• 22- Mavzu. MTMda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning mohiyati va mazmuni Reja
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    Download 1,76 Mb.
    bet41/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
    1. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi haqida ma’lumot bering.
    2. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etishda nimalarga e’tibor berish kerak?
    3. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish muassasasi hisoblanadi va uning asosiy vazifalarini sanab o’ting.


    Foydalangan adabiyotlar
    1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
    2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
    3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
    22- Mavzu. MTMda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning mohiyati va mazmuni
    Reja



    1. Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi

    2. MTMda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.

    3. Ta’lim va tarbiya tizimi.



    Tayanch tushunchalar:ma’naviyat,tarbiyaviy ishlar, ta’lim va tarbiya tizimi.

    Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan, demokratik huquqiy davlat qurish, kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustivor mezoni sifatida muhim rol o‘ynaydi.


    Birinchi Prezidentimiz I A Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: „Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no-mazmun bilan boyib boradi.
    Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot — bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishida o‘ziga xos ta’sir o‘tkazadi“ 1
    Bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni shakllantirish ertangi taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Mana shu ma’noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini ro‘yobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim- tarbiyani ongli ravishda idrok eta oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini yuragiga tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga, ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. 2
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishdagi asosiy tamoyillardan biri ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qituvchi va murabbiylarni yuqori malakali mutaxassislar qilib tayyorlash.Buyuk islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston sharoitida mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr taqozosidir.
    Respublikada olib borilayotgan siyosatning bosh omillaridan biri
    ham teran fikrlovchi, mustaqil dunyoqarashga ega, iqtidorli shaxslarni kamol toptirish va tarbiyalashdan iborat. O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda amalga oshiriladi. Ammo tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari mavjud. O‘quv tar- biyaviy jarayonining uzviyligi maktab oldiga qo‘yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘langandir.
    Yoshlarning kundalik ehtiyojlari, intilishlari, talab va qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilan qoniqtirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi. Yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish orqali ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanni cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptiradi.
    Ta’lim va tarbiya tizimi: Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi —bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
    A. Karimovning ta’lim tizimidagi islohotlari va barkamol insonni ma’naviy tarbiyalash masalalari Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan texnologi- yalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi amlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida takomillashtirishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog‘liq. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Bu haqda Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov shunday deydilar: „Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir“.3
    O‘zbekiston Respublikasida jahonning rivojlangan mamlakatlari kabi ta’lim-tarbiyani ivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy tarbiya tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga mustahkam zamin yaratilmoqda. Endilikda mamlakatning iqtisodiyoti, insonlar hayoti va jahon hamjamiyatidagi o‘rni axborot-texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
    Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, fan- texnika yangi soha va bo‘limlarining taraqqiy etishi tufayli uning differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan,
    fanlar orasida integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda.
    Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo‘ladi. Va har qaysi inson Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini avvalo o‘zi uchun, oilasi, millati va xalqi, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas.
    Shunday ekan, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish bosh g‘oya, shu g‘oyaning yetakchi targ‘ibotchisi, tarbiyachisi o‘qituvchi hisoblanadi. Erkin fuqarolik, huquqiy demokratik jamiyat qurishda ta’lim-tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan yana bir muhim hayotiy omil — bu ta’lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllan tiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday
    bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq.
    Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi.
    Shunday ekan, yosh avlod tarbiyasida komil inson taqdiri turibdi. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish —O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir.
    Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda yetilgan.
    Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jiðslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning benihoya go‘zalligidan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi.
    Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim-tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon haqiqatdir.
    Birinchi Prezidentimiz I. Karimov „Tafakkur“ jurnali bosh muharriri E. A’zam bilan suhbatda ulug‘ alloma Abdulla Avloniyning „Tarbiya — biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasi, jamiyatimizning ertangi taqdiri farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog‘liq“ degan fikrini alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
    Chunki buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy barkamollik „hayot qonuni ilmini idrok etish“ demakdir. Ilmning har qanday ko‘rinishi esa ta’lim-tarbiya orqali ustoz-muallimlar boshchiligida beriladi. Ushbu ma’noda umumta’lim maktablari mazkur masalani hal qilishda asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Umumiy ta’lim oldiga qo‘yilgan muhim masala umuminsoniy va milliy
    qadryatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik g‘oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi asosida yoshlarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishdan iboratdir.
    Shu o‘rinda birinchi Prezidentimiz „Tafakkur“ jurnali muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda shunday degan edilar: „Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Kelajakda O‘zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qildirishi lozim. Donolarning aytishicha, inson o‘z umri davomida uch yumushni bajarishi: ko‘chat o‘tkazishi, uy qurishi, farzand tarbiyalashi kerak. Lekinmen oxirgi yumushni, albatta, birinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lar edim. Ko‘chat o‘tkazish mumkin, uy qurish mumkin, ammo o‘zingdagi eng yaxshi xususiyatlarni farzandlaringga singdirsangva ular sendan ko‘ra yaxshiroq va aqlliroq bo‘lishi uchun hamma ishni qilsang, bu maqsadni har qancha hurmat qilsa arziydi, deb hisoblayman“.4
    Biz barkamol avlod yoki bilimli shaxs deganda ma’naviy dunyosi boy, aql-zakovatli, savodli, hayot tajribalarini to‘g‘ri o‘zlashtirgan shaxsni tushunamiz. Bugungi kunda yosh avlodning bilimli bo‘lishining o‘zi yetarli emas, shu bilan birga, ular zimmasida insoniylik, mehribonlik, samimiylik kabi fazilatlar bo‘lishi kerak. O‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, ajdodlarimiz ilmiy salohiyatiga, ular qoldirgan boy tarixiy, ma’naviy-madaniy merosga havas bilan emas, balki hayrat bilan qaraymiz.
    Ajdodlarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l biz uchun ibrat va tarbiya manbayidir. Mustaqillik bizga ma’naviy mulkimizni, ulug‘ bobolarimiz ruhini shod etish imkonini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli o‘tmish tariximizga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi. Bobolarimiz merosini o‘rganib idrok etmoqdamiz.
    Ulug‘ bobo- kalonlarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Xoja Ah- mad Yassaviy, Xoja Bahovuddin Naqshband, Najmiddin Kubro kabi allomalarimizning insoniy ma’naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlari qaytadan jaranglay boshladi.
    Bugungi kunda avlod-ajdodlarimiz tarixi tiklanayotganligi mustaqilligimizning ajoyib samarasidir. O‘tmishni o‘rganish va undan foydalanish bilan insonlarning ongi shakllanadi. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Shu ma’noda yurtboshimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlarini keltirish joizdir: „Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftixorini tiklash va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi“. Ajdodlar xotirasini pok tutish ularning tarixiy an’analariga, vasiyat va o‘gitlariga, milliy qadriyatlariga, axloqiy-ma’rifiy qarashlariga, avlodlarga qoldirgan madaniy merosiga sodiqlik va shularga amal qilish demakdir. Mustaqillik — bu bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas ma’naviyatdir. Ma’naviyat tushunchasi juda keng qamrovli. Ma’naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj emas, siyosiy zaruriyat ham emas. 5
    Ma’naviyat insonning o‘z mohiyati oldidagi mahsulligidir. I. A. Karimov ma’naviyat tushunchasini quyidagicha izohlaydilar. „Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga horlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir“. Milliy va dunyo madaniyatlarining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish o‘sib kelayotgan avlodni,zamonaviy yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning asosi bo‘lmo-
    g‘i lozim.
    Zero birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, „Biz quradigan jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini va erkinligini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak“. Demak, ta’lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish umumiy
    ta’lim maktabi o‘quvchilarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muhim omilidir. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Yuksak ma’naviy madaniyatli insonda vatanga muhabbat, samimiy do‘stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mustahkam e’tiqod, iymon, nafosat, axloqiy madaniyat singari fazilatlar mujassamlashadi. Uning sifat darajasi kishilarning muminsoniy va milliy qadriyatlarga, xalqning ma’naviy merosiga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
    Bugungi kunda hur va ozod xalqimiz barcha xalqlar va davlatlar tomonidan yaratilgan ma’rifatda, fan va texnikada, madaniyat va san’atda nimaiki yangi va ilg‘or jihatlar bo‘lsa, shunga dadillik bilan intilmoqda. O‘zbek diyorida, tarixda ko‘p marta bo‘lganidek, yana yangidan o‘zimizning betakror va ilg‘or, iqtidorli va eng muhimi, insonlarga kerakli qadriyatlarimiz barpo etiladi. Ma’naviy madaniyatning negizi hisoblangan umuminsoniy va milliy qadriyatlar shaxslar ijtimoiy tuzumiga munosabati, turli ma’rifiy ma’naviy g‘oyalar, tushunchalar, qarashlar, tasavvurlar tizimining mahsulidir. Ma’naviy madaniyatning mohiyatini namoyon etuvchi obyekt shaxs hisoblanadi.
    Birinchi Prezident Islom Karimov aytganlaridek, „Inson o‘z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qayerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega. Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi.
    Shu nuqtayi nazardan qaraganda, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz“. Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-barangligini o‘z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko‘ramiz.
    Mana shu o‘rinda, aytish joizki, yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini bolalik
    paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflardan boshlab murg‘ak qalblarda axloq-odobga oid sodda tushunchalardan boshlab, sekin-astalik bilan milliy qadriyatlarimiz elementlarini singdirib borish katta ahamiyatga ega, ular ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zbekona ibratomuz urf-odatlarimizdan xabardor bo‘lib boradilar. Insoniy fazilatlarni kichik hikoyalar, tanbehlar va rivoyatlar orqali anglab, axloqan tarbiyalanadilar. Salbiy xislatlardan o‘zlarini saqlab, ota-bobolarimizdan meros qolgan udum va qadriyatlarni tiklashga, amal qilishga hissa qo‘shishga intiladilar. Bu esa ularning milliy mafkuramizning asl mohiyatini tushunishga olib keladi. Eng asosiysi bizning davlat demokratik tamoyillarga asoslangan hol-
    da, barcha mafkuralarning yashash huquqini ta’minlovchi institut sifatida ish ko‘rishini tushunib yetadilar. Shu sababli ma’naviy qadriyatlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga kiritib, yoshlarni axloqan pok va ruhan tetik, sog‘lom aqlli qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir. Bu masalalarni hal etishda ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish asosiy vazifamiz hisoblanadi. Buning uchun tarbiyaviy ishlar tizimida sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning shakllari va mazmunini tubdan yangilash, o‘quvchilarning qiziqishlari va
    ota-onalarning xohish-istaklari asosida to‘garaklar tashkil etish, milliy hunarmandchilik, badiiy-estetik yo‘nalishlardagi to‘garaklarni ko‘paytirish, yoshlarda sog‘lom turmush tarzi hamda faol hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’lim mazmuni bevosita shaxsga yo‘naltirish va ta’lim oluvchilarning shaxsiy ijodiy qobiliyatlarini boyitish, mavjud imkoniyatlarini rivojlantirishda ularning qiziqish va ishti- yoqlarini hisobga olgan holda ta’limni ijtimoiylashtirish, individuallashtirish, insoniylik va insonparvarlik, bolalar va o‘smirlarning jismoniy, intellektual, ma’naviy-axloqiy, estetik, kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish, ta’limni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish va ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish zarur

    Download 1,76 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    Download 1,76 Mb.