|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 28/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumot Maktabgacha ta’lim muassasalarini frontal - yalpi tekshirishning asosiy yo’llari
Amalda nazorat qilishning asosiy turlari frontal va tematik tekshirish turlaridan foydalaniladi
Frontal tokshirishi - bu maktabgacha ta’lim muassasasi ishini hayotiy har tomonlama, atroflicha tekshirish formasidir. Ya’ni, muassasaning kadrlar sostavi, maktabgacha ta’lim programmasi talablarini bajarilishi, mudira va uslubchining ta’lim-tarbiyavny va metodik, moliyaviy-xo’jalik ishlariga, ularning kadrlar bilan ishlashi, ota-onalar va jamoatchilik bilan ish faoliyati, ish formalari, meditsina xizmati, maktab bilan aloqa, ilg’or ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish va ommalashtirish ishlarini amalga oshiruvchi tekshirish turidir.
Frontal tekshirishga barcha tipdagi maktabgacha ta’lim muassasalari, ularning kuchli yoki kuchsizligidan qat’i nazar tekshiriladi. Kuchsiz muassasalarga ahamiyatni ko’proq jalb qilishi lozimdir.
Frontal tekshirish 4 yilda bir marta xalq talimi bo’limlari (viloyat XTB, shahar, tuman XTB) tomonidan o’tkaziladi.
Frontal tekshirish o’tkazishda avval to’la-to’kis tuzilgan, tasdiqlangan tekshirish plani, unda nazarotdagi asosiy masalalar, savollar aniq yoziladi, tekshirish metodi, tekshiruvchilarning ish vazifalari, majburiyatlari va tekshirish muddati ko’rsatiladi
So’ngra nazoratchi yana bir bor maktabgacha ta’lim bo’yicha chiqarilgan qaror, ko’rsatma, buyruqlarni, pedagogik va metodik jurnallarini eng oxirgi yangi sonlarini ko’zdan kechirib, maktabgacha ta’lim programmasi talablarini yaxshilab uqib oladi, shu muassasa hujjatlari bilan tanishadi. Bu ish uchun u bu muassasada xalq xo’jaligi rejasi, bolalarning muassasaga qatnash rejasining bajarilishi analiz qilinadi. Kadrlar, ularning tuman, shahar metodik ishlaridagi qatnashuvlari, malaka oshirish ishlarini qarab, o’rganib chiqadi.
Muassasani kuchli yoki kuchsiz tomonlarini bilishda avvalgi tekshirish materiallari yaxshi o’rganib chiqiladi, kamchiliklarni yo’qotish bo’yicha qabul qilingan qarorlarni qanday bajarilganligi aniqlanadi.
Yuqoridagi materiallar bilan tanishishda nazoratchi nimalarga ko’proq axamiyat berish kerakligini belgilab beradi.
Tumanlarni nazrot qilishda, albatta, shu tuman selsovet, partiya organlari bilan, korxona va tashkilotlarga qarashli bo’lgan maktabgacha ta’lim muassasalar bilan aloqa o’rnatiladi.
Nazorat qilishni albatta mudiraning ishtirok bilan o’tkazish kerak, tashkilotlarga qarashli maktabgacha ta’lim muassasalarda esa shu korxonaning vakili qatnashadi.
Frontal tekshirish olib borishning asosiy yo’llari. Frontal tekshirish nazoratchi va brigada a’zolarining mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, brigada ishi, tartibi, vaqti bilan tanishtiriladi. So’ngra mudira muassasa haqida, nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, bog’chaning texnikaviy materiallar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar sostavi (pedagogik va xizmat ko’rsatuvchi) xodimlar bilan, ularning ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning g’oyaviy-siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat va ishlab chiqarish intizomining ahvoli, kollektivining yutuq va kamchiligi, kamchiliklar o’sishdan ko’rilayotgan tadbir-choralar xususida, tuman xalq ta’limi bo’limi va boshqa tashkilotlardan iltimoslar so’raydi.
Bu suhbat bog’cha to’g’risidagi tekshirish ishiga dastlabki ta’sirot beradi. So’ngra nazoratchi turli bo’limlar bo’yicha tekshirishi, o’rganish ishlarini boshlaydi. Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.
Maktabgacha ta’lim muassasadagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarining ahvoli va «Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya programmasi» talablarining bajarilishi, bolalarning ko’nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»;
Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar, metod kabinet faoliyati;
Tashkiliy-pedagogik va moliyaviy-xo’jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo’jalik rejalarning bajarilishi, yo’llanmalar soni, bolalarning davomati (bolalarning bog’chaga qatnashi) ishlashning bajaralishi;
Bolalarga meditsina tomonidap xizmat ko’rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;
Ota-onalarning pedagogik, maorif ishlari;
Mudiraning maktabgacha ta’lim mussasiga rahbarligi, rahbarlik uslubi. Mudira va kata tarbiyachi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga, programma talablarining bajarilishiga, ularning kontrolligi tekshirish;
Muassasininng jorriy-texnika bazasining axvoli, xo’jalik faoliyati, harajatlarni to’g’ri sarflash ishlari;
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejalarning sifatliligi. Rejalarning bajarilishi, pedagogik sovet, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yig’ilishlarini, xalq ta’limi bo’limlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilishi o’sishdan nazoratni tashkil etishi;
Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo’lga qo’yilishi, hujjatlar, ularning to’g’ri jihozlashishi va saqlanishi;
Nazoratchining tekshirish bo’yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy pedagogik sovetni o’tkazilishi;
Frontal nazorat qilishning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog’liqdir.
Nazoratchi pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o’tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha ta’lim muassasasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va muloxazalar beriladi.
Nazoratlash natijasini akt bilan izohlanadi va ma’lumotnoma tuzilib, unda konkret takliflar, mulohazalar, ko’rsatiladi. Akt 3 nusxada tuzilib, biri tuman, shahar xalq ta’limi bo’limiga, biri bog’chaga beriladi, biri talabalarning ish hujjatlari hisoblanadi.
Tematik tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishning bir qismi bo’linishi nazorat qilish formasidir.
Masalan: «Mehnat tarbiyasi», «Axloqiy tarbiya», «Maktab bilan aloqa», «O’yin» xodimlarning mehnati va hokazo.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Tekshirish yo’llari va savollari quyilagicha (mehnat tarbiyasi bo’yicha):
Guruh rejalarini uzoq muddatini hamrot olgan holda tekshirish (kvartal, yarim yillik). Maqsad: bajarilgan va bajariladigan ishlarni aniqlash;
Mashg’ulotlarni kuzatish va analiz qilishi; bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini ko’ra olish;
Kundalik hayotdagi mehnat billi ta’minlash va analiz qilish;
Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;
Bolalarning kattalar mehnatiga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;
Bolalar o’yinlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish;
Bolalar bilan individual suhbatlashish;
Bolalar ishlarini analizi, tahlili;
Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko’rish;
Guruhdagi o’quv materiallari, tekshirishi.
Nazoratchi guruh rejalarini (3-6 oylik) tekshirib, unda ko’zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo’llarini qidiradi, osondan murakablikka, oylik, perspektiv ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtirilganligi, qaysi bo’lim rejadan tushurib qoldirilganligi, ularni yuzaga keltirgan sabablarini qidirib topishi kerak.
Rejani tahlil qilishdan maqsad - dastur talablarini bajarish yo’llari, haftalik rejadagi mashg’ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg’ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko’rish mumkin.
Aniqlangan kamchiliklar o’z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik xatolar keyngi oylarda takrorlanmasin.
Mehnat bo’limini tekshirishda ko’rgazmalilik, kattalarining faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg’ulotlarni kuzatish. Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko’rishda katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida - tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg’ularini uyg’ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko’ra olishga, kuzata olishga, tanish bo’lgan voqea va xodisalarni solishtira olish malakalarini o’stirish, ko’rganlariga yakun yasay olish, fikrlash qobilatlarini o’stirishni tarbiyalash.
|
| |