• 2.4. ULOQTIRISH
  • 2.5. KO’PKURASH
  • Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi




    Download 24,48 Mb.
    bet20/244
    Sana21.05.2024
    Hajmi24,48 Mb.
    #249047
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   244
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-YENGIL ATLETIKA VA UNI O’QITISh METODIKASI

    2.3. SAKRASH

    Sakrash to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, u qisqa vaqt ichida asab – mushak kuchiga maksimal zo’r berish bilan tavsiflanadi.


    Sakrash ikki turga bo’linadi:

    1. Imkon boricha balandroq sakrash maqsadida vertikal to’siqlardan o’tib balandlikka sakrash va langarcho’p bilan sakrash.

    2. Imkon boricha uzoqqa sakrash maqsadida gorizontal to’siqlardan o’tib uzunlikka sakrash. Sakrashda erishilgan natijalar metr va santimetrda aniqlandi. Sakrash turgan joydan va yugurib kelib ijro etiladi. Uch hatlab sakrash langarcho’p bilan sakrash musobaqalari ayollar o’rtasida o’tkazilmaydi. Bularni bajarish vaqtida hosil bo’ladigan qattiq zarblar ayollar ichki organizmini holatiga salbiy tasir ko’rsatishi mumkin.



    2.4. ULOQTIRISH

    Uloqtirish maxsus snaryadni uzunlikka irg’itish va uloqtirish mashqlari. Ularning natijalari metr va santimetrlarda aniqlanadi.


    Uloqtirish asab–mushak kuchlanishining qisqa vaqt ichida maksimal bo’lishi bilan tavsflanadi. Bunda qo’l, elka kamari va tana mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi. Yengil atletika snaryadini uzoqqa uloqtirish uchun kuch tezlik chaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo’lishi zarur.
    Yengil atletikada uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo’linadi.
    1. Bosh ortidan uloqtirish (nayza, granata).
    2. Aylanib uloqtirish (disk, bosqon).
    3. Itqitish (yadro).
    Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og’irligiga bog’liqdir. Yengil o’ng’ay bo’lgan snaryadlarni to’g’ridan yugurib kelib bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin og’irroq snaryadlarni aylanib uloqtirish o’ng’ayroq hisoblanadi, maxsus tutgichi bo’lmagan og’ir snaryad yadroni esa irg’itish o’ng’ayroqdir.


    2.5. KO’PKURASH

    Ko’pkurash: yugurish, sakrash va uloqtirish ishining har xil turlari o’z ichiga oladi. Ko’pkurash tarkibidagi miqdoriga qarab nomlanadi: to’rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o’nkurash.


    Ko’pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun o’nkurash va ayollar uchun ettikurash va o’spirinlar uchun beshkurash, oltikurash, sakkizkurash. Musobaqalarni yengillashtirish uchun yengil atletikani bunday turlaridan musobaqalar ikki kunda o’tkaziladi. Ko’pkurashning asosiy turlari: ko’pkurash bo’yicha shug’ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo’yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo’lishdan tashqari, sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, o’rta masofaga yuguruvchilardek chidamli bo’lishlari kerak. Ko’pkurash programmasini to’la bajarish esa umuman a’lo darajada chidamli bo’lishni, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlarni talab qiladi. Ko’pkurash bilan shug’ullanish – yengil atletika bilan endigina shug’ullanib boshlovchilar uchun har tomonlama jismoniy rivoj topishning eng yaxshi yo’lidir. Ko’pkurash bilan shug’ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama tasir ko’rsatish bilan yengil atletikaning alohida turli maxsus mashqlarini qilish ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko’pkurash natijasi sportchining ko’pkurash tarkibidagi har bir turda ko’rsatilgan natijasi uchun olgan ochkolar yig’indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan foydalaniladi.


    1-rasm




    Download 24,48 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   244




    Download 24,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi

    Download 24,48 Mb.