• Foydalangan adabiyotlar
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    Download 1,76 Mb.
    bet24/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

    1. Maktabgacha ta’limni rejalashtirishning asosiy bosqichlarini yoritib berish.

    1. Rejalashtirish turlariqanday?

    1. Xalq xo’jaligi rejalari loyihalarini tuzish taritibi qanday?

    2. MT - tomonidan rejalashtirish asoslari nimalardan iborat?

    3. Smeta nima?

    4. Smeta harajatlarini tuzish taritibi qanday?

    5. Mavsumiy va yozgi sog’lomlashtiruvchi smetalari qanday va kim tomonidan tuziladi?

    6. Metod va stil nima?

    7. Boshqarish printsiplari nima va ularni yoritib bering.

    8. Boshqarish usuli nima?

    9. MTMda bu prinniplardan foydalanishning ahamiyati nimalardan iborat?



    Foydalangan adabiyotlar
    1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
    2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
    3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
    12-Mavzu: Nazorat qilish, davlat nazorati – xalq ta’limi bo’limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim formasi. Nazorat qilishning vazifalari..
    Reja

    1. Nazorat qilish - Davlat nazorati, xalq ta’limi bo’limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim shakli ekanligi.



    1. Nazorat qilishning maqsadi, vazifalari va unga qo’yiladigan talablar.

    2. Nazorat qilishga tayyorgarlik va uning bosqichlari.

    3. Nazorat qilishning usul va uslublari.

    4. Maktabgacha ta’lim muassasalarini frontal - yalpi tekshirishning asosiy yo’llari.

    5. Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari.



    Tayanch tushunchalar: nazorat, davlat nazorati, tekshirish, yalpi takshirish,tematik tekshirish, AKT tuzish. Patronaj – bolalar sog’lig’ini doimiy ravishda kuzatib boruvchi hujjatdir. Aktual – dolzarb, muhim, istiqbol reja – maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayonini 1 yoki 3 oyga mo’ljallangam ish rejasi.Frontal – muassasa ishini har tomonlama butunlay yalpi tekshiruv.Tematik – tarbiya yoki bo’limning ma’lum bir qismini tekshirish. Hisobot – kundalik yozuv.
    Nazorat qilish - Davlat nazorati, xalq ta’limi bo’limlari tomonidan rahbarlikning eng muhim shakli ekanligi
    Nazorat qilish deganda - Davlat nazorati, xalq ta’limi bo’limlari tomonidan rahbarlikning tekshirish shakllariga aytiladi.
    Bu - Mustaqil Davlatimizning qaror, xukumat, ko’rsatma, yo’l-yo’riqlarini, «Xalq ta’limi to’g’risidagi qonun» asoslarini bajarilishini, xalq ta’limi yoki tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta’lim ahvolini tekshirish, shuningdek, maktabgacha ta’lim bilan bog’liq bo’lgan ariza, imkoniyat, iltimoslarni tekshirishdir. Bu - «Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom», «Maktabgacha ta’lim kontseptsiyasi», «Maktabgacha ta’lim dasturi», «Uchinchi ming yillikning bolasi» davlat dasturlarini bajarilishi ustidan nazoratdir.
    Bu - har bir maktabgacha ta’lim muassasi ishidagi kamchiliklarni yo’qotish choralarini ko’ruvchi, pedagogik ta’lim-tarbiya, pedagogik ish sifatini o’stirishda aniq amaliy yordam ko’rsatuvchi tekshirish formasidir.
    Nazorat qilish - nazorat qilishning metodologik asosini - O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi, «Maktabgacha ta’lim Kontseptsiya»sida ko’rsatib berilgan ilmiy jihatdan asoslangan g’oyalar egallaydi.
    O’zbekiston Respublikasi Davlat xokimiyatining tizimi - Xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va uni nazorat qiluvchi printsiplariga asoslanadi. Davlat o’z faoliyatini iison va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oshira borib, xalq ta’limi bo’limlarida nazorat ishlarini amalga oshirishda asosiy negiz bo’lib xizmat qiladi. «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi» deyiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42 moddasida.
    Nazorat qilishda - qonunlarning ustunligi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy konunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo’lishi talab etiladi. Ulug’ bobokalonimiz Amir Temur aytganlaridek: «Qasrda qonun hukmronlik qilsa, shu erda erkinlik bo’ladi». Xalq ta’limi bo’limlarida - nazorat - amalga oshiradi.
    Nazoratchi - bu ma’lum sohaga tegishli qonun-qoidalarning to’g’ri bajarilishini nazorat qiluvchi shaxs.
    Rahbar faoliyatini baholovchi bosh mezon – uning ishini tashkil qila bilish kobiliyatidir. Rahbar ishini shunday tashkil qilsinki, odamlar «Ha, bu xalq farovonligi yo’lida g’amho’rlik qiluvchi va uni hamma narsadan yuksak quyuvchi rahbar, deya olsin».
    Nazorat qilishda - boshqarishni obdon puxta o’ylangan tizimini ishlab chiqish, o’tmishni ma’suliyat bilan tahlil etish - kelajak yo’lini talab borishini, o’tkir muammolarni tortinchoqlik bilan emas, balki ro’yi-rost ochib tashlash kerakligi uqtiriladi.
    «Eskicha yondashish, eskicha fikr yuritish zamonini bizlar unutishimiz lozim».
    «Bir haqiqatni hammamiz yaxshi anglab olishimiz zarur» - «Yakdillik, iymon va insof, so’z va ish birligi insonparvarlik _ biz qurayotgan jamiyatimizning tamal toshlaridan biridir» - deb uqtiradi davlatimiz rahbari, hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov «O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustivor yo’nalishlari» asarida (1992 yil).
    Bu vazifalarni to’g’ri, o’z vaqtida amalga oshirish maqsadida xalq ta’limi bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarini nazorat qilishning ahamiyati beqiyosdir.

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    Download 1,76 Mb.