|
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
| bet | 33/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Uslubchining ish hujjatlarini haqida gapirib bering.
2. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining ish hujjatlari nimalardan iborat?
3. O’zbekistonda maktabgacha ta’limga metodik rahbarlik qaysi tizimda olib boriladi?
4. Respublika maktabgacha ta’lim metodik kabinetining tuzilishi va vazifalari nimalardan iborat?
5. Metodik birlashma nima?
6. Seminar va seminar mashg’ulotining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
7. Mudiraning ta’lim-tarbiya jarayonlariga rahbarligi qanday olib boriladi?
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
15- Mavzu. Maktabgacha ta’limda mashg’ulotlarni kuzatish , gimnastika va harakatli o’yinlar mashg’ulotining ko’rigi, nutq o’stirish va tevarak – atrof bilan tanishtirish mashg’ulotining ko’rigi
Reja
1. Maktabgacha ta’limda mashg’ulotlarni kuzatish , gimnastika va harakatli o’yinlar mashg’ulotining ko’rigi
2. O‘yinning bola rivojlanishiga ta’siri.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish omillari
Tayanch tushunchalar:kuzatish, o’yin bola rivojlanishiga ta’siri, harakatli o’yinlar, nutq o’stirish, tabiat.
Rus pedagogi A.S. Makarenko “Bola o‘yinda qanday bo‘lsa, o‘sib ulg‘aygach ishda ham ko‘pincha, ko‘p jixatdan shunday bo‘ladi” –deb to‘g‘ri aytgan edi. A.M. Gorkiy “O‘yin bolalar yashayotgan va o‘zgartirishi ish lozim bo‘lgan dunyoni bilish yo‘lidir”-deb bejiz aytmagan.
Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi.
O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat namoyon bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o‘zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi.
O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o‘yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir chegarasi yo‘q.
Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib kamolotga etishiga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga munosabati o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir.
Bolaning aqliy o`sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o`tish kerakki narsalarni yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash xolatidan kelib chiqib, sub’ekt yyin paytida faol qapakat kilishga urinadi. CHunki u moddiy narsalarga asoslangan xarakat rejasidan tasavvur qilinayotgan. fikr yuritilayotgan jismlar moxiyatini aks ettiruvchi xarakat rejasiga utadi. Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga xayoliy kyrinishga utishida unga tayanch nuqtasi bulishi kerak, voxolanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini utovchi narsalarning aksariyatidan yyinda bevosita, ob’ekt sifatida foydalaniladi. O‘yin faoliyatida mazkur jismlar kandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar tugrisida fikrlash uchun xizmat kiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi xarakatning yakkol narsa bilan boglik jixatini aks ettiradi.YUkorida aytilganidek, narsa bilan yyin xarakatlarining takomillashuvi xarakat shakli xususiyati, boskichi kabilarni qisqartirish va umumlashtirish xisobida amalra oshiriladi. O‘yin xarakatlarining kisqarishi va umumlashuvi ularning akliy kurinishidagi mantikan izchil yigiq shaklga utishning asosini tashkil qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yin faoliyati bilan birga ta’limiy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etadilar. Maktabgacha tarbiya yoshi davridagi ta’limiy mashg‘ulotning asosiy mazmuni bolani atrof hayotdagi narsa va hodisalarning asosiy xususiyatlari bilan tanishtirish, og‘zaki nutqni lug‘at boyligi, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, grammatik tomondan to‘g‘ri so‘zlashlikka o‘rgatish, bog‘lanishli nutqni shakllantirishdan iborat, elementar mavhum tushunchalarga ega bo‘lish, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at qirqib yopishtirish, rasm, loy yoki plastilindan turli buyumlar yasash, qurilishi materiallar bilan ishlash, muzika va boshqa mazmundagi mashg‘ulotlar bolani aqliy jihatdan maktab ta’limini egallashga tayyorlash imkonini beradi.
Keyinchalik bolaning hayotiga alohida faoliyat turi kirib keladi. Bu faoliyatni shunday turiki uning bevosita maqsadi yangi-yangi informatsiyalar, harakatlar va ish-harakatlari shakllarini o‘zgartirishdan iboratdir. Sub’ektning o‘z maqsadi o‘rganishdan iborat bo‘lgan mana shunday maxsus faoliyat ta’lim jarayonidir.
Agar sizda turli o’lchamda kubiklar bo’lsa bolalar bilan quyidagi o’yinni o’ynang shunday qilingki bola o’zi qurayotgan minorasi mustahkam pishiq bo’lishi uchun paski g’shti yirik bo’lishi shartligini tushunisin minora balandlashgan sari g’ishtchalari ham maydalashib borishi lozimligini anglagan bola o’z minorasini aynan shunday quradi.Unga minora qurish jarayonida har safar g’ishtchalarning eng yirigini olishni o’rgating.Ularni taqqoslash uchun bir-biriga qo’yib ko’rish kerak.Minorani haqiqiy gishtcha-kubiklardan qurib bo’lgach,karton g’ishtlardan ham shu tartibda yasashga o’tish mumkun.Agar bolaga qo’g’irchoq berib,u minoragacha yoki zinapoyaga qanday qilib ko’tarila olishni ko’rsatsangiz,bolaning qiziqishini yanada ortirgan bo’lasiz.Shuningdek.bola shakllarini ketma-ketjoylashtirish mohiyatini ham anglab oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasiga borib o’rta guruh bolalariga “Minora quramiz” o’yinini o’ynatdim bolalar bu o’yin orqali ularning qiziqishlari juda ham ortdi.Bu o’yinda 8-ta bola o’ynashdi va o’yinda ular bir-birlariga nisbatan tezlik bilan bajarishga harakat qildilar.Keyin ular qurib bo’lgan minoralarga qo’llariga o’yinchoqlar olib kim tez olib borish o’yinni ham o’ynashdi.Ular bu o’yin orqali ham mehnat faoliyatini o’rganishadi, ham xotirasini mustahkamlashadi va ziyraklilik, tezkorlik hamda ilg’or harakatlilik hislatlarini o’zida mujassamlashadi.
“Kamalakrang pufaklar” o`yini.
Bolalar narsalarning rangiga e’tibor qilishni o’rganishlari uchun bir xil rangli narsalarni ajratishga o’rgatish maqsadida shu o’yinni taklif etish foydalidir. Buning uchun qalin qog’ozga 6-7 ta rangli tasmalarni yopishtirib qo’yish va rangli qog’ozdan doirachalar qirqib tayyorlash lozim.Tasmalar-ip,doirachalar –pufak bo’ladi.Bolaga pufaklarni ipga bog’lashni taklif eting, buni qanday qilish lozimligini ko’rsatib bering. Shundan so’ng, mustaqil ishlashlariga sharoit yaratish mumkin, faqat xatoga yo’l qo’ygan hollardagina yordamlashib turasiz.
Bolalar ”Kamalakrang pufaklar“ o’yini orqali turli ranglarni ajratishni o’rganishadi va ularni farqlashni anglashadi. Bu o’yin orqali bolalar tasavvur qilish qobiliyatlarini shakllantiradilar hamda estetik jihatdan ranglarni joy-joyiga qo’yishni farqlashadi. Shuning uchun bu o’yinni bajartirishga harakat qildim.
Tadqiqotchi A.V.YArmolenko yarim yoshlik go‘daklarda jozibali narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda go‘dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. SHu bilan birga harakatsiz ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga diqqatni to‘plash 26 sekundddan 37 sekundgacha harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi, 34 sekunddan 38 sekundgacha, xarakatdagi ko‘ruv qo‘zg‘atuvchisiga qarashi 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e’tibor berishi 49 sekunddan 88 sekundgacha ortgan.
Tajribada go‘dakning xarakatlanayotgan odamga diqqatini to‘plab turishi 4 marotaba ortgani aniqlangan.
Go‘dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning kattalarga munosabati o‘zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o‘rnini faolrog‘i egallaganidandir. Go‘dakda fazoviy tassavvurning boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita xisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o‘quvi paydo bo‘ladi.
Olimaning fikricha 3- oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo‘lishi vujudga keladi. Uch oylik go‘dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M.YU.Kistayakovskaya ma’lumotiga ko‘ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o‘giradi, xatto, qo‘rqib yig‘lab yuboradi. Bolada o‘zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog‘lanib qolishi sodir bo‘ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko‘rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo‘l-oyog‘ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to‘lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-urug‘lariga, xatto qo‘ni -qo‘shnilarga ham bog‘lanib (o‘rganib) ko‘nikib qoladi. Ta’minan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o‘yin faoliyatini boshlaydi.
O‘yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg‘ulari avval faqat kattalar ishtirokida namayon bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan uyinning o‘zi bolaga quvonch bag‘ishlaydi. Go‘dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-xarakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko‘mak berish ishtiyoqi tug‘iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o‘ta boshlaydi. Ma’lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya davri shaxsning xaqiqiy tarkib topishi (voyaga etish) davri bo‘lganligi uchun ham shunday muhim bir davrdir. Hayotning birinchi yili mobaynida bolaning tevarak -atrofdagi muhitga munosabati jiddiy ravishda o‘zgaradi. Bola katalar bilan aloqada bo‘lishi natijasida uning o‘rgatishga qarab o‘z ixtiyorlarini qondiradigan narsa bilan mustaqil xarakat qila boshlaydi. Dastlab u kattalar bilan birgalikda, so‘ngra ularning raxbarligida xarakat qiladi, undan keyin ovqat eyish bilan bog‘liq bo‘lgan xarakatlarni va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga oid ishlarni mustaqil bajara oladi. Hayotning 2 yilida kattalar bilan munosabatlarda o‘zgarish ro‘y beradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola katta odamni o‘z xulqi-atvori uchun o‘rnak deb xisoblaydi. Bola 1-yoshdan 3- yoshgacha narsalar, bilan xarakatlar qilishni egallaydi o‘yin bolaning xarakatlarini rivojlantirish va takoimllashtirishga yordam qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshida bola faoliyatining xilma-xil turlari o‘yin, mexnat rejimini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat rivojlana boradi. 2 yoshdan boshlab bolalar o‘ynaydigan bo‘lishadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning (4 yoshdan boshlab) etakchi faoliyatlarga bo‘lib o‘ynaladigan, ijodiy o‘yindir. O‘yin jarayonida bola muayyan rolььlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishadi hamda o‘yin sharoitida odamlar faoliyati va munosabatini esga keltirishadi. 3-4 yashar bolalarda birgalikda o‘ynaladigan o‘yinlar xali bo‘lmaydi. Dastlab buyum, o‘yinchoq rolььini go‘yo esga solganday bo‘ladi, sungra bola o‘yinda ixtiyoriy suratda o‘z zimmasiga ma’lum rolььni oladi. Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning kattalar tomonidan uyushtirilib, muayyan maqsadga qaratilgan ijodiy faoliyati uning taraqqiyotga qancha ta’sir ko‘rsatadi. 2-yoshda bola rasm sola boshlaydi va jon dil bilan rasm soladi. Rasm solish jarayonida uning idrok etishi aniqlashda u buyumning rangi va shaklini yaxshiroq ajrata boshlaydi, kuzatuvchanligi rivojlanadi. Bola tasavvurlayotgan narsani o‘xshatish maqsadida rasmda aks ettirish zarur bo‘lgan narsalarning belgilarini ataylab ajratib ko‘rsatadi.
Bola rasm solar ekan, rasmni so‘zlar bilan to‘ldirib, faollik bilan xarakat qiladi, u o‘z tassavvurlari asosida keyinchalik katta yosh odamlarning so‘ziga binoan rasmlar yaratmog‘i mumkin-unda ayrim narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va plastiklardan shakllar yasaydi, natijada, bola analizatorlarining rivojlantirishda hamda moslashgan va differensiyallashgan xarakatning tarkib topiishidan tashqari uning narsa shaklini, xajmini, bir o‘lchovda bo‘lishi va munosabatligini idrok etish takomillasha boradi. 3-4 yashar bola narsalar o‘rtasidagi bog‘lanishni farqlab oladi va o‘z faoliyatini planlashtiradi, bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga aylanadi
Maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati bu o‘yindir. Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmokda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalarga mansub bo‘lgan o‘zining kuchi ham etmaydigan, xaddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi.
SHuni ham aytib o‘tish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilayotgan, xayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go‘yo bir mo‘jizadek ko‘rinadi. Natijada ular ham o‘zlarining turli o‘yinlari jarayonida o‘xshatma qilib (yahni analogik tarzda) har xil hayoliy narsalarni uylab chiqaradilar (uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashqari, bolalarning turli hayoliy narsalarni o‘ylab chiqarishlari yana shuni bildiradiki, ular o‘zlarining har turli o‘yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog‘da ehtiyojlari talab qilayotgan narsalarni ham aks ettiradilar.
Bolalarning o‘yin faoliyatlarida har xil hayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol hamda ijodiy, yaratuvchan, o‘zgartiruvchan jarayondir.
Bolalar o‘yin faoliyatlarining yana bir ajoyib hususiyati shundan iboratki, o‘yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollari ko‘pincha umumiylik harakteriga ega bo‘ladi. Bunda bola o‘zining turli-tuman o‘yinlarida faqat o‘ziga tanish bo‘lgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar (bahzan kichik guruh bolalari ham) o‘zlarining o‘yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O‘rta, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik harakteriga ega bo‘la boshlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Boshqacharok qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, yahni yuksak insoniy hislatlarni tarbiyalash mumkin. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o‘zlari yolgiz o‘ynaydilar. Predmetli va konstruktorlik o‘yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o‘zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli, rolli o‘yinlarda bolalar asosan o‘zlari har kuni ko‘rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o‘yini asta–sekinlik bilan jamoaviy harakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual hususiyatlarini, xususan ularning jamoaviy o‘yinlari orqali kuzatish qulaydir. Bu o‘yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko‘proq o‘zaro munosabatlarini aks ettiradilar. SHuningdek, jamoaviy o‘yinda bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar.
Katta bog‘cha yoshida syujetli-rolli o‘yinlar rivojlanadi, lekin endi bu o‘yinlar o‘z mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o‘yinlar jarayonida bolalarda liderlik yuzaga kela boshlaydi, shuningdek tashqilotchilik ko‘nikma va malakalari rivojlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shug‘ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san`atning ham ahamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga qarab uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur hususiyatlariga baho berish mumkin. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruhiy xolatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi. Bog‘cha yoshdagi bolalar rasm chizishga ham nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o‘yin faoliyatining o‘ziga xos bir shakli bo‘lib hisoblanadi. Bola avvalo ko‘rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o‘zi biladigan, xotirasidagi va o‘zi o‘ylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqa juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aynan shunday o‘yinlarda muvafaqqiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi.
Katta Bog‘cha yoshida konstruktorlik o‘yinlari asta-sekinlik bilan mehnat faoliyatiga aylanib boradi. O‘yinda bola elementar mehnat ko‘nikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari xaqida gapirar ekanmiz, albatta ularning o‘yinchoqlari masalasiga ham to‘xtab o‘tish kerak. Bolalarga o‘yinchoqlarni berishda ularning yosh hususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini va ayni paytda ularni ko‘prok nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Ma’lumki, 1-3 yosh bolalar hali tashqi muhitni juda oz o‘zlashtirganlar. Ular hali hattoki narsalarning rangini, hajmini va boshqa jihatlarini yaxshi ajrata olmaydilar. SHuning uchun ularga ko‘g‘irchok bilan birga har xil rangli qiyqim, laxtak matolar ham berish kerak. Ayniksa, qiz bolalar o‘z kug‘irchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, ro‘mol qilib o‘ratib mashq qiladilar. O‘g‘il bolalarga esa, har xil rangli, bir-birining ichiga sig‘adigan quticha o‘yinchoklarni berish foydalidir.
O‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bo‘lgan tahlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo etarli darajada nutqni egallagan bo‘lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va elementar tushunchalarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bularga bola o‘yin faoliyati orqali erishadi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, hayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam qiladigan o‘yinchoqlar berish lozim. Bu yoshdagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ko‘zga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qilmaydilar.
Diqqat har kanday faoliyatimizning doimiy yo‘ldoshidir. SHuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati ham benihoya kattadir. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyda to‘plab, o‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga qo‘yilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun kandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning o‘sishi o‘ziga xos hususiyatga ega. Tafakkur bolaning Bog‘cha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o‘sgan bo‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha yoshidagi bolalarning juda ko‘p erkin mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik susaya boshlaydi.
Uzluksiz ta’limining dastlabki bo’g’inini maktabgacha ta’lim tashkil etadi va bu bosqich keyingi ta’lim turlariga bola ongiga dastlabki bilimlarni beruvchi “fundament” vazifasini bajaradi. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi: “ Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan”. Shu jixatdan ushbu ta’lim bosqichidagi muammolarni o’z vaqtida aniqlash va bartaraf yetish xar bir pedagoglarga muhim vazifa yuklaydi. Sog’lom bolani tarbiyalash masalasiga yurtimizda asosiy e’tibor qaratilgan bo’lib, bir necha yil nomlari ona va bolani ularni har tamonlama himoya qilishga, rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, uning yorqin misoli sifatida 2014- yilni “Sog’lom bola yili” deb nomlanishidan ham anglash mumkin. Sog’lom bolani tarkib toptirish juda ko’p omillarga bog’liq bo’lib, bolaning kamolot mezonlaridan biri uni psixikasini har tamonlama rivojlantirishdir. Bolaning psixik taraqqiyoti unda sezgi, idrok, diqqat, xotira, nutq, hayol va tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq.
Bolaning ruhiy kamolotining ko’p jihatlari nutq bilan bog’liq ravishda rivojlanadi. Chunki, bola muloqotga kirishishi ya’ni tengdoshlari va kattalar bilan bo’ladigan muloqotlari jarayonida juda ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ladi va o’zining ruhiyatini keyingi rivojlanish bosqichiga ko’tarib boradi. Shuning uchun, bola hayotining dastlabki birinchi oyidan tarbiya faqat uni parvarish qilish bilan chegaralanmasligi kerak. Bolaning ilk yosh davridan eshitish qobiliyatini tarbiyalash, shuningdek, bolaning emosional sohasi – jilmayish, kulish, va ovoz tonini uyg’otish lozim. Bularning xammasi birgalikda nutqining rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bolalarda nutq faoliyatining rivoji o’zgalar nutqini oqilona idrok qilish va tushunish imkonini yaratadi, shaxslararo muomila ko’lamini yanada kengaytiradi. Shu jihatni hisobga olib maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagoglariga qo’yiladigan asosiy talablardan biri ularning ijodkor bo’lishlari, zamonaviy texnalogiyalardan unumli foydalana olgan holda bolalar nutqini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shishlari shuning bilan birgalikda o’z kasbini yaxshi ko’rish, bolalar bilan ishlash, metodikasini ham chuqur o’zlashtirgan bo’lishi zarur. Bu jarayon bolalarning bilishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi. Bolalarni sevish pedagogning mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabatida tarbiyalanuvchi shaxsiga hurmat, unga talabchanlik bilan qarash talab etilsa, bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg’otadi, tarbiyachiga esa bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo’lishga imkon beradi.
Bog’cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko’rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlargia jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o’zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko’rgazmali-harakat va ko’rgazmali-obrazli harakterda ekanligi bilan tushimtirish mumkin. Shu tufayli ham, bog’cha yoshidagi bolalar lug’atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli uchramaydi. Bolalar nutqidagi bu hususiyatni ham mashg’ulotlar jarayonida hisobga olish zarur. Bolalarning nutqlari kattalarning nutqlaridan keskin farq qilinadi: Masalan: “r” o’rniga “l” yoki “y”, “sh” o’rniga “s” tovushlarini ishlatishlari kuzatiladi. Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun pedagogik mahorat alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda dastlabki ma’naviy – ahloqiy tushunchalarni shakllantirish bolaning dastlabki rivojlanish bosqichlaridayoq amalga oshirilishi lozim bo’lgan pedagogik talablardan biri bo’lsa, ma’naviy sifatlar: mehribonlik, to’g’rilik, vatanparvarlik, insonparvarlik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, milliy qadriyatlarga hurmat, milliy g’urur kabi va ahloq – odobga oid sifatlar: ota – onaga hurmat, salomlashish odobi, kiyinish va ovqatlanish odobi, mehnatsevarlik, uyda va jamoat joylarda o’zini tutish kabi fazilatlarni tarbiyalash jarayoni ham bolalarda nutq zahirasining yetarlicha rivojlanishini talab etadi.
Maktabgacha ta’lim mazmunini tashkil etishda bolalar nutqini rivojlantiruvchi noan’anaviy usullardan foydalanish; ularda mashg’ulotlarga qiziqishni yanada orttirish uchun har- xil integrasiyalashgan xususiyatga ega bo’lgan ko’rgazmalardan foydalanish; maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg’ulotlarni tashkil etishda doimo bolalarning tafakkur xususiyatini(ko’rgazmali obrazli, ko’rgazmali harakatli, emotsonal) hisobga olish; ta’lim jarayoni bola yoshiga mos bo’lishi yoki imkoniyatlarini hisobga olgan holda metodlarni tanlash bilan bog’liq bo’lishi; bolalarga yondashuvda logoped, difektolog, psixolog, tarbiyachi, ota – onalar o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir.
|
| |