|
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 40/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotNazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug`ullanishlari uchun shart-sharoitlar qanday yaratiladi?
2. Har bir yosh guruhida faoliyat turlarini almashtirib borilishi qanday olib boriladi.
3. Bolalarning harakat faolligini еtarlicha ta'minlashda nimalarga e’tibor qaratilishi kerak
4. Mashg`ulot, o`yin, mеhnat, maishiy faoliyat o`rtasida aloqa o`rnatish nimalardan iborat?
5. Bolalarning olgan bilim, malaka, ko`nikmalarini mustaqil faoliyatlarida qo`llay olishga o`rgatish qanday amalga oshiriladi?
6. Bolani faol bo`lishga, har doim biron narsa bilan mashg’ul bo`lishga o`rgatish qanday amalga oshiriladi?
7. Har bir bolani ijobiy xohish va qiziqishlarini diqqat bilan kuzatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoitlar qanday yaratiladi?
Foydalangan adabiyotlar
1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil
21-Mavzu: Maktabgacha ta’limni tashkillashtirish, ro’yxatdan o’tkazish.
Reja
1.Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi.
2. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish.
Tayanch tushuncha:maktabgacha ta’limni tashkillashtirish, ro’yxatdan o’tkazish,davlat boshqaruv organlari, davlat korxonalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari organlari
O`zbekiston Respublikasida maktabgacha ta`lim tizimini takomillashtirish, uning uzluksizligini, shuningdek Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari samarali amalga oshirilishini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda davlat maktabgacha ta`lim muassasalari (keyingi o`rinlarda matnda «maktabgacha ta`lim muassasasi» deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi ‘rezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda o`z ustaviga amal qiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya va sog`lomlashtirish muassasasi hisoblanadi, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog`lig`ini mustahkamlash;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilimga qiziqishlarini rivojlantirish;
bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni zarur tarzda tuzatish;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktabda o`qishga tayyorlash.
II. Maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi
Maktabgacha ta`lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi.
Quyidagilar:
davlat boshqaruvi organlari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
davlat korxonalari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta`lim muassasasining muassislari bo`lishi mumkin.
Maktabgacha ta`lim muassasalari o`z ishining o`ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo`linadi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta`lim muassasasi;
ixtisoslashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo`lgan bolalar uchun);
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asoratlarga ega bo`lgan bolalar uchun).
Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi ko`rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko`rsatilgan shtam’ga ega bo`ladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
III. Maktabgacha ta`lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Maktabgacha ta`lim muassasasi belgilangan davlat normativlariga va maktabgacha ta`lim muassasasiga qo`yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o`qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog`lomlashtirishni ta`minlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim mazmuni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi o`z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasining ish rejimi va bolalarning u yerda qancha vaqt bo`lishi maktabgacha ta`lim muassasasi ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kechayu kunduz faoliyat ko`rsatishiga yo`l qo`yiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarni o`qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta`lim muassasasiga yuklanadi hamda O`zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish ham shtatdagi tibbiyot xodimlari, ham maktabgacha ta`lim muassasalariga biriktirilgan sog`liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta`minlanadi, ular maktabgacha ta`lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-prorofilaktika tadbirlari o`tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog`liqni saqlash organlariga yuklanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasining shtatdagi xodimlari sog`liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko`rikdan o`tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratiladigan mablag`lar doirasida belgilanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi ustavda qayd etilgan o`z maqsadlarini va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta`lim dasturlaridan tashqari qo`shimcha pulli ta`lim xizmatlari ko`rsatishga haqlidir. Pulli ta`lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta`lim faoliyati o`rniga va uning doirasida ko`rsatilishi mumkin emas.
|
| |