|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 26/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat qilishga tayyorgarlik va uning bosqichlari
Nazorat qilishga nazoratchining tayyorgarligi
Maktabgacha ta’lim muassasalarini tekshirish oldidan tekshiriladigan muassasalar xalq ta’limi bo’limlari tomonidan belgilanadi, buning uchun yuqori boshqarma tomonidan «Ruxsatnoma» xati olinadi. Bizning institutimiz tomonidan eca Toshkent shahar xalq ta’limi maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ma’lumotnoma yuboriladi. Bunda tekshiriladigan tuman, muassasalarning nomi, nomeri ko’rsatiladi. Keyin tuman xalq ta’limi bo’limi mudiri nomiga «Ruxsatnoma» xati olinadi.
Tekshirish shahar, xokimiyat - shahar qo’mitalari tomonidan bo’lsa, tekshirish uchun «eslatma-savollar» tuziladi, shu orqali muassasa ishi tekshiriladi.
Tekshirishi lozim bo’lgan muassasa haqida xalq ta’limi bo’limidan ma’lumot olish; Bunda nazoratchiga muassasasa haqida dastlabki ma’lumotlar berilib, MTMning xalq ta’limi miqyosida tutgan o’rni, uning butun faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan tanishiladi;
Tekshirish rejasi tuzilib, tekshirish muddati, kim tomonidan tekshirilayotganligi ko’rsatiladi (Bu talaba-amaliyotchilar uchun).
Nazorat qilishga tayyorgarlik bu - davlatimizning «Maktabgacha ta’lim» bo’yicha qaror, ko’rsatma, buyruq, instruktiv va direktiv hujjatlarini yana bir bor ko’zdan kechirib chiqishni nazoratchidan talab qiladi. Bu - «Maktabgacha ta’lim» dasturining hamma bo’limlarini yana bir bor chuqur o’rganishni talab qiladi. Shu o’rinda biz yuqorida aytib o’tilgan «Direktiv» va «Normativ» hujjat nima ekanligini tushunib olishimiz lozimdir.
Direktiv hujjat – bu farmon, farmoyish, yo’l-yo’riq, ko’rsatma, ya’ni yuqori bo’limlar tomonidam quyi bo’limlarga yoki rahbarning o’z hodimlariga bergan ko’rsatma, yo’l-yo’riqlariga aytiladi.
Me’yoriy hujjat esa - me’yorlar qoidasiga asoslangan hujjatdir.
Masalan: Bolalarning yoshi bo’yicha yosh guruhlariga to’g’ri taqsimlash, xodimlarni shtat normasi bo’yicha ishga qabul qilish, smeta bo’yicha harajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish normalari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va hokazolardan iborat.
Shuningdek, xalq xo’jalik rejalarida ko’zda tutilgan ijtimoiy maktabgacha ta’lim rivojlantirish bo’yicha asosiy ko’rsatkichlarning bajarilishi, Xalq ta’limi bo’limlari tomonidam maktabgacha ta’lim muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash, qishloq maktabgacha ta’lim xodimlariga beriladigan imtiyozlardan foydalanishi normalari kiradi.
Demak, nazorat qilishni tashkil etish, unga tayyorgarlik tekshiruvchilardan o’z ustida ko’proq ishlashni, g’oyaviy-siyosiy va ilmiy etuklikni, tashkiliy, pedagogik va metodik ishlarning mohirono o’z ishida qo’llashni talab etadi.
Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda nazorat qilishni olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar:
Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
Tekshirishning maqsadi va vazifalari to’g’risida mudirani ogohlantirish;
Ishning borishini harakterlovchi xujjatlarni o’rganish (hisobot, akt va hokazo).
Muassasa xodimlari bilan suhbat;
Maktabgacha ta’limni boshqarish ishini o’rganish, uning xolatini analiz qilish;
Maktabgacha ta’lim muassasalarining ishni tanlangan holda tekshirish;
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirishda ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash, ularni amalda tatbiq etish yo’llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Aniqlangan kamchiliklarni analiz qilish, ularni yo’qotish uchun ko’rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada muhokama qilish;
Tekshirish yakunlarn bo’yicha ma’lumotnoma yoki akt tuzish;
Bajarilgan ishlar bo’yicha boshqarma, bo’lim (amaliyot rahbari oldida hisobot berish).
Nazorat qilishning usul va uslublari.
Bu bosqichlarni amalga oshirish maqsadida biz nazorat qilishning usul va uslublarini o’rganamiz.
Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar:
Bolalar hayotini uyushtirish mashg’ulotlari, rejimning turli jarayonlarini kuzatish va analiz;
Pedagogik va moliyaviy, xo’jalik ish hujjatlarni o’rganish va analiz qilish;
Bolalar ishlarini analiz qilish:
Mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularniig bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish;
«Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislarida», ota-onalar kengashlarida ishtirok etish;
Jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashishdan iborat.
Bu usul, uslublarni qo’llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi qismi yoki muassasa moliyaviy-xo’jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga, nazoratchining mutaxasisligi va ish tajribasiga bog’liqdir.
Bu ko’p qirrali usularni qo’llash - maktabgacha ta’lim ishini har tamonlama o’rganihda g’oyat ahamiyatlidir.
Kuzatish usuli - bu pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni yo’qotish va ta’lim-tarbiyaviy ish sifatini o’stirishni ta’minlaydi.
Kuzatish - pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining ahvoliga to’g’ri baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradi.
Frontal - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan pedagogik jarayonni o’z ichiga oladi, bunda: rejali, ta’lim-tarbiya ish mazmunini va turli tarbiya ishini muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va tarbiyasini tashkil etish, o’quv-tarbiya usul va uslublarini tashkil etish, bolalarning o’yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi.
Tematik nazorat turida esa - kuzatish usuli tanlangan temaga va uning xarakteriga bog’liqdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan bo’lsa, unda tekshiruvchi mashg’ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur mazmuniga, tuzilishiga, metodikasiga chuqur ahamiyat beradi.
O’yin jarayonini kuzatayotganda - diqqatni o’yin turiga, o’yin uchun sharoit, bolalarning munosabatlariga va tarbiyachining o’yinga rahbarligiga qaratadi.
Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa qo’shimcha yoki takroriy kuzatish o’tkazish kerak.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda:
Mudiraning shu ishni to’g’ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo’jalik ishlarini bir tekisda olib berishiga, kollektiv bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko’rsatuvchi xodimlap bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarni qabul qilish tartibiga qaratish kerak.
Kuzatishda - kuzatilayotgan jarayonining, rejim jarayonlardagi aniqlilik, rejimni buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularniig axloq normalari, tarbiyachining dastur talabalarini va metodikani egallaganligi na boshqalarga ahamiyat berish kerak.
Kuzatish - jarayonida shu narsa ayon bo’ladiki, tarbiyachining etarli darajadagi mutaxassisligi, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarligi, uning ishdagi tajribasi sayozligi, bolalar kollektivini tashkil eta olmasligi, uning o’ta hayajonlanishi, tormozlanib qolish namoyon bo’ladi.
Moliyaviy xo’jalik ishdagi kamchiliklar mudiraning tartibsiz, pala-partish ish yuritishdan xam kelib chiqish mumkin.
Tahlil qilish - tarbiyachi va mudiraga qanday erdam berish va ulardan qanday qilib talab qilish kerakligini belgilab beradi.
Kuzatish turlicha harakterga ega bo’lib, nazoratchi bu jarayonlarni amalga oshirish uchun tekshirish reja-sxemasini tuzadi.
|
| |