|
Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
|
bet | 180/244 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 24,48 Mb. | | #249047 |
Bog'liq portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASIAmaliy mashg‘ulot rejasi
|
1. O’rta masofalarga yugurishtexnikasini o’rgatish.
2. O’rta masofalarga yugurishda masofa bo’ylab yugurish texnikasini o’rgatish.
3. Uzoq masofalarga yugurish texnikasini o’rgatish.
4. Uzoq masofalarga yugurishda masofa bo’ylab yugurish texnikasini o’rgatish.
5. O’ta uzoq masofalarga yugurish texnikasini o’rgatish.
6. O’rta masofalarga yugurish texnikasini takomillashtirish.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: O’rta, uzoq va o’ta uzoq masofalarga yugurish texnikasini o’rgatish.
|
Pedagogik vazifalar:
Yugurish texnikasi haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish uchun ko’rgazmali qurollaridan foydalaniladi. O’rta va uzoq masofaga yugurish texnikasini ko’rsatganda, shug’ullanuvchilar yon tomonda bo’lishlari maqsadga muvofiqdir. Yugurishni avval to’g’ri yo’lkada, so’ngra burilishda yugurib ko’rsatish kerak.
O’qituvchi oyoq tagini erga to’g’ri qo’yishni, depsinishni, qo’llarni to’g’ri harakatlariga e’tibor berishi lozim. Yugurishda avval tezlik kam, keyin esa o’rtacha tezlikda bo’lishi kerak. Bunda guruh-guruh bo’lib ham yakka-yakka yugurish mumkin. O’qituvchi har bir sportchi kamchiliklarini ko’rsatib berish lozim.
Burilishda shug’ullanuvchining harakati erkin bo’lish kerak. Aylana radiusini kichraytirib, 10-15 m gacha keltirish mumkin. Gavdaning aylana ichkarisi tomon engilish darajasi burilish radiusi qanchalik keskin ekan va yugurish tezligiga bog’liq. Burilish radiusiga qarab yugurish tezligi yuqori bo’lsa, gavda shuncha ko’p egiladi.
Yuqori startdan chiqishni har xil holatdan sportchi o’ziga-o’zi komanda qilib chiqish. O’rgatish jarayonida - Starga komandasini bajarish va - Marsh komandasi bilan chiqishni o’rganish. Yuqori startdan start olgandan so’ng 15-20 m gacha sportchi gavdasi to’g’rilanib boradi. Startdan chiqish texnikasini tuzatish uchun maxsus tayyorlov mashqlaridan foydalanish lozim.
O’rta va uzoq masofaga yuguruvchilar masofani bosib o’tishda ko’proq ortiqcha kuch sarflaydilar. Shu bois o’rgatish jarayonida maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshiruvchi mashqlar uslubiyotidan foydalanish kerak. Bundan tashqari, maxsus yugurish mashqlarini har bir mashg’ulotda takrorlanib turilsa ham tejamli va chiroyli yugurish texnikasiga ega bo’ladi. Yugurish joyida yon tomonga tebranishga yo’l qo’ymaslik lozim. Qo’l va yelka harakat rejimiga e’tibor berish.
|
|
|
| |