|
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 43/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat uchun savol va topshiriqlar:
1.Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishning mazmun mohiyatini tushuntiring.
2. Kundalik mashg’ulotlarni rejalashtirishda nimalarga e’tibor beriladi?
3. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining yillik, oylik va kundalik ish rejalari qanday tuziladi?
4. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining ish yuritish hujjatlariga nimalar kiradi?
5. Ertalabki va kunning ikkinchi yarmida qanday mashg’ulotlar olib boriladi?
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
24-Mavzu: Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining boshqarish mohiyati.
Reja
1.Maktabgacha ta’lim mussasining ish hujjatlari.
2.Maktabgacha ta’lim mussasining mudirasining ish hujjatlari
Tayanch tushunchalar:rahbar, hodim, tashkilot,muassasa, buyruqlar, tarbiyachi vazifalari, intizom.
Ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni yaratish - MTM raxbarining mahorati, bilimi va tajribasiga bog‘liq. Buning uchun har bir raxbar tinimsiz izlanib, moliyaviy, xuquqiy – me’yoriy xujjatlarni o‘qib o‘rganishi lozim.
Raxbar aqlli, tajribali, o‘z ishini bilimdoni bo‘lgan mutaxasislarga tayanmog‘i, ularning fikriga quloq solmog‘i va shunga asoslanib xulosa chiqarmog‘i lozim.
Raxbar nafaqat boshqaruvchi, balki malakali pedagog bo‘lishi lozim. Xodimlarga talab qo‘yishdan avval, o‘zi sohani mukammal bilishi, islohatlar mohiyatini, ta’lim yangiliklarini chuqur anglashi hamda tushinishi shart. Xodimlarga ilg‘or pedagogika va axborot – kommunikatsiya texnalogiyalari, interfaol usullaridan foydalanish borasida shaxsiy namuna ko‘rsata olish kerak.
Hozirgi davrda maktabgacha ta’lim muassasalariga yuqori tashkilot-larning ko‘rsatma va direktiv hujjatlardagi vazifalarni ko‘r-ko‘rona bajaradigan rahbarlar emas, balki o‘z faoliyatiga va har bir ishga ijodiy yondoshadigan, yangi tafakkurdagi zamon talabiga javob bera oladigan, pedagogika, psixologiya, ta’lim muassasasini boshqarishga oid bilimlarga ega bo‘lgan va ulardan tajribada mohirona foydalana oladigan, shuningdek, mukammal shaxsiy fazilatlarga, o‘ziga xos hususiyatlarga, boshqaruvchilik qobiliyatiga, muayyan muomala madaniyatiga, imon-e’tiqodga ega, his-tuy-g‘ularni anglay oladigan, fidoyilik, ijtimoiy faollik, tashkilotchilik va tadbirkorlikka layoqatli raxbarlar kerak.
Ayol tabiatan mehridaryo qilib yaratilgan. Ular o‘z atrofida vazifasini sidqidildan bajaruvchi insonlarni jamlaydi. Xayr – sahovat, muruvvat, yaxshilik ulashmoq ayollarga, onalarga hos ezgu fazilatlardan biridir. Sizlarga, “Obod turmush” yilida – hayotimiz yanada obod va farovon bo‘lishi-da tilakdoshmiz. Ijodkor raxbarlar uyushmasi a’zolari.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida 2 noyabr 2011 yil 252-sonli buyruq qabul qilindi. Bu buyruq O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi islohatlarning borishi jarayonida qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 25 oktyabrdagi 225-sonli “Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2009 yil 18 maydagi “Xalq ta’limi muassasalari harajatlarini moliyalashtirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli, 2010 yil 18 iyundagi “Davlat maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2008 yil 28 sentyabrdagi 10/4-sonli hay’at qarori bilan tasdiqlangan “Yangi tahrirdagi maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” va “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi” ijrosini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida yuritiladigan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ma’suliyatlarini oshirish maqsadini amalga joriy etishni ko‘zda tutar edi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida 2 noyabr 2011 yil 252-sonli buyruqga binoan quyidagi ish xujjatlari bo`lishi kerak
|
| |