Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti




Download 1,76 Mb.
bet23/81
Sana08.01.2024
Hajmi1,76 Mb.
#131995
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
MTT ma\'lumot

Rejalashtirishning asosiy boskichlari va turlari.
Rejalashtirish Istiqbol va joriy turlardan iborat.
Istiqbol rejada 10 yoki 5 yillarga mo’ljallanadi. Bu xalq ta’limi moliyaviy ekonomiya bo’limlarda va uzoq muddatga mo’ljallangan rejalarda aks etadi.
Joriy rejalashtirish. Bu har yili amalga oshiriladigan moliyaviy xo’jalik ishlaridir. Maktabgacha ta’lim muassasalari va yuqori bo’limlarning munosabati, reja, boshqarish, Davlat korxonasi birlashmasi to’g’risidagi Xalq ta’limida xo’jalik mexanizmining asosiy qoidalari doirasidagi qonunning ayrim qoidalariga rioya qilish asosida ish yuritadi. Yuqori bo’lim muassassi qonunchiligida belgilangai huquqlari doirasidagina ko’rsatma berilishi mumkin. Yuqori bo’limning muassasa faoliyatini qonunchilikka rioya qilinishi, sotsiologik mulkining bajarilishini nazorat qiladi. Muassasasining ishlab chiqarish va moliyaviy xo’jalik faoliyatini nazorat qilib va bajariladigan huquqqa ega bo’lgan boshqa tashkilotlar tomonidan manfaatdor tashkilotlarni jalb qilgan hamda 1 yilda bir marotaba kompleks ravishda amalga oshiriladi. Maktabgacha talim muassasalarining harakat smetalari muassasani saqlashga mo’ljallangan mablag’ining hajmi qaysi maqsadga sarflanishi va kvartallar bo’yicha taqsimlanishi belgilab beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Ana shu smetaga asoslanib byudjetga bolalar muassasasining moliyaviy ehtiyoji uchun pul ajratish ko’zda tutiladi va mablag’ ajratiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari vazirliklar, idoralar, xalq deputatlari sovetlari ko’rsatmasiga binoan ularga buysungan korxonalar muassasalar, xalq deputatlari tomonidan xalq xo’jaligi rejasida belgilab berilgan bolalar kontingenti doirasida tuziladi.
Ta’limni va kadrlar tayyorlashni moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi, uning ko’p variantli (byudjetdan ajratilgan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta’lim muassasalarining o’zini o’zi pul bilan ta’minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish rag’batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to’lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish mexanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashda donorlik va homiylarning mavqei kuchayib boradi.
Pullik ta’lim xizmatlari ko’rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab qo’yilgan vazifalargamuvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta’lim muassasalarining daromadlari ko’payishi ta’minlanadi.
Smeta – Davlat moliyaviy hujjati sifatida.
Smetada maktabgacha ta’lim muassasasining barcha harakatlari va bu harajatlari, manbalar, byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag’lari ko’rsatiladi.
Yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish uchun alohida smeta tuziladi. Smetaning 6 bo’limi va har bir moddasi haqida tushuncha berish. Ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar soni, muassasada bolaning bo’lish vaqti, necha soat ishlashiga, ishni turiga ham alohida etibor beriladi. Smeta harajatlarini rejalashtirish bo’yicha 1-modda «Ish haqi», 2-modda «Ish haqqiga nisbatan ajratmalar», 3-modda «Idora va xo’jalik harajatlari», 4-modda «Komandirovka va xizmat harajatlari», 5-modda «O’quv o’rganuv, kutubxona va o’yinchoqlar sotib olish», 8-modda «Ovqatlantirish harajatlari», 12-modda «Asbob-uskuna va invertarlar sotib olish», 16-modda «Bino va inshootlarning kapital remonti», 18-modda «Boshqa harajatlar»i kiradi.
8-modda bo’yicha taomnoma tuzish.
Bu moddada bolalarni ovqatlantirishga mo’ljallangan mablag’lar kiritiladi. Bu mablag’larning miqdori bitta bolaga kunlik ovqatlanish uchun belgilangan pul normasi va yil davomida ovqatlantiriladigan tushumlar soniga qarab belgilanadi. Bunda bolalar bog’chalarining turi, ishlash soati albatta hisobga olinadi. Ovqatlantirish meyori sog’liqni saqlash, moliya va xalq xo’jaligi vazirligi tomonidan belgilab beriladi. Ovqatlanishga ajratiladigai mablag’ mikdorini aniqlash uchun bir bolaga kuniga sarflanadigan ovqat qiymatini turli uzunlikdagi maktabgacha ta’lim va yasli guruhlari bo’yicha jami bola kuniga ko’paytirish kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasining smetasiga bog’cha xodimlarining ovqatlanishi uchun mablag’ ajratish ko’zda tutiladi. Bu xalq ta’limi bo’limlari, moliya bo’limlari tomonidan alohida ro’yxat bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda xodimlar haq to’lash hisobiga bolalar muassasalarida ovqatlanishlari mumkin. Smeta amal qiladigan yil va muassasa qaysi byudjet, mablag’ bilan ta’minlanishi yozib qo’yiladi.
Smetada maktabgacha ta’lim muassasasining barcha harajatlari va bu harajatlar qorejaadigan manbalar: byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag’lari ko’rsatiladi.
Yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish sarflari maktabgacha ta’lim muassasalarining harajat smetasiga kiritilmaydi. Bunday tadbirlar o’tkaziladigan xollarda ularni amalga oshirish bilan bog’liq qo’shimcha harajatlar uchun alohida smeta tuziladi. Shuningdek, bolalar bog’chalarida ota-onalar mablag’i hisobi bo’yicha ham alohida smeta tuziladi.
Smeta byudjetidagi klassifikatsiyalangan harajat moddalari Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo’yicha tuziladi. Smetada muassasa kelasi yilga hisoblab chiqqan jami hamda alohida moddalar bo’yicha harajatlar summasi joriy yilga tasdiqlangan harajatlar summasi bilan va smeta qachon tuzilayotganiga qarab o’tgan davrdagi haqiqiy harajatlar mikdori bilan kiritilgan o’zgartishlar hisobga olingan xolda taqqoslab keltiriladi.
Ko’rsatilgan ma’lumotlarni taqqoslashda smetani ijro etish jarayonida yuz bergan chetlanishlarni aniqlash, bu chetlanishlarning sababini topish, shu asosda kelasi yilgi harajatlar mikdorini to’g’ri belgilash kerak.
Maktabgacha bolalar muassasalari smeta tuzish vaqtida yana kelasi yilgi muassasaning ish ko’rsatkichlari (guruh va bolalar sonining ortishi, bolalarning muassasada bo’lish vaqti va hokazolar) bo’yicha o’zi bo’ysungan yuqori tashkilotning ko’rsatmalariga amal qiladi. Smetada kiritilgan harajatlar smeta blankasiga keltirilgan hisob-kitoblar bilan asoslangan bo’lishi shart.
Smetaga hisob-kitoblar bilan birga maktabgacha ta’lim muassasasi egallagab to’rgan bino xaqida umumiy ma’lumotlar (uning kubaturasi, maydoni, isitish sistemasi, vodoprovod, kanalizatsiya mavjudligi) va muassasaning va ko’lamiga oid ko’rsatkichlar (guruh, bolalar soni va hokazolar) ham keltiriladi. Smetaga maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog, meditsina va boshqa xodimlari tarifikatsiya ro’yxati albatta ilova qilinishi shart. Mazkur ro’yxat ikki nusxada tuziladi.
Smeta loyihasi tegishli ilovalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan belgilangan muddatda yuqori tashkilotlarga ikki nusxada, zarur bo’lgan xollarda esa uch nusxada tuziladi.
Yuqori tashkilot maktabgacha ta’lim muassasasining smetasini qabul qilib olgach, eng avvalo, smetaning to’g’ri tuzilganligini aniqlaydi. Smetada barcha grafalar to’lg’azilgan, alohida moddalar bo’yicha harajat summalari tegishli hisob-kitoblar bilan bog’langan, binoning kubaturasi va maydoni to’g’ri ko’rsatilgan, shuningdek, unga xodimlarning tarifikatsiya ro’yxati ilova qilingan bo’lishi kerak.
Barcha hisob-kitoblarga qarab chiqilgandan so’ng har bir modda bo’yicha harajatlar aniqlanadi va byudjet hisobidan qorejaadigan harajatlar byudjetda aniq maqsadlar uchun ajratilgan summaga teng holga keltirilgandan keyin maktabgacha ta’lim muassasasining smeta blankasiga jami harajatlar (alohida modda bo’yicha va hammasi), shuningdek, byudjet hamda ota-onalar mablag’i hisobiga qorejaadigan harajatlar jami kvartallar bo’yicha tasdiqlangan taqimotga binoan taqimlab yozib qo’yiladi. Smeta yuqori tashkilot tomonidan qabul qilingandan keyin maktabgacha ta’lim muassasasi harajatlari va ota-onalardan tushadigan mablag’ni kvartallar bo’yicha taqsimlab, hisob-kitob qilib qo’yadi.
Harajatlarni taqsimlashda ba’zi harajatlarning mafsumiy harakterda bo’lishi (yoqilg’i tayyorlash, sabzavot jamg’arish, remont ishlari va hokazolar) hisobga olinishi shart. Boridi-yu, bolalar sonini ko’paytirish ko’zda tutilgan bo’lsa, bu bilan bog’iq sarflar (ish xaqi, bolalarni ovqatlantirish na hokazo) tegishli kvartallar harajatlar miqdorida o’z ifodasini topishi kerak. Smetaning bir nusxasi muassasaga, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotda qoladi, uchinchi nusxasi esa markazlashgan buxgalteriyaga, qishloq sovetiga, moliya bo’limi va boshqalarga xavola qilinadi.
Smetaning tasdiqlanishi smeta blankasi yuz tomonidagi maxsus yozuvi bilan rasmiylashtiriladi. Mazkur yozuvda harakatlarning jami summasi xodimlarning ish haqi fondi, smeta tasdiqlangan kun ko’rsatiladi. So’ngra smetani tasdiqlagan yuqori tashkilot boshlig’i imzo chekadi va uning imzosi idora muxri bilan mustahkamlanadi. Smetani tasdiqlagan tashkilot unga o’zgartirish kirita oladi. Bu o’zgarishlar yuqori tashkilotning muassasaga yuborgan maxsus yozishmasiga asosan rasmiylashtiriladi.
Ishlab-chiqarish ko’rsatkichlarini aniqlash. Maktabgacha ta’lim bolalar muassasalarining harajatlar xajmi asosan undagi guruhlar va bolalar soniga, har bir bolaning bolalar muassasasida qancha vaqt bo’lishiga bog’liqdir. Bunda bolalar soni va ularning har biri bolalar muassasasida qancha vaqt bo’lishiga oid ko’satkichlar turli muddatdagi (9-10 soat, 12-14 soat va 24 soat) maktabgacha ta’lim va yasli guruhlari bo’yicha alohida to’lg’aziladi. Muassasada sanatoriya guruhlar mavjud bo’lsa, ulardagi bolalar soni ham alohidagi ko’rsatiladi. Bu bo’limda guruhlar va bolalaring yil boshidagi, yil oxiridagi hamda o’rtacha yillik soni ko’rsatiladi. Rejalashtrilayotgan yil boshida maktabgacha ta’lim muassalarida smeta tuzilayottan vaqtda haqiqatda mavjud guruhlar miqdori va bolalarning ro’yxatdagi soni beriladi. Bu yuqori tashkilot yo’llanmasi bilan muassasaga qabul qilingan bolalarning hammasi tushuniladi. Agar joriy yil smetasida bolalar muassasasini kengaytirish ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda «Yil boshida» grafasida guruhlar miqdori na bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi ehtimol bo’lgan o’zgarishlar beriladi. O’zgarmasa «Yil oxirida» grafasiga ham yil boshidagi ma’lumotning o’zi yoziladi. Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta’lim bolalar muassasasida bo’lgan kunlar soni, odatda, davomat tabelidagi ma’lumotlarga suyanib, shuningdek, o’tgan yillar rejai ijrosini analiz qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan bog’chada qancha vaqt bo’lganligiga qarab aniqlanadi.
Mavsumiy maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlashga oid smetalarni tuzish.
Mavsumiy maktabgacha ta’lim muassasalarining smetalari muassasaning qancha muddatga ochilishini hisobga olgan holda doimiy maktabgacha ta’lim muassasalari smetalari kabi tartibda tuziladi. Mavsumiy muassasalarda ish haqi fondini hisob-kitob qilgan vaqtda xodimlarning navbatdagi ta’tili uchun yoki foydalanilmagan ta’tillariga kompensatsiya to’lash uchun mablag’ ko’zda tutilishi kerak. Buning uchun har bir oy uchun tegishli ta’til kunlari soniga ko’paytiriladi.
Yozgi sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish uchun ketadigan harajatlar.
Yozgi sog’lomlashtrish tadbirlari vazirliklar va idoralari tomonidan ular uchun ittifoq byudjetida sotsialmadoniy tadbirlarga ajratilgan mablag’ doirasida, ittifoqchi respublikalarda esa respublika byudjeti doirasida amalga oshiriladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida yozgi sog’lomlashtirish tadbirlari, shuningdek, rag’batlantirish fondi hisobiga ham o’tkazilishi mumkin. Yozgi sog’lomlashtirish smetasi alohida tuziladi. Bunda ovqatlantirish normalari oshiriladi, ish vaqti uzaytiriladi yoki boqqa ko’chiriladi, ota-onalardan olinadigan haq ko’paytiriladi. Bu munosabat bilan hodimlarining ish haqi, xo’jalik xizmatlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo’shimcha harajat ko’zda tutiladi.



Download 1,76 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Download 1,76 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti

Download 1,76 Mb.