|
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 30/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat uchun savol va topshiriqlar:
Nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?
Nazorat qilishning maqsadi va vazifalarini izohlang.
Nazorat qilishda nazoratchining tayyorgarligi nimalardan iborat?
Nazorat qilishning usullarini izohlang.
Nazorat qilish bosqichlari qaysilar?
Frontal tekshirish deganda nimani tushunasiz?
Qaysi muddatlarda va qay tarzda yalpi tekshirish o’tkaziladi?
Tematik tekshiruvni izohlang.
AKT va unga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
13-Mavzu: Maktabgacha ta’limda pedagogik tizim
Reja
Boshqarishning metod va stilini aniqlash.Ta’lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy printsiplari.
Boshqarish printsiplari va ularning jihatlari.
Maktabgacha ta’limni boshqarishda – bu printsipdan foydalanishning ahamiyati.
Tayanch taushuncha:ta’limtizimi, boshqarish metodi, davlat siyosatining asosiy prinsipi, hamkorlik prinsipi, kadrlartanlash.
Har bir sohani boshqarishda avvalambor, prinsip-tamoyil, metod-usul, odil-boshqarish uslublarini bilishmiz kerak.
Printsip – ya’ni tamoyil bu – biror bir yangi nazariya yoki ta’limiy fanining asosiy natijasidir.
Boshqarish usuli – bu boshqarish g’oyasi va biriktirish yo’li bo’lib, ishlarni bajarish va ishlarning talabaga qarab shakllantirishga tushuniladi.
Boshqarish uslubi – bu shaxsning mustaxkam psixologik xarakteriga ega bo’lgan diqqat, tafakkur, idrok, sezgi, ong va boshqalar orqali boshqarishdir.
Bu tushumchalar, ya’ni printsip, metod etil o’zaro bir-birlari bilan uzviy bog’lik bo’lib, bularning xammasi kishilar o’rtasidagi munosabatlarda ko’rinadi.
Keyingi yillarda nazariya bilan amaliy boshqarish faoliyatida bir muncha klassifikatsion qarashlar yuzaga keldi.
Boshqarish usulining eng muxim belgilaridan biri bu_ ilmiylik – xususiyatidir. Faqat ilmiy nazariya bilan qarashgina boshqaruvchi shaxsga o’zining raxbarlik mexnatiga ko’p qirrali va mazmunli ish uslubini ko’rsata bilishi zarur.
Boshqaruvchi shaxs avvalo boshqarishdan oldin, albatta kerakli ilmni egallagan bo’lishi lozimdir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Xar kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniy yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi" deyiladi.
Ilmiylik - nazariya bilan amaliyot bilan bir tushunchadir. Nazariya – amaliyot bilan chambarchas bog’liqdir. Amaliyotsiz nazariya ko’r odamni eslatadi. Amaliyot – nazariya oldida yangi vazifa va savollarni qo’yadi.
Nazariya bilan amaliyotni birlashtirish natijasida ilmiy asoslangan xulosalar, ta’lim-tarbiya ishlarini yechish, tarbiya metodikasini qayta ishlab chiqishda, metodik tadbirlar tashkil etish, maktabgacha ta’limni yanada yaxshilash ishiga qaraladi.
Kadrlar tanlash va ularni yanada o’stirish – bu boshqarishning tashkiliy asosidir.
"Kadrlar tanlashda – vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’usi bugun juda katta axamiyatga egadir" –deyiladi. – "Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaslik asari". – I.A.Karimov.
Kadrlarni to’g’ri tanlashda:
sofdillik nuqtai nazari bilan;
siyosiy – ma’naviy – darajasiga;
ishga aqliy yondoshish nuqtai nazari bilan;
ma’muriy qobiliyatlari nuqtai nazari bilan.
Kadrlarni ilgari surish va ularni to’g’ri taqsimlashning moxiyati muximdir.
Kadrlarni tanlash va ularni tarbiya etish umumdavlat xarakterga ega bo’lib, bu vazifalarni xal etishni ilmiy asosda olib borish kerak.
2. Ta’lim soxasida Davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilar:
Ta’lim va tarbiyaning insonparvar demokratik xarakterda ekanligi;
Ta’limning usluksizligi va izchilligi;
O’rta maxsus, kasb xunar ta’lim yo’nalishini akademik litseyda yoki kasb xunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning xamma uchun ochiqligi;
Ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabakalashtirilgan yondashuv;
Bilimli bo’lish va iste’dodni rag’batlantirish;
Ta’lim tizimida davlat va jamoa boshqaruvini uyg’unlashtirish.
Bu ustuvor printsiplarga tayangan xolda Maktabgacha ta’limni boshqarishda:
Demokratik xalqparvarlik asosida, bunda O’zbekiton Respublikasi Konstitutsiyasi Xalq ta’limi buyruqlari asosida ishlarni tashkil etish.
Yakka boshchilik printsipi I maksadga qaratilgan ish usuli bo’lib, maktabgacha tarbiya muassasalari yillik ish rejasini to’liq bajarishga qaratilgan ish usulidir.
Hamkorlik prinsipi: Jamoa bilan birgalikda muammolarni xal etishdir. Mutloq xamkorlik bekorga vaqt, o’tkazmaslik, tezkorlik, uddaburonlik, fikrlashuv natijalardir.
Aniqlik printsipi: Pedagogik metodik va xo’jalik ishlarni maqsadga qaratilgan xolda aniq, puxta tashkil etish, kuzatish va taxlil qilishdir.
Xo’jalikni boshqarish printsipi. Bu sistemadagi mablag’larni to’g’ri taqsimlash ish yuritishni to’gri tashkil etish va uning ustidan nazoratni tashkil etishdan iboratdir.
Tanqid va o’z-o’zini tanqid. Bu printsipda raxbar o’z ishiga nisbatan talabchan intizomli, mexnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy yondashuvi ko’zda tutiladi.
Farq qilmoq, printsipi. Ishdagi ijobiy va salbiy tomonlarni ko’ra olish, ilg’or ish tajribalarni ko’ra olishdir.
Yangilikni xis qila olish printsipi. Ta’lim soxasida o’zgarishlarni, yangiliklarni o’z ish faoliyatida qo’llay olish.
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga raxbarlik qilish soxasining metodologik asosini: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Ta’lim to’g’risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, Maktabgacha tarbiya to’g’risidagi Kontseptsiya va Nizomda ko’rsatib berilgan maqsad va vazifalarni tashkil etadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi mustaqil ravishda, o’z tashabbusi bilan o’z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga monelik qilmasa, xar qanday qaror qabul qilishga xaqlidir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi ta’lim-tarbiyaviy ishlar sifati, bolalar va ota-onalar xuquqiga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilish uchun ma’suldir.
Maktabgacha tarbiya muassasasi mexnat jamoasi xalqchilik asosida o’z-o’zini boshqarish prinspiga muvofiq uning faoliyati bilan bog’liq barcha masalalarni xal qiladi.
Ushbu mikrorayonda istiqomat qiluvchi ota-onalarga bo’sh o’rin bo’lgan taqdirda maktabgacha tarbiya muassasasini tanlash xuquqi beriladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasining faoliyati boshqa muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning normal ish sharoitlarini buzmasligi, fuqarolar xayotini qiyinlashtirmasligi va yomonlashtirmasligi zarur.
|
| |