Pedagogik vazifalar:
Shug’ullanuvchilarda uzunlikka sakrash texnikasi va usullari to’g’risida tushuncha hosil qilish.
Sakrashda depsinish va uchishda qadam qilish texnikasiga o’rgatish.
Umumiy tezlanish hamda oxirgi depsinish oldidagi qadamlar ritmiga o’rgatish.
Yerga tushish texnikasini o’rgatish.
«Oyoqlarni bukib» sakrash usulidagi harakatlarga o’rgatish.
“Qaychi” usulida uchish fazasini texnikasini o’rgatish.
“Ko’krak kerish” usulida uchish fazasini o’rgatish.
Tanlab olgan sakrash usulida texnikani takomillashtirish.
|
O‘quv faoliyati natijalari:
2-6 qadam tezlanishdan keyin depsinish joyi (yog’och) yoki ma’lum chegaradan depsinib sakrash haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Sakrash mashqlarida shug’ullanuvchi son, tizza va boldir, tos suyaklarida, depsinish oyog’ini qo’yishda va bukishda uni tarangligini sezishi. Oyoqni hamma suyaklarida faol rostlanishga erishish. Sakrashni uchish fazasida, havoda turg’unlikka erishish kabi ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Siltashni boldir bilan emas, balki sonda bajarilishiga e’tibor berish haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Sakrashning bu elementi texnikasi boshqa usullarga o’tganda deyarli o’zgarmaydi. Shuning uchun erga to’g’ri tushishni o’rgatgandan keyin uni ko’p marta takrorlab, malakaga aylantirib olishhaqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Ayrim shug’ullanuvchilar qo’nish oldidan oyoqlarini yuqoriga ko’tara olmaydi. Chunki son va qorin muskullarining kuchi yetarli emasligidan ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Sakrovchi havoda oyoqlarini yoki tizzalarini “qaychi” qilmaydi balki yugurishni davom ettirgandek harakat qilishi lozimligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
“Ko’krak kerib” sakrash usulini o’rganayotganda “qadamlab” uchuib chiqishga e’tibor berish, depsinish vaqtidayoq barvaqt ko’krak kerib yuborish ehtimoli yo’q emas. Ko’krak kergan paytda bosh orqaga tashlanmasligi haqidagi zarur ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
Har bir shug’ullanuvchining uchchala usulda sakrash texnikasini aniqlab ulardan qaysi biri samaradorligini aniqlash va yo’naltirishhaqida ma’lumotlarga ega bo’ladi, amaliy ko’nikma hosil qiladilar.
|