• Foydalangan adabiyotlar
  • Nazorat uchun savol va topshiriqlar




    Download 1,76 Mb.
    bet42/81
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,76 Mb.
    #131995
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
    Bog'liq
    MTT ma\'lumot

    Nazorat uchun savol va topshiriqlar:

    1. Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi uchun bolalarni qanday tarbiyalsh zarur?

    2. MTMda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?

    3. Ta’lim va tarbiya tizimi nimalardan iborat?



    Foydalangan adabiyotlar
    1.Sh.A.Sodiqova. Maktabgacha pedagogika.-Т., “Tafakkur sarchash.”, 2013 y.
    2.N.M. Kayumova. Maktabgacha pedagogika. – Т., TDPU “Ilm ziyo”, 2016 yil
    3.Bolajon davlat dasturi.-T.: 2016 yil


    23- Mavzu. Kundalik hayotda va mashg’ulotlarda ta’lim berishni rejalashtirish


    Reja
    1.Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish
    2. Mashg’ulotlarni rejalashtirish


    Tayanch tushunchalar: kundalik hayot, rejalashtirish, ijodiy o’yin, tibbiy ko’rik, mehnat faoliyati.
    Ertalabki soatda qilinadigan pedagogik ishning asosiy vazifasi bolalarda tetik, quvnoq kayfiyat uyg’otishdir. Bunda bola faoliyati erkin bo’ladi, bolaning istagi va qiziqishiga tayaniladi, faoliyatlarning shakli va mazmuni qiziqarli bo’lishi ta’minlanadi.
    Tarbiyachi har kuni ertalabki soatda bolalarning birlamchi tibbiy ko’rik asosida qabul qiladi, ota-onalar bilan suxbat olib boradi, badantarbiya mashqlarini o’tkazadi. Lekin bu vazifalar kundalik faoliyatda aks ettirilmaydi.
    Kundalik faoliyat bayonida ertalabki soatda tarbiyachi bolalar bilan belgilangan mavzu yuzasidan qisqa suxbat uyushtirishi ko’rsatiladi, asosiy o’rinni bolalarning o’yin faoliyati uchun ajratiladi. Ijodiy o’yinlarni, tinch o’yinlarni (qurish-yasash, rasmli kitoblarni tomosha qilish) tashkil etish rejalashtiriladi.
    Rejada bolalarning mexnat faoliyati keng yoritiladi. Mexnat tarbiyasining to’rtta vazifalari besh kunga bo’linib yoziladi. Navbatchilik xar bir kun uchun aloxida rejalashtirilmaydi. Rejada navbatchilikka yangilik kiritilsa, navbatchilik vazifasi murakkablashtirilsa yoki sharoitlar o’zgarsa, yangi mazmuni aloxida kiritiladi.
    Bolalarning mustaqil faoliyati rejalashtirilmaydi, u bolaning xohishiga va kayfiyatiga bogliq. X,ar bir bola erkin xolda o’zi istagan faollik markazini tanlashi va u yerda ishlashi mumkin. Tarbiyachi bolalarni kuzatishi va zarur xolda unga yordam ko’rsatishi lozim.
    Mashgulotning maqsadida tarbiyachi bolalarga beriladigan ta’lim va tarbiya vazifalarni ko’rsatadi, bolalar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini xajmini aniq belgilaydi. Mashg’ulotning borishini to’liq yozilmay, manbaning muallifi, ishlanmaning betini ko’rsatib o’tish kifoya. So’ngra zaruriy jihoz va ko’rgazmalarni ko’rsatadi. Mashgulot ishlanmasi yozilgan metodik qo’llanma yuk bo’lsa, tarbiyachi mashgulot ishlanmasini yozishi lozim.
    Tarbiyachining sayrdagi asosiy vazifasi bolalar uchun faol, mazmunli, xilma-xil va qiziqarli faoliyatni tashkil etishdir. Sayr quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: 1) kuzatish; 2) xarakatli uyin; 3) ixtiyoriy uyinlar; 4) mexnat; 5) tinch uyin.
    Kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan yakka ishlash, xilma-xil uyin faoliyati egallaydi: (ta’limiy, stol ustida, voxeaband, ixtiyoriy, saxnalashtirilgan), kungilochar soatlar (xar oyda 1-2 marta) rejalashtiriladi. Tarbiyachi kechki sayrda ixtiyoriy kuzatish, ixtiyoriy uyin va ota-onalar bilan ishlashni rejalashtiradi.



    Download 1,76 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




    Download 1,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat uchun savol va topshiriqlar

    Download 1,76 Mb.