• Foydalangan adabiyotlar
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    Download 1,76 Mb.
    bet22/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

    1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va boshqarishni izohlang.

    2. Maktabgacha ta‘limni rejalashtirish va moliyaviy ta‘minlash qanday amalga oshiriladi?
    3. Shahar va tuman ta’lim muassasalarini boshqarish va metodik ta’minlash bo‘limlarining vazifalarini tushuntiring.
    4. Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik jarayonni rejalashtirishning o’ziga xosliklarini bayon eting.


    Foydalangan adabiyotlar
    1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
    2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
    3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil


    10- 11- Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rejalashtirish – iqtisodiyotimizning asosi
    Reja

    1. Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rejalashtirish iqtisodiyotimizning asosi ekanligi.

    2. Rejalashtirishning asosiy bosqichlari va turlari.

    3. Smeta – Davlat moliyaviy hujjati sifatida.

    4. Maktabgacha ta’limni tashkil qilish va boshqarish printsiplari.



    Tayanch tushunchalar: xalq xo’jaligi, smeta, rejalashtirish, iqtisodiyot,moliyalashtirish, byujet tashkiloti.
    Xalq xo’jaligini ilmiy asosda rejalashtirish iqtisodiyotimizning asosi ekanligi
    Respublika xalq xo’jaligi rejasi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarini loyihalashtirish, rejalashtirish belgilanadi. Makgabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda iqtisodiy va sotsial rivojlanish rejasini ishlab chiqadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi yo’nalishi bo’yicha faoliyat natijalariga ehtiyojni aks ettiruvchi va bolalarning o’rtacha yillik sonini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilidigan nazorat raqamlari, ko’rsatkichlari, byudjet va tarmoq moliya normativlari orqali muassasani tutib turish va rivojlantirishga ajratilgan byudjet va tarmoq mablag’lari maktabgacha ta’lim muassasalari byudjet hisobiga yoki shu bilan ta’minlashning tarmoq manbalari hisobiga tushirilishining davlat buyurtmasi:

      • pul bilan ta’minlashning byudjetga tarmoq normativi;

      • ish haqi jamg’armasi normativi daromadlarini taqsimlashning birinchi usulidir;

      • ishlab chiqarish va sotsial rivojlanish jamg’armasi normativi;

      • valyuta ajratmalari jamg’armasi normativi, maktabgacha ta’lim muassasasi reja, moliya, mehnat intizomiga va pedagogik mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishga majburdir.

    Rejalashtirish. Respublika Xalq ta’limi Vazirligi O’zbekiston Respublikasi Iqtisod instituti, Moliya, vazirligi, Sog’liqni saqlash Vazirligi, Davlat standartlari tomonidan ishlab chiqiladi.
    Ilmiylik printsipida Xalq xo’jaligi rejasiga asoslanib, Xalq ta’limini ilmiy nuqtai nazardan davlatimiz tomonidan ko’rsatib berilgan qonun, qaror, direktiv yo’l-yo’riqlari asosida rejalashtirishdir.
    Joylarning tashabbuslari bilan idora, jamoa tashkilotlari.
    Maktabgacha muassasa erdan, suvdan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, aholiga ijtimoiy sohasini rivojlantirish, mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni va maktabgacha ta’lim muassasasi huquqi doirasidan tashqariga chiqadigan boshqa sohalari bo’yicha o’z rejasini xalq deputatlari soveti bilan muvofiqlashtiradi.
    Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi byudjet yoki tarmoq moliya printsipi asosida faoliyat ko’rsatadi.
    Maktabgacha ta’lim muassasalari pul bilan ta’minlashning hisob birligi sifatidan o’rtacha yillik hisobda bir bola olinadi. Byudjet yoki tarmoq moliya normativlari vazirlik va idoralar tomonidan o’z tasarufidagi muassasalar uchun xalq ta’limi vazirligi, moliya vazirligi, Iqtisod instituti ishlab chiqqan metodik tavsiyalarga muvofiq ishlab chiqiladi.
    Maktabgacha ta’lim muassasasi qo’shimcha pul mablag’lari quyidagilardan shakllanadi.

    1. Bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat uchun moddiy harakterdagi tizimlar.

    2. Davlat, jamoat korxonalari va axoli buyurtmasi bo’yicha tuzilgan shartnomalar.

    3. Bo’sh to’rgan yordamchi xonalar, inshootlar, uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablag’lar.

    4. Ixtiyoriy badallardan, davlat, jamoa korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek, ayrim fuqarolardan tushgan moddiy qiymatlar.

    5. Boshqa tizimlar.

    Quyidagi jamg’armalar shakllanadi:
    a) ish haqi jamg’armasi va sotsial rivojlanish;
    b) ishlab chiqarish;
    v) valyuta jamg’armasi.
    Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog’iston xalq ta’limi vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan yagona siyosiy printsiplarga amal qiladi. Bu byudjet, banklar, ta’minotchilar va boshqa kontraktlar, shuningdek, tasarrufida to’rgan xalq ta’limi bo’limlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oldidagi o’z majburiyatlarini vaqtida bajarilishi uchun ma’suldir.

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    Download 1,76 Mb.