|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 27/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotR e j a :
Har bir, ayniqsa yosh nazoratchilar uchun bunday kuzatish sxemasini tuzib ishlash - bu jarayonni puxta, mazmunli, har tomonlama keng olib borishini ta’minlaydi. Bunday kuzatish sxemasini yo’qligi tekshirishning yuzaki, mazmunsiz, ishlarga nisbatan baho berishda yuzakichilikka olib keladi. Oldindan o’ylangan rejali kuzatish _ muassasadagi ilg’or ish tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va boshqa muassasalarga tashviqot qqiladi. Kuzatishda tarbiyachi yoki mudira tomonidan xato, kamchilik qilinayotgan bo’lsa nazoratchi alohida individual kuzatishdan so’ng, ularning shaxsiyatlariga tegmasdan, shoshilmasdan, tinch holatda kamchiliklarni oldini olish choralarini ko’rsatib, tushuntirib berishi, metodik yordam ko’rsatish kerak. Agar kuzatish jarayonida bolalar sog’ligi va hayotiga xavf soluvchi xato kamchiliklar bo’lsa, u vaqtida nazoratchi aralashuviga sabab bo’ladi. Kuzatish jarayonida kuzatish daftariga yozib boriladi (Sxemaga qarab tushuntirish).
Kuzatishni yana ham mukammalroq izoxlash maksadida quyidagi usullardan foydalaniladi:
Ish hujjatlarini o’rganish;
Bolalar sog’ligini izoxlovchi materiallar;
Ta’lim-tarbiyaviy ish rejalarini o’rganish;
Tarbiyachilarning kundalik daftarlarini (ilk yosh guruhlari).
Bolalar ishlarini analiz qilish;
Pedagogik kengash, ishlab chiqarish, ota-onalar majlislarining qarorlarini o’rganish;
Moliyaviy-xo’jalik ish hujjatlarini o’rganib chiqish.
Bular muassasa haqida to’laroq tushuncha berish mumkin. Buning uchun nazoratchi - mudira, shifokor (meditsina tibbiyot xamshirasi) va tarbiyachilarga tegishli ish hujjatlarini tayyorlashlarini ogohlantiradi. Pedagogik ish hujjatlarini o’rganishda, tarbiyachi tomonidan «Maktabgacha ta’lim dasturi» talabalarini bajarilishi, didaktik printsiplardan foydalanishi, dasturning asta-sekinlik bilan murakkablashtirib olib borilishi namoyon bo’ladi.
Tarbiyachilarning kundalik daftarlaridan bolalarning o’cish suratlari, ularning qiziqishlari, dastur talabalarini egallash jarayonlarini bilish mumkin.
Bolalar sog’ligini izoxlovchi materiallar - patronaj daftari, kundalik davomat, forma №63ni tibbiyot xamshirasidan aniqlash mumkin. Shuningdek, kasallikni oldin olish ishlarini amalga oshiruvchi omillar to’g’risida nazorat ishlarini amalga oshiradi. Ta’lim-tarbiya ish rejalari dasturiga asoslanib haftalik ish rejalarining sifatli tuzilganligini, mashg’ulotlar jadvali, kvartal, istiqbol, haftalik ish rejalarning sifati, dastur maqsadini sermazmunligini, rejim jarayonlarda o’zbek xalq milliy o’yinlarini, urf-odatlarni, «Odobnoma»ning mazmundorligi, bolalarning dunyoqarashlarni o’stiruvchi omillarni yoritilishi bolalarning nutq madaniyati o’sishda individual ishlash, ota-onalar bilan individual ishlarining mavzularining boyligi bolalarning ijodiy barkamollashuvida tarbiyachining roli alohida kuzatiladi, o’rganiladi.
Pedagogik va ota-onalar kengashlarining qarorlarini o’rganish esa yillik rejadagi asosiy masalalarni, o’rganilayotgan masalalarining aktualligi, ota-onalarining qiziqishlaridan habardor qiladi.
Suhbat usuli metodi - kuzatish jarayonidagi hujjatlarni o’rganishdagi tushunarsiz bo’lgan jarayonlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Suhbat mazmuni va uning harakteri turlicha bo’lishi mumkin.
Guruhdagi bir kunlik pedagogik jarayonini kuzatish bo’yicha tarbiyachi bilan suhbat - muhokama o’tkazish;
Kuzatish natijalarini analiz qilish (suhbat-analiz).
Suhbatlar tarbiyachining tarbiya jarayonlarida qo’llagan usullari haqida ham bo’lishi mumkin. Kuzatish jarayoni tugagandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda mudira yoki uslubchi ishtirokida tarbiyachi ishiga baho beriladi. Ishdagi yutuq va kamchiliklarga ob’ektivlik bilan yondoshish kerak, bunda nazoratchi avval - tarbiyachini o’z ishi haqida tushuncha berib, ishiga baho beradi, pedagogik ish jarayonidagi yangilik yarata olish yo’llarini ko’rsatib beradi. Mudira bilan suhbatda - muassasaning moliyaviy-xo’jalik, tashkiliy-pedagogik, metodik, xodimlar bilan ishlash masalalari bo’yicha o’tkaziladi.
Muassasa vrachi yoki tibbiyot xamshirasi bilan bo’ladigan suhbat orqali bolalar sog’ligi, kasalliklarni oldini olish ishlarini o’tkazilishi hahida, vrachning ish rejasi bo’yicha suhbat o’tkaziladi.
Ota-onalar va qo’mita raislari bilan suhbat chog’ida, ularning istak-takliflari, talablari, ularning muassasaga ko’rsatayotgan yordami, bog’chaning oilada bolalarni tarbiyalashga qo’shayotgan hissalari haqida bo’lishi mumkin.
Bolalar ishlarini tahlil qilish - guruhning va faol bolalarning har tomonlama o’z ishi, bolalarning bilim, ko’nikma va malakalarini etarligini aniqlovchi omildir.
Bolalar ishlarini saqlash, bolalarning ehtiyotkorligini aniqlash g’oyat katta ahamiyatga egadir. Bolalar ishlarini tahlil qilishda ishlarining soni, mazmuni, takrorlanmasligi, dastur talablariga javob berishi muhimdir.
Bu jarayonni o’tkazishda guruh tarbiyachisining ishtiroki darkor.
Tekshiruvchi shaxs kuzatishda tarbiyachiga turli maslahatlar berib boradi. Masalan: qurish-yasash, qo’l mehnati, tasviriy faoliyat.
Yuqoridagi usullardan foydalanib nazoratchi muassasa ishini atroflicha, chuqur o’rganib chiqishini ta’minlaydi.
Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiyachisining o’zi bilan muhokama qilinadi keyin pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq va kamchiliklar, taklif va mulohazalar ochiqchasiga - oshkora holda tushuntiriladi. Kerakli yo’llanma, ko’rsatma va metodik yordam o’z vaqtida ko’rsatiladi.
Bolalarning bilim-saviyalarini, ko’nikma va malakalari bilish maqsadida guruhda savol-javob, anketa savollariga javob olish usulini ham o’tkazish muhim ahamiyatga egadir. Bu jarayon kvartallar orasidagi o’tgan vaqtda dastur talablarini bajarilganligi va tarbiyachining qay tarzda etkaza olganligi, bolalarning bilim doirasi, dunyoqarashi, ijodiy o’sishi, kabi bo’lgan murakkab psixologik-ruxiy rivojlanishi uchun eng muxim omil bo’lib xizmat qiladi.
Anketa savollari turli mavzuda - masalan jonajon O’zbekistonimiz, undagi tarixiy joylari, shahar, viloyat, tumanlarning nomlari - tarixiy atamalarining mazmuni, o’rni, ulug’ bobokolonlarimiz - Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Bobur, Abdulla Qodiriyning bebaho durdona asarlari, ular bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ham o’tkazishi mumkin.
Bu jarayonda guruh bolalariga va tarbiyachi ishiga baho berish mumkin.
Shu yo’sindagi anketa savollarini tarbiyachi, katta tarbiyachi va mudiraning bilim saviyasi, g’oyaviy-siyosiy etukligini, o’z mutaxassisligi bo’yicha bilim va malakasini aniqlash maqsadida ham o’tkazish mumkin.
Muassasada tarbiyachi bolalarni tarbiyalash va o’qitish bo’yicha qo’llanmalarni va metodikani erkin tanlash huquqiga ega (Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Nizom) deyiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z pedagogik faoliyatidagi printsiplarga og’ishmay amal qiladi:
bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lish asosiga quriladigan butun pedagogik jarayon insoniylik yo’nalishlari bilan sug’orilgan bo’lish;
psixologik-pedagogik fikr va aralash fanlarning zamonaviy yutuqlariga mo’ljallangan o’z-o’zini rivojlantirishga zo’r berish.
Nazoratchi - yuqorida bayon etilgan printsiplarni muassasada amalga oshirishini nazorat qilish va bajarishini tekshirish, qabul qilingan avvalgi qarorlarni ijrosini ko’rish maqsadida «Pedagogik kengash» ishiga qatnashadi. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning hayotiy, jismoniy va ruxiy sog’lomligi uchun, har bir bolaning yoshi va shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi emotsional va to’laqonli rivojlanishi, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishning tanlangan tizimi samaradorligi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaratishda, tarbiyaviy jarayonni psixologik ta’minlash ruxshinos yoki psixologik xizmatini yaratishni tashkil etish ishida metodik yordam ko’rsatadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida rahbar xodimlar va tarbiyachilarning pedagogik metodlar va usullarni mustaqil ishlab chiqishi va ulardan o’z pedagogik faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini yaratib berish yo’li bilan ularning pedagogik ijodiyotiga bo’lgan huquqini ta’minlaydi.
Muassasada bo’ladigan ishlab chiqarish majlislariga qatnashib - muassasasining mehnat jamoasi xalqchillik asosida o’z-o’zini boshqarish printsipiga muvofiq, uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar hal etilishi, bularning davlat va jamiyat manfaatlariga rioya qilingan holda bo’lishini nazora qiladi.
«Ijtimoiy maktabgacha ta’lim tizimi oilaviy tarbiyadan uzilib qolmasligi kerak, balki u bilan chambarchas bog’liq holdagina bolaga yordam berish mumkin». «Barcha ma’naviy qadriyatlar oilada tarkib topadi. Zero, oila doimo etnik xususiyatlarga taalluqli va etnopsixologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Oila bola tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi» deyiladi. «Maktabgacha ta’lim kontseptsiyasi»da.
Nazoratchi yuqorida bayon qilingan vazifalarin xal etish maqsadida, umumiy va guruh ota-onalar majlislariga qatnashib, bola tarbiyasi bo’yicha eng muammoli masalalarni hal etilishini kuzatadi va ilmiy asoslangan yordamni amalga oshiradi. Ota-onalarni muassasa ishiga ko’proq jalb etish maqsadida «Jamiyatimizda oilaning tutgan o’rni», O’zbekistan Respublikasi Konstituttsiyasi qonunlarida hamda oila va bola tarbiyasida davlatimiz tomonimizdan g’amxo’rlik asoslarini keng yoritib berish kerak. Bu esa muassasa ishini jonlashtirishda o’zining ijobiy tomonini ko’rsatadi.
Keng jamoatchilik bilan muassasa to’g’risida uning ishiga jamoatchilik tomonidan ko’rsatilayotgan amaliy yordam to’g’risida suhbat tashkil etadi.
Nazoratchi yuqorida ko’rsatib o’tilgan usul va metodlardan foydalanib, muassasani frontal va tematik tekshirishni amalga oshiradi.
|
| |