|
Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti
|
bet | 29/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotTematik tekshirishning maqsad va vazifalari.
Mudiraning ishini tematik tekshirishda:
a) mudiraning guruhlardagi ishlarini tekshirish. Mudira o’z vazifasida turli yosh guruhlarning hamma rolini, momentlari bilan asosida kuzatishi, analiz qilishi kerak.
Nazoratchi huddi shu ishni sifatini, amalga oshirish yo’llarini tekshiradi.
b) Sharoitni yaratilganligi; v) tekshirilgan mavzu bo’yicha pedagogik sovetda birgalikdagi muxokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlash mo’ljalarini o’stiruvchi vositalar; Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiya ishning o’zi bilan muhokama qilinadi, keyin pedagogik sovet ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif-mulohazalar ochikchasiga, oshkora holda chaqiriladi.
Kerakli yo’llanma, metodik yordam o’z vaqtida ko’rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana qkuyidagi tekshirish turlari mavjud: 1) birlamchi; 2) ikkilamchi; 3) katta tekshiruv; 4) ogohlantiruvchi tekshiruv turlari mavjud.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ishini tekshirish yakuni bo’yicha AKT tuziladi.
Bu hujjatni tuzishda - tekshirish bo’yicha olingan ma’lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim-tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy-xo’jalik faoliyatlarni kuzatish, suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o’rganib, muassasa faoliyatiga aniq, isbotlangan xulosalar chiqariladi.
Akt 3 nusxada tuziladi: birinchisi Tuman Xalq ta’limi bo’limiga, ikkinchisi bolalar muassasiga; uchinchisi esa tekshiruvchida qoladi.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
Kuzatilgan jarayon.
Kuzatilayotgan kun, yil, oy.
Ish mazmuni.
Tayorgarlik.
Bolalarning bilim, ko’nikma va malakasi.
Tarbiyachining bilim, ko’nikma va malakasi.
Qo’llanilayotgan usul va usublar.
Yutug’i.
Kamchiligi.
10.Taklif va mulohazalar.
TEMATIK TEKSHIRISH REJASI
|
Bolalar muassasasining nomi, nomeri, qaysi tashkilotga qarashliligi. Tekshirish kuni, kim tomonidan tekshirilayotganligi, qaysi yosh guruhlarida tematik nazorat o’tkazilganligi.
|
|
Bog’chadagi bolalar sostavi: umumiy soni, guruhlar soni, bolalarni yosh guruhlari bo’yicha taqsimlanish. Davomat, qatnamaslik sabablari. Bolalar sog’ligini axvoli.
|
|
Kadrlar:
-Mudira (ma’lumoti, pedagogik staji, partiyaviyligi).
-Tarbiyachi-metodist (ma’lumoti, pedagogik staji, partiyaviyligi).
-Tarbiyachilar (soni, ma’lumoti, pedagogik staji, partiyaviyligi, yosh guruhlari bo’yicha taqsimlanishi).
-Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar-enagalar (soni, ma’lumoti, mehnat staji, ishlash malakasini o’zlashtirish).
|
|
Pedagogik kollektivning g’oyaviy-nazariy saviyasini va ishlash malakalarini oshirish. «Bolalar bog’chasi ta’lim programmasi», «Bolalar mehnati» bo’limini o’rganish, o’zlashtirish. Mehnat tarbiyasi bo’yicha psixologik-pedagogik adabiyotlar soni, bolalarning mehnat tarbiyasida ulardan foydalanish. Turli mehnat turlari bo’yicha tarbiyachilarning amaliy malakalari (ayniqsa qo’l va qishloq xo’jalik mehnati turlari bo’yicha).
|
|
Kattalar mehnati bilan tanishtirish va unga nisbatan hurmatni tarbiyalash. Programma bo’yicha bolalarga berilgan ma’lumotlar hajmi. Kattalar mehnati bilan tanishtirish metodikasi: kuzatish, hikoya, ko’rgazmali kurollardan foydalanish (surat, fotografiya, albomlar, kino va diofilmlar ko’rsatish, televedenie). Bolalarning atrofdagi mehnatiga qiziqishi, intilishi, unga qatnashishga harakat qilishi. Kattalar mehnatlari bilan tanishishini rejalashtirish.
|
|
Yosh guruhlarda mehnatning turi _ mazmuni, programma talablariga muvofiqligi (xo’jalik-maishiy, qo’l mehnati, tabiatdagi mehnat). Katta va tayyorlov guruhlarda mehnatning ahamiyati, mazmunining murakkablashib borishi, bilim hajmi, bilish malakalari, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi. Tarbiyachilar tomonidan mehnat faoliyatini rejalashtirish, rejimining turli vaqtdagi individual va kollektiv mehnati.
|
|
Bolalar muassasasidagi mehnatning hamma turlari uchun sharoitni tashkil etish: mehnat uchun joy, qurollar, predmetlar, instrumetlar va mehnat uchun kerakli asboblar. Programma talablariga muvofiq va bolalarni yosh xususiyatlari va qobiliyatlariga muvofiq mehnat qurollarini saqlash, bolalarni mustaqil shug’ullanishlari uchun qulaylik yaratish.
|
|
Mehnat tarbiyasi metodikasining analizi. Toshpshiriq berish navbatchilik, kollektiv mehnati, mehnat turlari, ularni bajarishda turli priyomlardan foydalanish, tarbiyachilar tomonidan turli usullardan foydalanish: mehnatga nisbatan qiziqish, so’zlab tushuntirish, o’yin usullari, birgalikdagi mehnatda mehnat vazifalarini taqsimlash, mehnatning qanday bajarilishini nazorat qilish, ma’lumot, bolalarga yordam ko’rsatish choralari, mehnat natijasini baholash, bolalarga individual yondoshish. Kattalar bilan birgalikdagi mehnatda bolalar tomonidan ko’rsatilgan yordam.
|
|
Mehnat faoliyati protsessida tarbiyaviy maqsadlar: bolalarda mehnatga qiziqishni tarbiyalash, diqqatni shakllantirish, to’g’ri, sifatli mehnat turlari, tashkililik, bir maqsad yo’lida harakat qilish, ishni oxiriga etkazish, mehnat qurollaridan to’g’ri va ixtiyotkorlik bilan foydalanish, ishga javobgarlik, o’zaro yordamni tarbiyalash, atrofdagilarning mehnatiga hurmat ruhida tarbiyalash. Diqqatni, tushinib etishni, ishni planli boshlashni, kelishib ishlashni, kollektiv mehnatda hamma bolani biror bir foydali ish qilishini tarbiyalash. Turli yosh guruhlari bo’yicha ko’rsatilgan sifatlarni hosil qildirish, shakllantirish kichik guruhdan tayyorlov guruhigacha murakkablashib boradi.
|
|
Mehnatning o’yin bilan aloqasi. Bu aloqalarning mehnat faoliyatida, o’yin mamentlarida mehnatni o’yin formasi bilan engillashtirish, o’yin uchun turli predmetlar tayyorlash, bunda tarbiyachining roli.
|
|
Mudira va tarbiyachi-metodistning mehnat tarbiyasiga rahbarligi: rahbarlikning forma va mazmuni, yillik va oylik rejalarda aks ettirilgan, bolalar mehnatlari uchun sharoit yaratilganligi, pedagog kollektiv bilan mehnat tarbiyasi to’g’risidagi adabiyotlarni, programmani o’rganishni tashkil etish, turli yosh guruhlari bo’yicha mehnat tarbiyasini tekshirish va ko’rish, analiz qilish, planlashtirishda mehnat tarbiyasini kiritish, pedagogik sovetlarda tajriba almashish, mashg’ulotlarga kirish, o’zaro nazorat qilishni, ochiq mashg’ulotlarni tashkil etish. Konsultatsiyalar berish.
|
|
Ota-onalarga mehnat tarbiyasi xaqida ma’ruzalar, konsultatsiyalar, tegishli adabiyotlar berish, oiladagi mehnat tarbiyasi xaqida tajriba almashish, bolalar mehnati qurollari, jihozlari vitrinasini tashkil etish (yog’ochdan, kartondan, qogozdan, materialdan). Tuman ota-onalar konferentsiyasida «Maktabgacha ta’lim eshidagi bolalar tarbiyasida mehnatiing roli» xaqidagi ma’ruzalar bilan qatnashish.
|
|
Xulosa, bolalar bog’chasini baholash, ilg’or ish tajribalarini yoyish va kamchiliklarni bartaraf etish taklifini aytish.
|
|
| |