• Nazorat uchun savol va topshiriqlar
  • Pedagogik kengash hujjatlari




    Download 1,76 Mb.
    bet20/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    Pedagogik kengash hujjatlari
    Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik kengash faoliyatiga oid quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

    • maktabgacha ta’lim ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limining (bo‘ysunuviga ko‘ra yuqori turuvchi tashkilotning) buyrug‘i bilan tasdiqlangan maktabgacha ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi nizom;

    • pedagogik kengashning tasdiqlangan ish rejasi;

    • pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari;

    • pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalari;

    • pedagogik kengash yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar.

    Pedagogik kengash hujjatlarining saqlanishiga pedagogik kengash raisi va kotibi javobgar hisoblanadi.
    Pedagogik kengash yig‘ilishi bayonnomalarini qayd etish daftari doimiy, tayyorlangan tahliliy materiallar va hujjatlar esa uch yil mobaynida saqlanadi hamda tegishli arxivga topshiriladi.
    Pedagogik kengash qarorlarini bajarish umumta’lim muassasasining har bir xodimi uchun majburiy bo‘lib, qarorlar ijrosining umumiy nazorati pedagogik kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.


    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
    1.Mashg’ulotlar dasturlarini muhokama qilish va tasdiqlash pedagogik kengashning vazifasimi yoki huquqimi?
    2.Pedagogik kengashni kim nazorat qiladi?
    3.Pedagogik kengash faoliyati nima asosida tashkil etiladi?
    4.Pedagogik kengashga kim raislik qiladi? Kengash raisi o’z vazifalarini bajara olmay qolsa, kim uning vazifalarini bajarib turadi?
    5.Pedagogik kengashga kimlar a’zo bo’ladi?
    6.Pedagogik kengash kotibi vazifasini kim bajaradi?
    7.Pedagogik kengash bayonnomasining kirish qismida nimalar yozilgan bo’lishi kerak?
    8.Pedagogik kengash yig’ilishlari vakolatli hisoblanishi uchun kengash a’zolarining necha qismi qatnashishi kerak, navbatdan tashqari yig’ilishda-chi?
    9.Pedagogik kengashda qaror qabul qilish qanday amalga oshiriladi?
    10.Pedagogik kengash hujjatlariga kimlar javobgar?

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




    Download 1,76 Mb.