|
Pedagogik kengashning huquq va majburiyatlari
|
bet | 19/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotPedagogik kengashning huquq va majburiyatlari
Pedagogik kengash quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
yil yakunida bolalarni keyingi guruhga ko‘chirish yoki qoldirish masalalarini hal etish;
ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik va tajriba-sinov ishlarida faol ishtirok etgan pedagog xodimlarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan muassasa huzuridagi maxsus komissiyaga taklif kiritish;
pedagog xodimning malaka toifasini oshirish bo‘yicha tavsiya berish;
tanlovlar va turli musobaqalarda qatnashish uchun tarbiyachilar nomzodini tavsiya etish;
maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
maktabgacha ta’lim muassasasining istiqbol rejasini belgilash.
Pedagogik kengash qonun hujjatlariga hamda o‘z vazifalariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagogik kengash quyidagilarga majbur:
maktabgacha ta’lim muassasasi ish rejasi bajarilishini ta’minlash;
pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb masalalarni muhokama qilish;
ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha berilgan har qanday taklifni qabul qilish va ko‘rib chiqish;
ta’lim-tarbiyaga oid munozarali masalalarni muhokama qilish va yakuniy qaror qabul qilish;
zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha pedagogik izlanishlarni va ijodiy tashabbuskorliklarni qo‘llab-quvvatlash;
ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilishning turli shakl va uslublarini muhokama qilish va amaliyotga tatbiq etish;
pedagog xodimlarga maktabgacha ta’limga oid normativ-huquqiy va metodik hujjatlarning etkazilishi va tushuntirish ishlarining olib borilishini nazorat qilish.
Pedagogik kengash qonun hujjatlariga hamda o‘z vazifalariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
|
| |