bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.
    Patent tizimi– bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi;
    Mualliflik huquqi– ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi;
    Tovar belgilaribu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
    Sun’iy monopoliyamonopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.

    Download 44,25 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 44,25 Kb.